Skip to main content

Yangi film va seriallar: Rok-n-roll qiroli oilasidagi munosabatlar haqida bayopik, robot bilan “nikoh” haqidagi fantastik triller va 1950-yillardagi Amerikaga sayohat. Kino olamidagi yangiliklar haqida so‘zlashamiz.

Greta Gervigning “Barbi” filmi Warner Bros tarixidagi eng yuqori daromad keltirgan filmga aylanganiga bir necha oydan kamroq vaqt o‘tdi. (bu uchun bir oydan sal ko‘proq vaqt kerak bo‘ldi), demak, kinoda ayollarning roli yana qayta ko‘rib chiqilmoqda. 

Tezkor rejissyorlar haqida juda ko‘p gapirish mumkin. Kinotarixidagi yangi trendni mashxur “Cho‘qintirgan ota” filmi muallifi Frensis Ford Koppolaning qizi Sofiya Koppola 2000-yillar boshida kiritdi. U bor-yo‘g‘i 4 million dollarga o‘zgacha muhitli va o‘ziga xos melodramalardan biri bo‘lgan “Tarjima qiyinchiliklari” (2003) filmini suratga oldi va unda Bill Myurrey rol o‘ynadi.

So‘ngi paytlarda kuchli kino qahramonlarini topish ancha mushkul. Siz uchun biz o‘tayotgan oyning premyeralarini taqdim etamiz, bu sizni qiziqarli qahramonlarning katta ekranlarga qaytishiga yana bir bor ishonishga majbur qiladi.

Pristsilla: Elvis va men

Ekranda ayollar, 7ladies.uz

“Bohemiya Rapsodiyasi” (2018) filmining yutuqlari besh yildan buyon qayta tug‘ilgan bayopik janri muxlislariga uyqu bermayapti. Birinchidan, “Rocketman” (2019) Elton Jonning mashaqqatli mehnati haqida, keyin “Garriet” (2019) tarixdagi eng mashhur abolitsionistlardan biriga aylanish haqida. Endi yuqorida aytib o‘tilgan Sofiya Koppola rok-n-roll qiroli Elvis Presli hamda hashamatli uylarda va yulduz erining fotosessiyalari o‘rtasidagi tanaffuslarda nimalarga duch kelishini hali bilmaydigan 14 yoshli Pristsilla Enn Vagnerning o‘sib borayotgan romantikasiga sho‘ng‘ishni taklif qiladi.

Ekranda ayollar, 7ladies.uz

Tanglik kuchaygan sari, tomoshabin qahramonning umidsizligini, uning yakkalanib qolishi va hatto klaustrofobiya hissini tobora keskin his qila boshlaydi. Va bu Brayan Singerning asosiy qahramonga e’tibor qaratilgan “Rapsodiya”sidagi kabi izolyatsiya emas edi. “Pristsilla” filmida diqqat markazidagi qahramon — Prissillaning o‘zi, erini kutaverib, ulkan uyda “zerikmasligi” uchun qizga it qoldir ketuvchi Presli emas. Vagnerning o‘zi Presli uchun go‘yoki uy hayvoniga aylanadi, u o‘zining qo‘rquvi va o‘ziga xos vasvasasi orqali mashhurlar hayotining boshqa tomonini namoyish etadi.

Ekranda ayollar, 7ladies.uz

Elvis ijodining muxlislari bundan qoniqish hosil qilishlari dargumon: filmda qo‘shiqlar deyarli yo‘q (ehtimol, mualliflik huquqi egasi bilan muammoni hal qilishning iloji bo‘lmagandir) va ba’zi tanqidchilar Koppolaning rok-n-roll qiroli obrazini haddan tashqari yomonlashtirganini aytishgan. Barcha istovchilar filmni tomosha qilib bo‘lib, baholarni bergunicha bir necha oy kutishga arziydi, “Pristsilla…” tanqid darajasi bo‘yicha o‘tgan yilgi “Mallasoch” filmidan o‘zib ketishi dargumon.

G‘anim

Ekranda ayollar, 7ladies.uz

Yana nosog‘lom munosabatlar haqida triller film, ammo endi o‘tmishdagi voqealar va yulduzlarning hayoti haqida emas.  

…2065-yil, O‘rta G‘arbdagi dalalar va dashtlar o‘rtasida joylashgan Junior va Xenganing uyiga, ulkan korporatsiya vakili Juniorni kosmosda kema qurilishiga yollash uchun keladi. Juftlik bu paytda munosabatlaridagi qiyin tanglikni boshdan kechirayotgan edi: shirin davrlar uzoqqa cho‘zilmadi, endi esa eri ham turmush o‘rtog‘ini noma’lum vaqtga yolg‘iz qoldirishiga to‘g‘ri kelmoqda. Buzg‘unchi esa xuddi atayin olovga yog‘ quygandek, Juniorning o‘rniga uning tashqi ko‘rinishini takrorlovchi android qoldirib ketishni taklif qiladi.

Ekranda ayollar, 7ladies.uz

Kino og‘ir, biroz cho‘zilgan yirik planli syujetlar va oqilona foydalanilgan kadrlarni sevuvchilar uchun. Operator Matyash Erdeyga Avstariliya manzaralarini G‘arbiy Amerikaga ishonarli qilib aylartira olgani uchun ham alohida minnatdorchilik bildirish kerak. Hikoya, asosan, qahramon Sirshe Ronanning boshidan kechirganlari orqali hikoya qilinadi va ba’zi nuqtalarda, ochig‘ini aytganda, oldindan aytib bo‘lmaydigan burilishlar sodir bo‘ladi.

Ekranda ayollar, 7ladies.uz

Bir maromda kechuvchi, ma’yus va tushunish oson bo‘lmagan voqea, yagona dam olish kunida yana qayta ko‘rishni xohlashingiz dargumon, lekin tomosha qilmay chetlab o‘tib ketish ham mumkin emas.

“Og‘riq sotuvchilari”

Ekranda ayollar, 7ladies.uz

Kambag‘allik girdobi va tungi klubda ishlashdan chiqib ketishga va zukko Pitt Brenner bilan sheriklikda dorishunoslik biznesida o‘z o‘rnini topishga harakat qilayotgan ayol – Liza Dreykning hikoyasi, – tomoshabin oldida “Dallas xaridorlar klubi” va “Uoll-stritlik bo‘ri” ning o‘ziga xos aralashmasi sifatida namoyon bo‘ladi.

Ekranda ayollar, 7ladies.uz

Emili Blant qahramoni jalb qilingan istiqbolli startapning mohiyati fentanilni sotishdir. Ularning fikricha, dori qaramlik chaqirmaydi va og‘riq qoldiruvchi xususiyatlarini boshqa dorilarga qaraganda yaxshiroq namoyish etadi.  Film davomida Liza Dreyk saraton kasalligi bilan og‘rigan bemorlarning azoblarini qizi Fibiga tasvirlaydi: qiz ham og‘ir kasallik tufayli kelib chiqqan xurujlar bilan kurashmoqda, bu esa Lizaga xavfli sohada yuqorilashi uchun ko‘proq kuch beradi.

Ekranda ayollar, 7ladies.uz

Filmda rejissyor Devid Yeytsning ekstremal tahrirlashning yordamchi arqonlarida kuchli qahramonning hikoyasini (“Uoll-strit bo‘risi” filmidagi bazmlarni eslang) va Kris Evansning “Kapitan Amerika” dagi xarizmasidan tortib olishga urinishi aniq ko‘rsatilgan, ammo bu dinamik tarzda chiqmadi. Film ko‘rishga arziydimi? Albatta. Hech bo‘lmaganda ajoyib Emili Blant tufayli.

Haqqoniy o‘yin

Ekranda ayollar, 7ladies.uz

Debyutlar haqida gaplashamiz. Xloya Domon o‘zining birinchi to‘liq metrajli filmi bilan ishqiy triller janriga kiradi (bundan oldin amerikalik faqat teleseriallarni suratga olgan). Yosh juftlik Emili va Lyuk, ularning munosabatlari kundan-kunga qizib bormoqda. Yagona muammo shundaki, ikkalasi ham moliyaviy kompaniyada ishlaydi, ularning rahbariyati ofis ishqiy munosabatlariga toqat qilmaydi. Qahramonlar hatto ofisga borish uchun ham turli yo’llardan borishlari kerak. Xodimlardan birining ishdan bo‘shatilgani sababli yigit yaqinda lavozimga ko‘tariladi, degan mish-mishlardan so‘ng, juftlik nafas olishga zo‘rg‘a ulguradi… lavozimni Emiliga taklif qilishadi.

Ekranda ayollar, 7ladies.uz

Filmning diqqat markazi, aslida, qahramon Fibi Dynevor bo‘lishiga qaramay, uning sherigi Alden Erenrayxni kuzatib borish juda yoqimli. Shunchaki uning “Men sen uchun juda xursandman” iborasiga qarang va sevishganlar munosabatlarining asta-sekin shubha va hasad tubiga siljishini kuzating. Ranjigan Lyukning muvaffaqiyatli va topqir Emilining o‘ziga bo‘lgan ishonchini qanday tushirishga harakat qilayotganini kuzatish dahshatli, ammo qiziqarli. Menno Mansning ajoyib kinematografiyasi va qayg‘uli muhiti filmning “uchinchi pardasi” oldidan intriga va keskinlikni oshiradi, bunda syujet tom ma’noda qaynab ketadi. Aytishimiz mumkinki, qahramonlar ishda “yonib ketishadi”.

“Kimyo darsi”

Ekranda ayollar, 7ladies.uz

Oktyabr tanlovi Bonni Garmusning xuddi shu nomdagi kitobiga asoslangan seriyal bilan yakunlanadi.

Elizabet Zott iqtidorli olim, ammo uni o‘rab turgan erkaklar jamoasi qizning intilishlarini unchalik rag‘batlantirmaydi va uni “shunchaki yoqimtoy laborant” deb ataydi. Ishdan bo‘shatilgandan va bir qator muvaffaqiyatsizliklardan so‘ng, qahramonga kutilmaganda televizorda oshpazlik ko‘rsatuvini olib borishni taklif qilishadi, va unda amerikalik uy bekalariga yumshatkich kukuni qo‘shilgandan keyin tovuqning terisi nima uchun qarsildoq bo‘lishini aytib berishni so‘rashadi.

Ekranda ayollar, 7ladies.uz

Serial kamida bir nechta muammolarga to‘xtalib o‘tadi: oq tanli ayolning faqat erkaklardan iborat ilmiy muhitdagi mavqei, shuningdek, 1950 va 1960-yillardagi Amerika televideniesining qonun va qoidalari (hoh ishoning, hoh yo‘q, ular ham asosan erkaklar auditoriyasi uchun mo‘ljallangan edi).

Hatto teleko‘rsatuv doirasida ham Oskar mukofoti sovrindori Bri Larsonning qahramonidan “har bir erkak ishdan qaytganida ko‘rishni hohlaydigan xotin” bo‘lishini so‘rashadi va tezda mashhurlikka erishayotgan isyonkor teleyulduzni bo‘ysundirishga urinishadi.

Ekranda ayollar, 7ladies.uz

Elizabeth Zott hikoyasiga qora tanlilarning turar-joy hududlarini qurilishlarga aylantirishga qarshi noroziliklari tasvirlangan epizodlarni qo‘shishga urinish biroz g‘alati ko‘rinadi, chunki bu alohida seriya uchun mavzudir, va u, albatta, bir ayolning hayotdagi o‘rni uchun kurashi aks etgan asosiy syujet bilan uyg‘unlashmaydi. Shunga qaramay, 1950-yillardagi Amerikaga sakkiz soatlik sayohat, ayniqsa o‘sha davrning vintaj liboslarini yoki shunchaki yuqori sifatli, yorqin filmlarni yoqtiradiganlar uchun juda manzur keladi.

Ekranda ayollar, 7ladies.uz

Текст: