Skip to main content
27 yil muqaddam Novosibirskda Tatyana Goroxovskaya tomonidan asos solingan kompaniya bugungi kunda Rossiya, Serbiya va San-Marinodagi HACCP, ISO va GMP yuksak standartlari bo‘yicha sertfikatlangan zamonaviy va ekologik maydonchalarda go‘zallik, salomatlik va sport uchun mo‘ljallangan mahsulotlar qatorini ishlab chiqaradi, shuningdek o‘z ishlanmalar markazi, O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi klasteri, 28dan ortiq mamlakatda vakolatxonalari hamda dunyoning 60dan ziyod davlatida tarqatish kanallariga ega.

Tadbirkor bo‘lishni bolalikdan orzu qilganmisiz yoki vaziyat shunday qarorga kelishga majbur qilganmi? O‘z oldingizga qanday maqsadlarni belgilagansiz va ular vaqt o‘tishi bilan o‘zgardimi?

1996-yilda “Сибирское здоровье”ga (kompaniya avval shunday nomlangan) asos solganimda iqtisodiyotdagi vaziyat hozirgidan ancha keskin bo‘lgan. Ma’lumki, barcha inqirozlar yangi iste’dodlar, yangi voqealar va yangi startaplarga yo‘l ochadi. Aksariyat odamlarda o‘zini namoyon etish imkoniyati paydo bo‘ladi va men ham istisno bo‘lmaganman. Yoshligimda akademik kareraga erishish haqida fikrlardim – genetik-olim bo‘lishni istaganman. Biroq, tadbirkorlikka moyilligim tufayli biznes-imkoniyatni ko‘rdim, unga qiziqishim ortdi va amalga oshirishni juda hohladim. Hozir xatarlar va inqirozlarga to‘la bo‘lishiga qaramay, men uchun katta imkoniyatlarni ochib bergan murakkab yo‘lni tanlaganimdan o‘zimga minnatdorman.

Siberian Wellness asoschisi Tatyana Goroxovskaya bilan suhbat, 7ladies.uz

Siberian Wellness’ning asosiy vazifasi hanuzgacha odamlarning hayotini o‘zgartirishga intilish, ularning o‘ziga, turmush tarziga va salomatligiga munosabatini “yangilashdan” iborat.

Dastlab, maqsad rossiyalik olimlarning ishlanmalaridan foydalanilgan holda yaratilgan mahalliy mahsulotlarni ilgari surishga asoslangan biznesdan iborat bo‘lgan. 27 yil avval sifatli mahalliy mahsulotlarni ishlab chiqarish imkoniyatiga deyarli hech kim ishonmagan, biz esa o‘z ishlab chiqarishimizni yo‘lga qo‘yishni, iqtisodiy va siyosiy tizimning sinishi yashash uchun vositasiz qoldirgan barcha – shifokorlar, pedagoglar, olimlarga turmush sifatini o‘zgartirish imkoniyatini berishni istagandik. Keyinroq, o‘ylaganimiz amalga oshib, oyoqqa turganimizdan so‘ng biznesni xalqaro ko‘lamga olib chiqish orzusi paydo bo‘lgan. Bizning yo‘limiz bir qancha yirik bosqichlardan tashkil topgan. Shunga qaramay, biz na mahsulotning yo‘nalishi, na global rivojlanish taktikasini o‘zgartirmasdan, inqirozlarga xotirjam munosabat bildirganmiz (27 yil ichida ular juda ko‘p bo‘lgan!) va shunday ishlashda davom etyapmiz ham. Bu kompaniyaga resurslarni oqilona taqsimlash va yillar davomida uzluksiz barqaror o‘sishga erishish imkoniyatini beradi. Siberian Wellness’ning asosiy vazifasi hanuzgacha odamlarning hayotini o‘zgartirishga intilish, ularning o‘ziga, turmush tarziga va salomatligiga munosabatini “yangilashdan” iborat.

Xotirjamlikdan tashqari, yana nima inqirozlarni muvaffaqiyatli yengishga yordam beradi?

Kompaniya – jonli organizm va aksariyat kompaniyalar noma’lum, qo‘rqinchli nimanidir ko‘rganida jonli organizm kabi qotib qoladi. Shu paytda harakatda davom eta olganlar o‘z hududini kengaytirish imkonini qo‘lga kiritadi. Har bir inqirozda bizning jamoa ana shunday imkoniyatlarni ko‘radi va biz bo‘shab qolgan yo‘nalishlarni izlaymiz. Bu men hech narsadan qo‘rqmayman degani emas, shunchaki harakatda davom etish va faol ishlash zarurligiga ishonaman. Ko‘pincha kim jasurroq bo‘lsa, o‘sha ko‘proq yutadi.

Siberian Wellness asoschisi Tatyana Goroxovskaya bilan suhbat, 7ladies.uz

Wellness-sanoatini unda istiqbollarni ko‘rganingiz, ish tajribasiga ega bo‘lganingiz yoki shunchaki bu Sizning “mavzuingiz” ekanligini his qilganingiz uchun tanlaganmisiz?

Shaxsiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvlar kompaniyamni tashkil qilishdan avval bu sohadagi tajribam go‘zallik va salomatlik uchun mahsulotlarni ilgari suruvchi kompaniya bilan bog‘liq bo‘lgan. Biroq, eng asosiysi – men mazkur yo‘nalish va shu biznes-modelning ulkan istiqbollarini ko‘ra olganman. O‘shanda AQSh va Yaponiyada sog‘lom turmush tarzi uchun mo‘ljallangan ulkan assortimentdagi mahsulotlar mavjud maxsus do‘konlar allaqachon ochilgan edi, Rossiyada esa na bunday mahsulotlar, na biologik faol qo‘shimchalarni (BFQ) iste’mol qilish madaniyati bo‘lmagan. Bu trend bizning mamlakatimizga ham yetib kelishi hamda wellness chindan muhim bo‘ladigan katta auditoriyaning paydo bo‘lishi aniq edi.

Biroq Siz tayyor, butun dunyoda ommalashgan mahsulotlarni ilgari surishda to‘xtab qolishni istamagansiz?

Biz deyarli darhol ilmiy tadqiqotlar, o‘z ishlanmalarimiz va ishlab chiqarish majmualarini yaratish yo‘lidan ketganmiz. Yaqinda yirik sheriklik tashkilotining vakili bilan qiziq suhbat qurdim. Men unga xalqaro ekspansiya xaritamizni ko‘rsatdim, kompaniya rejalari, bizning mahsulotlarni chiqaradigan zavodlar, Osiyoda ham yana birini ochish haqida so‘zladim. Hamkasbim esa menga quyidagi savolni berdi: “Shuncha xarajatni zimmangizga olishni nima keragi bor?”. Men javob berdim: “Chunki yaratish – bu qadrli”. Va men eng asosiy qadriyat – mutlaqo yangicha narsani yaratish ekanligiga chin dildan ishonaman. Mahsulotlarimizga talab mavjud bo‘lgan hududda korxona tashkil qilish orqali sotuvlarni yangi bosqichga olib chiqishimizga ishonaman. Bunda, har bir yangi hudud avval bizda bo‘lmagan noyob resurslarga ega. Biz ushbu resurslar yordamida har safar umuman biznesga hissa qo‘shamiz.

Siberian Wellness asoschisi Tatyana Goroxovskaya bilan suhbat, 7ladies.uz

Ishonchim komilki, har kim istak, salohiyat va imkoniyatlar mujassam bo‘lgan o‘z yo‘nalishiga ega, ijobiy natijalarga ega bo‘lgan lahzalar esa o‘zingni ham yetuklikka erishgan, ham baxtli shaxs sifatida his qilish imkonini beradi.

Siz qachon global bozorlarga chiqish haqida o‘ylay boshlagansiz?

Xalqaro yo‘nalishda sezilarli maqsadlar ulushi mavjud, ammo birinchi navbatda – sog‘lom fikr bo‘lishi kerak. Turli mamlakatlarning bozorlari bir xil yo‘nalishda harakatlanadi, hamma tuxumlarni bir savatga solish esa – ko‘pincha nazorat qilib bo‘lmaydigan va qulaylik keltirmaydigan vaziyatlarga qaram bo‘lib qolish degani. Aslida nafaqat foyda, balki u yoki bu holatlar bosimi ostida cho‘kadigan sektorlar o‘rnini qoplash imkonini beradigan innovatsiyalar, kadrlar zaxirasining turli manbalariga ega bo‘lish kerak – bu kompaniya barqarorligini oshiradi. Bunday yondashuvning samaradorligi kovida davrida tasdiqlandi: bir nechta mamlakatlarda zavodlar mavjudligi ishlab chiqarishning butkul to‘xtab qolishi xavfini pasaytirib, logistika bo‘yicha ayrim muammolarni bartaraf etdi.

Farg‘ona vodiysida mevalar yetishtirishni wellness-biznesga qo‘shish g‘oyasi qanday yuzaga kelgan?

Siberian Wellness bog‘lari, faqat oxirgi mahsulotlar bo‘yicha hukm qiladigan bo‘lsak, asosiy biznesimiz bilan bog‘liq emas. Agar bunga 27 yil davomida orttirilgan tajribani amalga oshirish sifatida qaraydigan bo‘lsak, hammasi o‘z joyiga tushadi. Bizning asosiy vakolatimiz – uzoq muddatli rejalarni qurish, inqirozlarni yengish, keng ko‘lamli loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshishiga erishish hamda bu qiziqarli ishga mahoratchi mutaxassislarni jalb qilish qobiliyatidan iborat. Bularning barchasi agrobiznes sohasiga juda katta maqsadlar bilan qadam qo‘yish imkonini berdi: bu safar biz faqatgina yangi mahsulot emas, balki yangi ishlab chiqarish klasterini ham yaratamiz. Hozirda hosili yig‘ib olinayotgan mevalardan pektin, inulin ishlab chiqarishga o‘tishni, fudtex sanoatini boshlashni rejalashtirganmiz. Bularning barchasi – O‘zbekistonda ana shunday samaradorlik va ishtiyoq bilan faoliyat yuritayotgan jamoaning xizmatidir, zero ularning harakatlari o‘laroq ushbu loyiha amalga oshishiga hamda mamlakatda biznesni rivojlantirish istiqbollariga ishonch hosil qilish mumkin.

Siberian Wellness asoschisi Tatyana Goroxovskaya bilan suhbat, 7ladies.uz

Kelajakda Siz uchun kattaroq ko‘lamlar muhimmi yoki ko‘proq xotirjamlikmi? Sur’atni sekinlashtirib, ishdan chetlashish, dam olish istagi bormi?

Men maksimal sur’atlarda yashayman va bu pasayish yoki oshirish emas, balki rivojlanish sari rejalar tuzish imkonini beradi. Men aniq biladigan narsalarni hisobga olgan holda bir necha yillar oldinga bu sur’atni saqlab qolaman.

Siberian Wellness’ga keladigan bo‘lsak, biz qamrovni kengaytirishda davom etamiz: keyingi yil Malayziya va Taylandda sotuvlar yo‘lga qo‘yiladi, ishlab chiqarish maydonchalari kengayadi va, albatta, assortimentimizda ko‘plab yangiliklar, jumladan parvarishlovchi kosmetika va parfyumeriya paydo bo‘ladi.

Hayoti shu qadar jo‘shqin odamlarda o‘zi, oilasi uchun vaqt topiladimi?

Hammasi to‘g‘ri tashkillashtirishga bog‘liq. Kompaniya o‘zgarayotganida, startapdan global biznesgacha o‘sganida, dastlab ko‘p narsa shaxsga bog‘liq bo‘ladi, ammo o‘sish jarayonida tadbirkor o‘z atrofiga mas’uliyatli shaxslarni to‘plashi, biznes-jarayonlarni taqsimlashi hamda jamoa ichida barcha yo‘nalishlar uchun kuchli yetakchilarni tarbiyalashi kerak. Agar buning uddasidan chiqa olsa, tadbirkor biznesda ishtirok etish, o‘z hissasini qo‘shish, ammo butun vaqtini to‘liq faqat ishga bag‘ishlamaslik imkoniga ega bo‘ladi.

Umuman olganda, oldinga harakatlanishda davom etish uchun “o‘ylab olishga” vaqt ajratish muhim hisoblanadi. Agar uzoq vaqt bunday qilmasangiz, begona kun tartibida qolib ketib, o‘z tartibingni yarata olmaslik xavfi mavjud. Vaqti-vaqti bilan ma’lum davrga hayoting va kompaniyani qanday davom ettirish haqida fikrlab olish uchun atrofdagi vaziyatdan chetlashish zarur. Men buni darhol anglamaganman, lekin bu men uchun muhim kashfiyot bo‘lgan.

Siberian Wellness asoschisi Tatyana Goroxovskaya bilan suhbat, 7ladies.uz

Siz qay tariqa kuchingizni qayta tiklaysiz? Dam olishingizga nima imkon beradi? O‘zingiz ham BFQ qabul qilasizmi?

Men faqat o‘zimga tegishli bo‘lgan juda muhim vaqt – Yangi yildan keyingi bir necha kunga egaman. Bu vaqtda o‘zim uchun maqsadlarni belgilash va eski kundaliklarimni o‘qishga ulguraman – bu ajoyib hordiq usuli. Kompaniyada doim yil yakunlarini sarhisob qilamiz, kundaliklar yordamida esa eski rejalar va maqsadlarni yangi natijalar bilan taqqoslashim, taqdir da’vatlarini qay darajada yenga olganimni, ularga munosib javob qaytara olganim yoki haligacha javob bera olmaganimni tekshiraman. Yana men shanba yoki yakshanba kuni dam olaman va o‘zim anglagan holda bu kunlarni ish yoki uzoq safarlar bilan band qilmayman: bu vaqt menga aynan oilaviydan tashqari, har qanday ishlardan to‘liq erkinlik uchun zarur.

Yarim yildan keyin ellik yoshga to‘laman va salomatlikni qo‘llab-quvvatlash albatta juda muhim. Men ovqatlanishimni nazorat qilaman, yigirma yildan buyon go‘sht iste’mol qilmayman, shu bois tongim bir hovuch kapsulalarni qabul qilishdan boshlanadi: men organizm uchun zarur elementlarni (masalan, temir) kompaniyamda ishlab chiqariladigan vositalar yordamida qoplayman.

Siz baxtlimisiz? Sizni nima baxtli qiladi yoki qila oladi?

Men uchun baxt bir qancha “tarkibiy qismdan” iborat: nimani istashingni aniq bilishing, olamga nimadir bera olish imkoniyatlarining o‘sishi hamda kuchli jihatlaring ro‘yobga aylanishi uchun keng makon topa olishi. Professional va shaxs sifatida yetuklikka erisha olish imkoniyati.

Ishonchim komilki, har kim istak, salohiyat va imkoniyatlar mujassam bo‘lgan o‘z yo‘nalishiga ega, ijobiy natijalarga ega bo‘lgan lahzalar esa o‘zingni ham yetuklikka erishgan, ham baxtli shaxs sifatida his qilish imkonini beradi. Agar ana shu “o‘z” sohangni topa olsang, resursli holatni juda uzoq vaqt saqlab qolish mumkin. Men ko‘p yildan beri shu holatdaman va baxtliman.