Skip to main content

Qish barcha burj vakillari uchun nihoyatda mazmunga boy bo‘ladi — bu haqda retrograd (teskarichi) Yupiter bizga ma’lum qilmoqda. Hayotning ko‘plab sohalarida o‘zgarishlar sodir bo‘lishi mumkin: kimnidir romantik uchrashuv kutmoqda, kimningdir martabasi tez fursatda oshib boradi.

Qo‘y

Mars Arslon burjiga o‘tsa, ushbu qish Qo‘y burji vakillariga juda ko‘p energiya olib keladi. Faol harakatlar va sayohatlar uchun qulay fursat keldi, demak. Yanvar oyida o‘y-xayollarni jamlab, to‘liq e’tiborni ishga qaratish bo‘ladi. Tog‘ echkisidagi Yupiter e’tiboringizni moliyaviy masalalar va investisiyalarga qaratishga yordam beradi. Qish oxirida yangi martabaga ko‘tarilish imkoni paydo bo‘lishi mumkin.

Buzoq

Yupiter may oyining o‘rtalariga qadar Tog‘ echkisi burji belgisida qoladi hamda hayotingizni barqaror holatga keltiradi. Venera shaxsiy munosabatlarga, ayniqsa yanvar oyida Baliq burji belgisi orqali harakat qilganida yordam beradi. Yanvar oyida hissiy qiyinchiliklarga duch kelishingiz mumkin. Ular bilan kurashish uchun ichki sezgingizga quloq soling.

Egizaklar

Qish siz uchun o‘z-o‘zini baholash va shaxsiy o‘zgarishlar davri bo‘ladi. Arslon burjidagi Mars munosabatlarda keskin lahzalarni yaratadi, ammo bu davr o‘zingizni va istaklaringizni yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Merkuriy Tog‘ echkisi burji belgisiga kirib keladigan yanvar oyida moliyaviy masalalar kun tartibida bo‘ladi. Fevralda shaxsiy munosabatlar birinchi o‘ringa chiqadi, juftingizdan ko‘proq romantika va e’tibor kutasiz.

Qisqichbaqa

Venera va Yupiter qish oylarida, ayniqsa munosabatlar va do‘stlik sohasida ko‘proq yordam beradi. Muhim tanishuv bo‘lishi yoki mavjud aloqalar mustahkamlanishi mumkin. Baliq burji belgisidagi Saturn ruhiy izlanishlaringizni qo‘llab-quvvatlaydi va uzoq muddatga e’tibor qaratishingizga yordam beradi. Fevral oyida sog‘lig‘ingizga e’tibor bering, ish va dam olish o‘rtasidagi muvozanatni topishga harakat qiling.

Arslon

Arslon uchun qish o‘ylagan ishlarini amalga oshirish davri bo‘ladi. Yanvar va fevral oylarida ish rejalari muvaffaqiyat qozonadi, chunki faol harakatga undaydigan Mars sizning burj belgingizdan o‘tadi. Shaxsiy hayotingizda muhim o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin, ayniqsa fevral oyida Venera Qo‘y yulduz turkumiga kirgan paytda. Qishning oxirgi oyida kutilmagan xarajatlar kelib chiqishi mumkin.

Parizod

Parizod burji vakillari uchun qish fasli tahsil olish va yangi bilimlar olish bilan o‘tadi. Tog‘ echkisi burji belgisidagi Yupiter sizning ta’lim sohasidagi harakatlaringizni qo‘llab-quvvatlaydi va sayohatlarda omad keltiradi. Shaxsiy hayotda ham yuqorilash bo‘ladi, Venera asosan dekabr oyida ishqiy munosabatlarga ijobiy ta’sir qiladi. Moliyaviy holatingiz butun qish oylarida, hatto dam olish xarajatlarini hisobga olgan holda barqaror bo‘ladi.

Tarozi

2024–2025 ning qish fasli siz uchun o‘zgarishlar va o‘z ustingizda ishlash davri bo‘ladi. Qovg‘a burji belgisidagi Venera ta’siri tufayli shaxsiy hayot yangi ranglarga ega bo‘ladi: munosabatlarda ko‘proq erkinlik va yangilik kuzatiladi. Tarozi burji vakillari uchun fevral — birinchi navbatda professional va ijtimoiy sohalarda o‘zgarishlar oyi bo‘ladi. Tog‘ echkisi burj belgisidagi Uran tajriba va innovatsiyaga bo‘lgan xohishingizni faollashtiradi.

Chayon

Chayon burji vakillari uchun qish shaxsiy va professional yutuqlar davri  bo‘ladi. Venera sizga romantik kayfiyat hamda ijodiy muvaffaqiyat keltiradi. Fevral oyida Mars va Yupiterning faol ta’sirida martaba imkoniyatlari ochilishi mumkin. Qishning so‘nggi oyida Chayon burji vakillari hayotida sezilarli o‘zgarishlar yuz berishi mumkin.

O‘qotar

Bu qish sizga kuch-g‘ayrat va shaxsiy o‘sish uchun imkoniyatlar olib keladi. Dekabrda Quyosh ta’siri tufayli O‘qotar burji vakillari diqqat markazida bo‘lishadi, bu sizga nekbinlik bag‘ishlab, o‘zingizga bo‘lgan ishonchni oshiradi. Yanvar oyida ushbu burj vakillari yanada jiddiylashib, kelajak haqida o‘ylashni boshlaydilar. Fevral oyida Uran professional sohada yangilik va tajribalar istagini kuchaytiradi.

To‘g echkisi

Tog‘ echkilari uchun qish moliya va martaba masalalariga e’tibor qaratish vaqti bo‘ladi. Yanvar oyi ayniqsa muhim, chunki Quyosh ulkan maqsadlarga erishishingizga kuch beradi. Bu sizning oyingiz va bu sizning yetakchilik qobiliyatingiz va qat’iyatli ekanligingizni ko‘rsata oladigan vaqt. Quyosh joylashuvi va sizning burj belgingizdagi Merkuriy tufayli yanada tartibli va maqsadida sobitqadam qiladi. Fevral oyida kasbiy faoliyatda kutilmagan o‘zgarishlar yuz berishi mumkin.

Qovg‘a

Dekabr oyida Qovg‘alarni shaxsiy o‘sish va ijtimoiy aloqalarini mustahkamlash uchun yangi imkonlar kutadi. Venera ushbu burj belgisidan o‘tar ekan, jozibadorligingiz va maftunkorligingizni oshiradi. Yanvar, aksincha, o‘z-o‘zini tahlil qilish va maqsadlarni qayta ko‘rib chiqish oyi bo‘ladi. Tog‘ echkisidagi Merkuriy e’tiboringizni ichki jarayonlarga qaratadi, shu bois o‘z strategiyalaringizni qayta ko‘rib chiqish va kelajakni rejalashtirishga ko‘proq amaliy yondashish zarurligini his qilasiz. Fevral oyida esa kutilmaganda o‘zgarishlar yoki yangilik kiritishni istab qolasiz.

Baliq

Baliqlar uchun qish shaxsiyatdagi o‘zgarishlar va ma’naviy yuksalish davri bo‘ladi. Saturn sizning burjingiz bo‘ylab harakatlanishda davom etadi, bu esa ichki jarayonlarga e’tibor qaratishingizga va hayotning ma’nosini izlashingizga yordam beradi. Yanvar va fevral oylari munosabatlarni mustahkamlash va uzoq muddatli loyihalar ustida ishlash uchun qulay fursat hisoblanadi. Fevral oyida Quyosh va Merkuriy sizning burjingizga o‘tishi bilan energiyangiz ko‘payadi va muhim aloqalarni o‘rnatish osonlashadi.

Текст: