“Biz atir solingan shishachalarni emas, balki his-tuyg‘ularni sotamiz” — bu Siberian Wellness kompaniyasi va uning brend mahsuloti bilan aloqa bo‘yicha menejeri Natalya Radkevichning shiori. Natalya yigirma yil davomida “parfyumeriya olamida yashab”, mijozlarga xushbo‘y hidlardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish va ularning hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini xursandchilik bilan so‘zlab berdi. Mutaxassis 7LADIES obunachilari bilan o‘z isbotini topgan maslahatlarini o‘rtoqlashdi.

Notalar va parfyumeriya yangiliklarining zamonaviy kombinatsiyasi.
■ Nima uchun parfyum sohasida ishlashni tanladingiz?
Parfyumeriya dunyosida o‘zini namoyon qilish uchun juda ko‘p erkinlik va imkoniyatlar mavjud. Bu men uchun nafaqat ish, balki hayotimning sevimli mashg‘uloti va zavqu shavqidir. Ishlab kelayotgan yillarimda uch nafar sertifikatga ega parfyumerni uchratdim (agar butun dunyoda atigi yuzga yaqin bunday mutaxassislar borligini esga olsangiz, uch raqamini kam deb bo‘lmaydi,), men ular bilan tahsil oldim, hatto o‘zimning xushbo‘y iforimni yaratdim.
“Ifor tanlashga ko‘maklashish orqali men PSIXOLOG va STILISTga aylanib boraman”
■ Sizning sevimli iforlaringiz qaysilar?
Menga yoqib qolgan so‘nggi parfyumeriya — bu “Orange Rose & Vanilla”. Eng original atirgul isli iforlardan biri. U ta’sirli, xarizmatik, turli xushbo‘y ziravorlari isli, ehtiroslarni qitiqlovchi va ko‘p qirrali bo‘lib namoyon bo‘ladi. Turg‘un-shirin emas, balki yoqimli va jozibali isdir.

Tabiatning lirikasini ta’kidlaydigan parfyum mos keladi. Bu bahor chog‘i qiyg‘os gullagan bog‘ning, qalbdagi oppoq gullarning yoki dala gullarining tabiiy ifori kompozisiyasi.
■ Menga yoqib qolgan so‘nggi parfyumeriya — bu “Orange Rose & Vanilla”. Eng original atirgul isli iforlardan biri. U ta’sirli, xarizmatik, turli xushbo‘y ziravorlari isli, ehtiroslarni qitiqlovchi va ko‘p qirrali bo‘lib namoyon bo‘ladi. Turg‘un-shirin emas, balki yoqimli va jozibali isdir.
Bizning portfeliomiz turli xil tarkibga ega parfyumeriya tarkibini o‘z ichiga oladi. Shundan kelib chiqib, ularni turli toifalarga ajratamiz: 12% dan — tualet suvi, 15% dan — parfyum suvi, 20% — atir-konsentrat. Aynan atir-konsentrat original folmulani yoki tanlangan yo‘nalishni ifodalaydi. Eng yaxshi parfyumerlar yuqori sifatli parfyumeriya xomashyosidan biron brendning buyurtmasi asosida emas, balki ilhom va ijodiy tushuncha ta’siri ostida ifor yaratsa, ular ayollar va erkaklar uchun alohida emas, aksincha turli jins vakillari terisida o‘ziga xos ifor tarataveradi.
■ Siberian Wellnessda qanday uniseks mahsulotlar bor?
CIEL liniyasidagi “Rose Edition”, “Episode 01” va “Episode 02” nomli uchta atir.
Men sizga dunyo parfyumeriya tarixidan bir sirni aytib beraman: dastlab barcha atirlar uniseks bo‘lib, gender bo‘yicha tavsiyalar esa marketing hiylasi edi.
“Menga qanday atir sepishingni ayt, men senga kimligingni aytaman”
■ Parfyumni boshqa brenddagi iforli mahsulotlar bilan birlashtirish mumkinmi?
Odamlar uchun bir nechta hidlar atir kakofoniyasi (uyg‘unlashmagan hidlar yig‘indisi)ni yaratish ham mumkin, ammo Siberian Wellness bu ishni qilmaydi. Biz ishlatadigan kremlar, gellar, skrablar va shampunlar ko‘p hollarda haddan tashqari bilinadigan sun’iy hidlarga ega emas. Biz o‘simlik ekstraktlarini xushbo‘ylashtiruvchi moddalar sifatida ishlatamiz, shuning uchun hidlar juda nafis.
Parfyum tanlashdagi odatiy xatolar
- Dugonasi sepadigan atirdan sotib olish. Terimizning kimyoviy tarkibi nihoyatda jumboqli bo‘lgani uchun iforlar unga yoki qo‘shimcha xushbo‘ylik beradi, ba’zan o‘zgartirib yuboradi. Shuning uchun iforni o‘zingizda his qilish lozim.
- Yomon kayfiyatda atir sotib olish. Xushbo‘y hidlar bizda doimiy uyg‘unlikni muvofiqlashtiradigan langarlardir. Omadsiz kunni doim eslab yurishni istamaysiz-ku, to‘g‘rimi?
- Faqat birinchi taassurotlarga ishoning. Birinchi 10–15 daqiqada biz yuqori notalarni his qilamiz, qalbga yaqin iforlar 30–40 daqiqadan so‘ng tarala boshlaydi va bazaviy notalar (shleyf) o‘z iforini uch soat yoki undan ko‘p vaqtdan so‘ng taratishi mumkin. Xushbo‘y hidning iforini to‘liq tuyish uchun kamida bir kun uni sepib yurish muhimdir.

Porlab turgan qizlarga — ta’sir o‘tkazuvchi ifor ushbu inson haqidagi taassurotni oshiradi va bir umr boshqalarning xotirasida qoladi. Yog‘och, teri, shipr kompozisiyasi ayniqsa mos tushadi.
■ Qaysi atirlar eng turg‘un deb hisoblanadi?
Xushbo‘y hidning turg‘unligi ko‘p jihatdan uning qaysi turga mansubligiga bog‘liq. Sitrus notalari eng uchuvchan bo‘lib, ular ruhiy tetiklik taratishi bilan zavqlantiradi, lekin tezda boshqa molekulalarga o‘z o‘rnini bo‘shatib beradilar. Sharqona, yog‘ochdan tayyorlanadigan va shipr iforlari ko‘p tayanch notalar (daraxtdan olinadigan, mox, qatronlar, ziravorlar, mushk va ambar)ni o‘z ichiga oladi.
■ Xushbo‘y hid uzoq vaqt davomida turishi uchun parfyumni qanday surtish kerak?
Dush qabul qilgach, iforni krem surtilgan teriga qo‘llang. Sochlar, tabiiy matolar va mo‘ynalar hidlarni mukammal darajada ushlab turadi. Ammo esda tutingki, xushbo‘y hidlar tarkibidagi efir moylari ochiq rangdagi kiyimlarda dog‘ qoldirishi mumkin.
Kun davomida hidingizni yangilashdan qo‘rqmang.

Sharqona, yog‘och kompozisiyalari boshqalarga sizning o‘z qadrini biladigan ayol ekaningizni bilishingizni ko‘rsatadi. Sizda ichki kuchli yadro, yetakchilik fazilatlari bor, shuning uchun ish masalalarida sizga aniq ishonish mumkin
■ Yuqori sifatli atirni soxtasidan qanday ajratish mumkin?
Vakolatli savdo nuqtalari, rasmiy brend do‘konlari, yirik tarmoqlar yoki ishonchli onlayn platformalardan xarid qiling. Narxini solishtiring: o‘rtacha bozor narxidan sezilarli darajada past bo‘lsa, atirning soxtaligi alomati bo‘lishi mumkin.
Konsistensiyasi va cho‘kindilari yo‘qligiga e’tibor bering. Asl parfyumni sepganingizda hech qanday iz qoldirmaydi, suyuqlik shaffof va bir xilda bo‘ladi.
Tashqi xususiyatlari ham muhim: yuqori sifatli qadoqlash, bosma yozuvlari aniqligi, tekis yopishtirilgan yorliq.
Muvofiqlik deklaratsiyasining mavjudligi parfyumeriya mahsulotining aslligi va rasmiyligining muhim belgisidir.
2024-yil kuz-qish mavsumining uchta parfyum trendi
- Xushbo‘y tana ifori. Parfyum isi og‘irlik keltirmaydi, u poklik va soflik iforidek taraladi — dush qabul qilgan so‘ng badandan taraladigan ifor kabi.
- “Wellness lifestyle” uchun atirlar: tinchlantiruvchi va tana resurs holatini tiklovchi, garmoniya uyg‘unligini jamlagan aromatlar.
- Tinchlantiruvchi vanil: vanil notasi bo‘lgan atirlar, ular alohida ajralib turmaydi, lekin mayin, nafis, krem isini taratadi.

Gyesperidlar oilasining ehtiros qo‘zg‘atuvchi iforlari va kompozisiyalari. Birinchisi o‘z terisi iforidek,
faqat yaxshiroq is taraladi, ikkinchisi esa sizni energiya va quvvatga to‘ldiradi.
Siberian Wellnessdan alohida xususiyatga ega iforlar
Viqorli qizlar
- 9 Nonum
- Nuage
- Orange Rose & Vanilla
Novatorlar va isyonkor ruhdagilar
- 1 Primum
- Red Rose & Oud
Bashang ayollar (Moda bilan hamnafas)
- Masala tea & Tobacco
- Neon Rose & Davana
- Golden Amber & Midnight Saffron
Xayolparast, romantik qizlar
- White Rose & Musk
- Neroli Tea & Bergamot
- Episode 19
Sportchilar
- Fresh Fig & Sparkling Tangerine
- White Tea & Mimosa
- Episode 02.