Skip to main content

Breyking raqsi o‘tgan asrning 70-yillarida Nyu-Yorkda paydo bo‘lgan va dunyo bo‘ylab millionlab odamlar qalbini egallagan. Bu turli xil millat va yoshdagi raqqoslarni birlashtirgan butun bir madaniyatdir. Uning mashhurligi o‘sishda davom etmoqda va bu yil Toshkentda nufuzli breyking chempionati bo‘lib o‘tdi. Kristina Kim g‘olib bo‘ldi, u Braziliyaga Red Bull BC One jahon finalida eng yaxshi unvon uchun kurashadi. Uning breyking raqsi bo‘yicha dunyodagi eng asosiy musobaqada qatnashish orzusi amalga oshish arafasida turibti. 7ladies nashriyotiga bergan intervyusida Kristina batllarga tayyorgarligi, charchayotgani va Rio-De-Janeyroda yuqori natija ko‘rsatishga intilishlari haqida aytib berdi.

■ Kristina, sizning ijodiy taxallusingiz b-girl Chris. Bu qanday tarjima qilinadi?

Breyking raqslariga tushadiganlarni b-boys va b-gyols deb ataladi. Taxallus sifatida men ismimning qisqartirilgan versiyasini oldim. Nega men noyobroq taxallus tanlamadim deb so‘rashingiz mumkin? Chunki men qandaydir qahramonni emas, o‘zimni namoyish etaman.

■ Qachondan beri raqs bilan shug‘ullanasiz?

16 yoshimdan boshlab, noyabr oyida 6 yil bo‘lar ekan.

■ Bunga nima sabab bo‘lgan?

Dastlab meni Toshkentdagi Koreya Respublikasi ta’lim markazidagi K-pop guruhiga berishdi, mashg‘ulotlarni mening birinchi murabbiyim Aleksey Lian olib borgan edi. Uning XLDC zamonaviy raqs maktabi ham bor edi. U yerda men darsning yarmi breyking, yarmi xip – xop bo‘lganida mashg‘ulotga bordim. Keyin men hip-hop meniki emasligini tushundim, bu menga yoqmadi, rostini aytganda. Ammo breyking menga to‘g‘ri keldi.

Men 6-bosqichni mashq qilganimni eslayman. Bu asosiy harakatdir: raqqos qo‘llarini yerga qo‘yib, oyoqlarini aylana bo‘ylab aylantiradi. Menga bu harakatni birinchi marta ko‘rsatishgan edi va men uni darhol takrorlashga muvaffaq bo‘ldim. Nima uchun ko‘pchilik bu elementni eslab qola olmasligini va bajara olmasligini tushunmayman, negaki har bir harakatda breakingning o‘ziga xos mantig‘i bor. Men har doim sportni yaxshi ko‘rganim uchun menda hammasi darhol o‘xshadi.

Bir necha yil o‘tgach, XLDC bilan faoliyatimni to‘xtatdim va men Zlotnikov Dance Center studiyasiga o‘tdim. U yerda men hozirgi murabbiyim Dmitriy Lukashev bilan shug‘ullanishni boshladim, u shuningdek b-boy Lookout nomi bilan mashhur.

Ko‘cha ritmida: b-girl Chris breyking raqslari, batl va musiqa haqida ochiq gapirdi, 7ladies.uz

■ Breyk-dans va breyking bir xil raqsmi? Ularning qandaydir farqi bormi?

Hech qanday farq yo‘q. Avval breyk-dans, keyin b-boying deb atashgan, endi esa bu breykingdir. Aytgancha, breyking endi Olimpiya sport turiga aylandi. Garchi bu yil o‘yinlarda O‘zbekistonlik qatnashchilar bo‘lmagan bo‘lsa-da, bizning breykerlarimiz dunyoning eng yaxshi raqqoslari raqobatlashadigan BFG (Breaking for Gold) da ishtirok etishdi. Afsuski, ular finalga chiqishmadi. Shuningdek, biz Yaponiyaga musobaqalarga bordik, u yerda men ham ishtirok etdim.

■ Biror o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘ldingizmi?

Yo‘q. U yerda juda qiyin bo‘ldi: xalqaro daraja, yuqori raqobat. Ishtirokchilar  o‘z ishini ustasi edi va ular breyking bilan yashashliklari ko‘rinib turardi.

Ko‘cha ritmida: b-girl Chris breyking raqslari, batl va musiqa haqida ochiq gapirdi, 7ladies.uz

■ O‘zbekistonda breyking bo‘yicha mahalliy musobaqalar o‘tkaziladimi?

Ha, lekin bir xil turdagi batllar, TopRock yoki Footwork Battle kabi nominatsiyalar yo‘q. Bizda aynan breykingga atalgan alohida batllar yo‘q, biz har doim All Styles, Hip-hop va hokazo nominatsiyalarda ijro etamiz. Har safar bir xil ishtirokchilar va yangi qatnashchilar kamayib bormoqda. Yutqazganlar taslim bo‘lishadi va boshqa qatnashishmaydilar.

Siz qaysi raqqosalar ijtimoiy tarmoqlarda kimni kuzatasiz?

O, ular juda ko‘p! (Kuladi.) Bir ajoyib futvorker b-boy Arsex bor va u kabi qiziqarli bo‘lgan Ruslan Footrockets bor. Breakingdagi Footwork cho‘kkalab bajariladi: oyoqlar tez, dinamik tarzda harakatlanadi. Men Footwork tarafdoriman va meni ilhomlantiradigan juda ko‘p turli xil breykerlar mavjud.

B-girlsdan men sevgan raqqosa Keyt, men uni faoliyatimning boshidan beri kuzatib kelaman va men qoyil qolishda davom etyapman. Men bir kun kelib u bilan batl qilishni xohlayman.

■ Dekabr oyida siz Red Bull BC One World Final musobaqasida ayollar belbog‘i uchun kurashish uchun Braziliyaga borasiz. Hayajondamisiz?

Yo‘q hali, ish chalg‘ityapdi. Bir tomondan, bu yaxshi narsa, chunki men batl haqida juda xavotirdaman, bu meni haqiqatdan ham bezovta qilyapdi. Menda tayyorgarlik uchun bir oy vaqt qoldi. Qachonki, ertaga uchib ketish va namoyish etish vaqti kelsa, ana ushanda “asabiylashishlar boshlanadi”.

Ko‘cha ritmida: b-girl Chris breyking raqslari, batl va musiqa haqida ochiq gapirdi, 7ladies.uz

■ Musobaqadan oldin mashg‘ulotlarga qancha vaqt ajratyapsiz?

Men batlga chindan ham tayyorgarlik ko‘rsam, hech narsa o‘xshamaydi. Men har safar mashg‘ulotlarimni qayta ko‘rib chiqaman. Bilasizmi, Pareto qonuni bor: 20% harakat — 80% natija. Men bir xil tarzda raqsga tushishni yoqtirmayman. Tayyorlangan no‘merlarimni har bir raundda qo‘ygandan ko‘ra, kechasi bilan yangi raqs ustida ishlab chiqaman va namoyish etaman. Men bunga toqat qila olmayman. To‘g‘ri, tajribali b-boys shunchalik sifatli no‘merlar bilan chiqish qilishadiki, ularda hatto sezilmaydi. Ammo men muntazam ravishda jismoniy mashqlarim bilan shug‘ullanaman.

Ko‘cha ritmida: b-girl Chris breyking raqslari, batl va musiqa haqida ochiq gapirdi, 7ladies.uz

■ Ya’ni, aslida butun namoyish improvizatsiya bo‘lishi kerakmi?

Ha. Ammo bu jiddiy musobaqalar, menimcha har qanday yo‘l bilan raundni to‘plashim kerak bo‘ladi.

■ Rioda nechta breykerlar ishtirok etishadi?

U yerda butun dunyo bo‘ylab saralash bosqichlari g‘oliblari yig‘iladi, har bir mamlakatdan ikki nafar ishtirokchi qatnashadi. Birinchidan, LastChance — yana bir saralash bosqichi bo‘lib o‘tadi, natijada to‘rtta raqqosa finalga chiqadi. Ular Red Bull BC One finalida tashkilotchilari tomonidan taklif qilingan breykerlar bilan birga chiqish qilishadi.

■ Ko‘pchilik sizni tanaffus qilishdan qaytarganini o‘qidim. Nima uchun?

Men bunday deb aytmaganman; yozilganlari noto‘g‘ri. Chempionatdan keyin mendan: “Breyking haqida nima deya olasiz?”,  so‘rashgan. “Asosiysi, to’xtamaslik”, deb javob berganimda butunlay boshqacha narsani nazarda tutdan edim.

Rostini aytsam, kuchli charchoq his qilganim uchun breykingni tashlashga ham tayyor edim. Ishlarim yurishmadi. Bu juda qiyin davr edi, lekin barchasi o‘tib ketgani yaxshi bo‘ldi.

■ G‘alaba sizni ijobiy energiya bilan to‘ldirgandir?

Ha, men uzoq vaqtdan beri Red Bullda ishtirok etishni istardim.

■ Ko‘pchilik breykingning Olimpiya sport turiga aylanishiga shubha bilan qarashadi. Qisman bu yil o‘yinlarda erkin o‘ynagan va memga aylangan avstraliyalik qiz bilan bo‘lgan voqea tufayli. Sizning fikringiz qanday?

Ijtimoiy tarmoqlardagi reaksiya meni juda g‘azablantirdi: barcha uning raqsini parodiya qila boshladi. Ba’zilar hatto breykdans haqida hech narsa bilishmaydi va baribir tanqid qilishadi. Breykingda qizlarga nisbatan munosabat shundoq ham yaxshi emas. Bu uning uslubi va yo‘li. Odamning ustidan kulish — bu ma’naviy shoshqaloqlik.

Ko‘cha ritmida: b-girl Chris breyking raqslari, batl va musiqa haqida ochiq gapirdi, 7ladies.uz

■ Mashqlar va ommaviy chiqishlarda nimalarni boshdan kechirasiz?

So‘nggi musobaqalarda men qattiq stressni boshdan kechirdim. Menda yagona va kam tajribali raqobatchi bo‘lganligi uchun bosimni his qildim. Atrofimdagi hamma aytishgandi: “sen g‘alaba qozonishing kerak!» deb.

Bizning batlimiz oldidan bir voqea yuz berdi: chiqish vaqtida bir yigit yelkasiga shikast yetkazdi. Sahnaga chiqqan vaqtimda uning eng chekkasida turganimni sezmay deyarli pastga tushib ketay deganim meni hayajonga soldi. Keyin esa barchasi o‘z maromida bo‘ldi.

Bilaman, xavotirni yengish uchun siz shunchaki batldan oldidan mashq qilib olish kerak, ya’ni doira ichida raqsga tushishsa, cho‘zilsa va  tanani qizdirib olsa stress ketadi. Lekin men yolg‘iz mashq qilishni yoqtiraman. Men “rassomchilik”ni tugatganman va o‘z ishimni faqat yakunlaganimdan so‘ng ko‘rsatishni yaxshi ko‘raman.

■ Nima uchun Red Bull-da bitta raqibingiz bor edi?

Ochig‘ini aytganda, mening fikrimcha, bizda breyling sekin rivojlanmoqda. Ishtirokchilar soni borgan sari kamaymoqda. Red Bull da atigi 19 kishi ro‘yxatdan o‘tganligi tashkilotchilarga deyarli yoqmadi. Ular keying safar bu yerga qaytmaydilar deb qo‘rqaman.

Ko‘cha ritmida: b-girl Chris breyking raqslari, batl va musiqa haqida ochiq gapirdi, 7ladies.uz

Breyk raqqosalari boshqa raqqosalarga qaraganda ko‘proq kuch sarflashlari haqidagi fikr qanchalik haqiqatga yaqin?

Mutlaq to‘g‘ri, chunki jismoniy jihatdan breyking qiyinroq hisoblanadi. Mustaqil mashq qilish kerak. Men uyda doimiy tarzda shug‘ullanaman. Nafas olish mashqlari, chidamlilikni oshirish va og‘irliklar bilan mashq qilish kerak.

■ Breykerning chiqishlari o‘rtacha qancha davom etadi?

O‘z mahoratini namoyish etish uchun xoperlarga bir daqiqa, b-Boysga 30 soniya vaqt beriladi. Bu vaqtda siz ko‘p narsaga ulgurish va o‘zingizni ko‘rsatishingiz mumkin. Red Bullda men bir yarim daqiqa raqsga tushgandek bo‘ldim, lekin aslida 40 soniyadan ko֥‘p emas. Bu vaqt ichida hamma uchun breyk raqsi oson va sodda bo‘lib tuyulishi uchun hamma narsani berish kerak edi.

■ Siz mashq qildirasizmi?

Ba’zan mashg‘ulotlarda Dima o‘rniga chiqaman, lekin tez-tez emas. Men mashq qildirishni boshlashni o‘yladim, lekin b-gyol bo֥‘lganim uchun odamlar bolalarini mening oldimga olib kelishiga shubham bor. Murabbiy lavozimiga kastinglar o‘tkazilganda, ko‘pincha ustunlik b-boys tomonida bo‘ladi.

■ Menimcha, qizlar b-girl bilan mashq qilishgani qulayroq bo‘lar edi. Shunday emasmi?

Xuddi shunday, murabbiylar orasida faqat o‘g‘il bolalar bo‘lganligini bilgan qizlar ortga qaytib ketishadi. Breykingni ayollar va erkaklar uchun ajratishnik noto‘g‘ri deb bilaman, negaki og‘irligi teng.

■ Breykingda pul ishlasa bo‘ladimi?

Pul ishlasa bo‘ladi, lekin O‘zbekistonda emas. High Heels va Female ayollar yo‘nalishini o‘rgatuvchi raqqosalardan tashqari pul topayotgan raqqosalar kam.

■ Orzuyingiz nima?

Btta maqsadimga erishdim, ya’ni Red Bull finaliga borish edi. Tasavvur qiling-Aa, Last Chance mening tug‘ilgan kunimga to‘g‘ri keladi!

■ Rio-De-Janeyroni ko‘rishga vaqtingiz bo‘ladimi?

Men bu haqida o‘ylab ko‘rmadim. Men Braziliyaga faqat musobaqalar uchun uchaman. Men uchun bu katta mas’uliyat va eng muhimi — natija.

■ Siz uchun breyking nima?

Breyking — bu mening asosiy faoliyatim, men barcha kuch va mablag‘larni sarflayman.

■ Olimpiya o‘yinlarida qatnashishni xohlaysizmi?

Rostini aytsam, men breykingni sport sifatida emas, balki o‘yin sifatida qabul qilaman. Shuning uchun men sport breykingiga unchalik qiziqmayman.

Текст:
Фото: