Skip to main content
O‘tib borayotgan yil ko‘p munosabatlarga boy bo‘ldi. Kino ham bundan chetda qolmadi: mayli, odamlar kinoteatrlarda kamayaversin, afishalar ham sezilarli tarzda “ozib” ketaversin, shunday bo‘lsa-da, striming servis va onlayn-tomoshalar oldingi planga chiqdi. Biz yilning siyqasi chiqqan va prokatda muvaffaqiyatsizlikka uchragan eng yuqori byudjetli filmlari yoki kartinalarining navbatdagi TOP ro‘yxatini tayyorlamadik. Buning o‘rniga 2023-yilda kinosanoatda ko‘zga ko‘ringan trendlar bilan tanishishni va ularning qaysilari mashhurligini yo‘qotmoqda va qaysilari keyingi yangi yilgacha bu tempni ushlab turishini topib ko‘rishni tavsiya etamiz.

O‘tayotgan yil kinotrendlari

Janrlar kamalagi

Premyeralar kalendari, 7ladies.uz

Yaxshi ijodkorga doim bitta “mo‘yqalam” yetishmaydi – palatkada bir nechta syujetlar g‘ujg‘on o‘ynashi yanada qiziqroq. Kino bilan ham xuddi shunday: prokatda “janr” qatorida uch yoki to‘rtta xususiyat aralashmasi bilan chiqmagan birorta film ham chiqmadi. Ehtimol, 2023-yilning eng yorqin ko‘p janrli “chaqmoq” filmi – o‘zida triller, komediya va jangari janr alomatlarini mujassam etgan shiddatli “Kokain ayiq” dir. Unga barchaning sevimli Indiana Jons sarguzashtlarining navbatdagi qismi (“Taqdir charxpalagi”) va “”Fortuna” operatsiyasi: g‘alaba qozonish san’ati” filmlari hamrohlik qiladi.

Janubiy Koreya kinosi ravnaqi

Premyeralar kalendari, 7ladies.uz

Premyeralar kalendari, 7ladies.uz

Oxirgi bir necha yil ichida “Janubiy Koreya filmi” so‘z birikmasi opertorlik ishi, puxta o‘ylab yozilga syujetlar va jo‘shqinlikdan zavqlanishga kafillik beruvchi o‘ziga xos sifat ramziga aylandi. 2023-yilda Seul tomoshabinlarni bir nechta nodir filmlari: aql bovar qilmas va qonli “Vorislar”, yanada yovvoyi va neonga chulg ‘angan jangari “Balerina” va albatta, “Parazitlar” filmi yulduzi Son Kan-xo ishtirokidagi “O‘rgimchak to‘rida” komedik dramalari bilan xursand qildi. 2024-yilda esa “Kalmar o‘yini”ning ikkinchi faslini va’da qilishmoqda!

Kinodagi cho‘pchak xiylalar

Premyeralar kalendari, 7ladies.uz

Bolalikdan tanish qahramonlar hikoyasini kinoekranda jonlantirish – alohida san’at. Prokatda eski filmlarning kutilmagan tomonidan ko‘rsatadigan yangicha adaptatsiyasi yoki hatto kompyuter o‘yinlari sifatida namoyish etilgan kartinalar ko‘proq paydo bo‘ldi. Afsus, bu “nominatsiya” ga 2023-yilda bir qator omadsiz filmlar sazovor bo‘lgandi. Tomoshabinlarni puxta ishlab chiqilgan “Vinni-Pux: qon va asal” qo‘rqinchli filmi bilan o‘takasini yorishga urinishdi, biroq, qora tanli Xolli Beyli ishtirokidagi “Suv parisi” hammasidan o‘tib tushdi. Ko‘rish uchun faqat eski kompyuter o‘yini “Yerosti va ajdarholar: o‘g‘rilar shon-sharafi” o’rtasida ishlangan omadli adaptatsiyani ko‘rishni tavsiya qilish mumkin.

Kinodagi feminizatsiya

Premyeralar kalendari, 7ladies.uz

Kinodagi feminizatsiya trendi so‘nggi ikki-uch yildan beri rivojlanish cho‘qqisiga chiqmoqda, va bu oqimning amaldagi shaksiz kulminatsiyasi deb 2023-yil chiqqan “Barbi” filmini aytish mumkin. Film jamoatchilikni shu qadar hayajonga soldiki, uning qadriyati yoki bema’niligi xususidagi bahslar premyera o‘tganidan mana, bir necha oy o‘tdi hamki, davom etmoqda. Jennifer Lopes ijrosidagi “Ona” filmi shon-shuhrat cho‘qqisiga chiranib ko‘tarilishga urindi, biroq osmondan yerga og‘riqli qulab tushdi, hech bo‘lmaganda Bri Larson ijrosidagi mislsiz “Kimyo darslari” mini-seriali bilan tomoshabinlar tomonidan samimiy va iliq kutib olindi.

Tarixni qayta ko‘rib chiqish

Premyeralar kalendari, 7ladies.uzTarixiy filmlar boshqa janrdagi filmlardan alohida ajralib turadi, biroq shu qadar sermashaqqat va murakkab janrda shu kungacha haqiqiy durdonalar ijod etilgan. O‘tayotgan yil ham bunday durdonalarga to‘la. Bularga misol tariqasida Kristofer Nolanning “Oppengeymer” (shuni ham aytish kerakki, prokatda “Barbi”dan o ‘zib keta olmadi), Ridli Skottning “Napoleon” va Martin Skorsezening “To‘lin oy qotillari” filmlarini keltirish mumkin! Ustazodalar tomonidan ishlangan filmlar qatoriga faqatgina tomoshabinni fransuz qirollik saroyining ishqiy mashmashalari bilan bemalol ekranga mixlab qo‘yadigan  “Janna Dyubarri” dramasini qo‘shishni istardim.

Bayopiklar

Premyeralar kalendari, 7ladies.uz

“Bogemiya rapsodiyasi” sabab kuldan qayta tirilgan bayopik janri 2023-yilda bir nechta premyeralari bilan esda qoldi. Rok-n-roll qirolining rafiqasi haqidagi “Pristsilla: Elvis va men” dramasi hanuzgacha tillardan tushmaydi; taniqli model va aktrisa Pamela Andersonning muhabbati va boshidan kechirgan sinovlari haqidagi “Pamela” hujjatli filmi ham undan qolishmaydi. Uchlikni eng qimmat telefonlardan birining asoschisi haqidagi “BlackBerry ni kim o‘ldirdi” (“Ijtimoiy tarmoq” ruhidagi film) yakunlab beradi. 

 

2024-yilning kutilayotgan premyeralari

2024-yil ish jadvaliga nazar tashlaydigan bo‘lsak, atoqli rejissyorlarning janrlar va filmlar rang-barangligidan ko‘zlar o‘ynay boshlaydi. Biz premyerasini tap tortmay kalendarga kiritish va o‘tkazib yubormaslik uchun qalin qizil hoshiya bilan belgilab qo‘yish mumkin bo‘lgan 5ta kartinani tanlab olishga harakat qildik.

Joker: ikki savdoyi 

Premyeralar kalendari, 7ladies.uz

Betmen haqidagi navbatdagi kinoadaptatsiyaning davomi, aniqroq qilib aytganda bir tarmog‘i. Inson-ko‘rshapalakning asosiy dushmani – kutilmagan va mudhish Jokerning kelib chiqishi tarixi. 2019-yilda birinchi qismning chiqqach, Todd Fillips ham tanqidchilardan, ham ommadan Jokerning qayg‘uli hamda zamonga moslashtirilgan tarixi haqida munosib maqtovli izohlar qabul qilib oldi. Ba’zilar hatto, syujetning original komiksdan chetga chiqilganiga qaramasdan, Xoakin Feniksning Jokerini “namunali” deb nomlashdi. Ikkinchi qismda u bilan birga Xarli Kvinn rolida betakror Ledi Gaga – Gotem shahrining bosh jinoyatchisining sevgilisi paydo bo‘ladi. Bu telba juftlik Margo Robbi va Jared Leto ittifoqidan o‘zib ketishning uddasidan chiqarmikin? Buni kelgusi yili bilib olamiz.

Dyuna: ikkinchi qism

Premyeralar kalendari, 7ladies.uz

Bahorda maestro Deni Vilnyov “Dyuna”sining ikkinchi qismi dunyo yuzini ko‘radi. Film 2021-yilda butun ham dunyo ixlosmandlari, ham tomoshabinlar tomonidan shubhasiz izohlar bilan kutib olindi. Futuristik libosdagi Timoti Shalame, Zendeya bilan birga memlarga aylanib ketdi, bepoyon cho‘l kadrlari esa ish stollariga muhrlandi. Ikkinchi qism yosh Pol Atreydes tarixining davomini va’da qilmoqda, biroq unga Florens Pyuning malika Irulan Korrino roli ham kiritilgan. Ssenariy OAV ga oshkor qilinmadi, ammo shunisi ma’lumki, katta e’tibor Zendeya personajiga qaratiladi. Biz esa qarshi emasmiz!

Dedpul 3

Premyeralar kalendari, 7ladies.uzIssiq yoz barchaning sevimli qahramoni bo‘lmish Dedpul haqidagi jangari komediyaning uchinchi qismidan so‘ng yanada qaynoq tus oladi. Hozircha film ishlab chiqarish jarayonida, Walt Disney Studios Motion Pictures ning kattalarining ma’lum qilishicha, kartina o‘z vaqtida chiqadi. Premyeraning taxminiy sanasi – 2024-yilning 6-iyuli, biroq nozik jihati shundaki, bungacha premyera sanasi uch marta ko‘chirilgan (avvalboshdan film prokatga shu yilning 6-sentabrida chiqishi kerak edi). Ma’lum qilingan premyera sanasi – oxirgisi, deb umid qilish qoladi xolos. Maximum Effort va Marvel Studios ning kartina prodyuserlari syujet haqida bir nima deyishmayapti, biroq paparatsi allaqachon Dedpul – Rayan Reynolds va sariq tor kostyumdagi Rosomaxa rolidagi Xyu Jekman suratlarini tarmoqqa joylab ulgurishdi. Filmga “Roketmen”, “Kingsman: maxfiy xizmat” va “Eddi Burgut” filmlarini suratga olgan Jorj Richmond operatorlik qilgan, shunday ekan qiziqarli kartina bo‘lishi va’da qilinmoqda.

Furiosa: Telba Maks yilnomalari

Premyeralar kalendari, 7ladies.uz

Premyeralar kalendari, 7ladies.uz

2015-ekranlarga chiqqan yorqin, hayratomuz va deyarli kompyuter grafikasidan foydalanilmagan “Telba Maks: g‘azab yo‘li” filmi – so‘nggi o‘n yillik ichida suratga olingan eng yaxshi jangari filmlardan biri hisoblanadi. O‘n yil o‘tgach, rejissyor Jorj Miller, borliq yaratilganidan so‘ng birinchi filmdagi Maksning sherigi tarixini hikoya qiluvchi “Furiosa: telba Maks yilnomalari” prikvelini jamoatchilik e’tiboriga havola etishga shay. Grafikalar biroz ko‘proq narsani va’da qilmoqda, ammo qolganlari o‘z o‘rnida: jazirama sahro, avtomobillar, motorning gurillashi, din apokalipsisiga asoslangan portlashlar va labdagi “benzak”dan qolgan yoqimsiz ta’m. Furiosa roliga – sherigi qilib Kris Xemvort tayinlangan va bu o‘z navbatida ikkala jins uchun “yondiruvchi” kokteyl bo‘la olgan – 27 yoshli Anya Teylor Joy tanlandi. Dovyurak jangari Furiosa biz 2015-yilda ko‘rgan holatga qanday kelib qolganligi xususida yaqin orada bilib olamiz.

Sokin hudud: birinchi kun

Premyeralar kalendari, 7ladies.uz

Eng ko‘p kutilayotgan qo‘rqinchli filmlar orasida “Sokin hudud: birinchi kun” oldingi o‘rinda turibdi. 2018-yilda “Sokin hudud”ning birinchi qismi zo‘r muvaffaqiyat qozonib, barchani hayratda qoldirgandi: bunday dadil va sifatli dahshatli filmni odamlar hadeb kinoteatrlarda ko‘ravermaydi. Undan ko‘ra, oila ko‘chib kelishi bilan yechish kerak bo‘lgan “maxfiy sirlar yashirin” eski uy yoki tomda unutilib qoldirilgan va keyinchalik qasos olishni boshlaydigan qo‘g‘irchoq haqida qo‘rqinchli film ishlagan ancha-muncha osonroq. Tan olish achinarli, ammo “Sokin hudud”ning birinchi qismi muvaffaqiyat qozongach, aytishganidek, songa ishlay boshlashdi. Ikkinchi qism muvaffaqiyatsizlikka uchramadi, biroq shunga yaqin qolgandi. Endi unga qiziqishni qaytarish faqat hokimiyat jilovi tutqazib qo‘yilgan rejissyor Maykl Sarnoski qo‘lida. Nomidan ayonki, filmda jirkanch va butunlay ko‘r o‘zga sayyoraliklar sayyoraga bostirib kirganining birinchi kunidayoq tomoshabinlar ko‘zi oldida dahshatli vayronagarchiliklar keltirib chiqarishi gavdalanadi. 

2024-yil hatto eng ko‘pni ko‘rgan tomoshabinni ham o‘z kinoyangiliklari bilan  mamnun etadi: mingdan ortiq kartinalar katta ekranlarga chiqadi, biroq ularning qaysilari vaqt sarflashga arziydi, bunisi sizga bog‘liq. Biz shunchaki yangi yilda o‘rtamiyona kinolar kamroq, his-hayajon, kulgu va qalb xotirjamligi esa ko‘proq bo‘lishini tilaymiz.

Текст: