“Temir xonim” (2011)
Margaret Tetcher nafaqat Buyuk Britaniya siyosatiga portlab kirgan birinchi ayol bo‘lgan. Birlashgan Qirollikni boshqargan holda, u urushdan keying davrning eng omadli bosh vazirlaridan biriga aylandi, bir qator samarali islohotlar o‘tkazdi va xalq xotirasida “temir xonim” sifatida muhrlanib qoldi. Fillida Lloyd suratga olgan film aynan shu haqda. Rejissorning ijodiy portfelida bir juft nisbatan omadli ishlari mavjud (shu jumladan, Meril Strip va Pirs Brosnan ishtirokidagi “Mamma Mia!” myuzikli), biroq bu unga tarixdagi eng mashhur ayollardan birining siyosiy olimpiga ko‘tarilishi haqidagi rostakamiga jiddiy kartina olishga xalal bermadi.
Margaret Tetcher rolini hurpaygan jingalak sochli va xizmat kostyumida o‘ta tabiiy ko‘rinadigan maftunkor Meril Strip ijro etadi. Kartinaning dramatikligi ilk kadrlardanoq ochib berilgan: tomoshabin mag‘rur va sobitqadam bosh vazirni emas, balki do ‘konda sut sotib oladigan va gazetani qo‘ltiqlagancha, qarib qolgan erining yoniga uyga shoshadigan Yoshi o‘tib qolgan ayolni ko‘radi. Voqealar bizning zamonamizda rivoj topadi, Margaret Tetcherning o‘zi esa tushkunlikka tushib, o‘z karyerasining turli davrlarini eslagan holda demensiya bilan kurashadi. “Temir xotin”ning erining roli taniqli aktyor va ssenariy muallifi Jim Brodbent ijro etgan.
Meril Strip filmdagi roli uchun “Eng yaxshi ayol roli” nominatsiyasida aktrisa Viola Devisni ortda qoldirib, o‘z karyerasidagi uchinchi “Oskar” haykalchasini qo‘lga kiritgan. Oradan o‘n yil o‘tgach, Fillida Lloydning kartinasi ancha dolzarb ahamiyat kasb etdi: Tetcher qabul qiladigan qarorlar avvaliga erkak siyosatchilar orasida ma’qullanmaydi, biroq vaqt o‘tib ularning samaradorligini ko‘rgach, kuchli jins vakillari yon berishadi. Tanqidchilar kartinani turlicha qabul qildilar: bir necha yil o‘tib, Rotten Tomatoes saytidagi premyeradan so‘ng maqtovli va salbiy taqrizlardan so‘ng film taxminan ikki qutbga bo‘lindi. Asosiy tanqidchi Margaret Tetcherning o‘zi bo‘lib, Meril Strip ekranda uning obrazini baribir butkul qayta gavdalantira olmaganini tan olgan.
“Pushti randagi hayot” (2007)
Uncha taniqli bo‘lmagan rejissor, bir qancha mujmal loyihalar muallifi Olivye Daanning qanday qilib eng mashhur bayopiklardan birini suratga olishga muvaffaq bo‘lgani haqida kinotanqidchilar hanuzgacha bahslashishi haqida. “Pushti rangdagi hayot” tomoshabinlar ko‘z o‘ngida – qashshoqlik va notanishlikdan nufuzli do‘stlari qurshovida Parij va Nyu-Yorkning eng yaxshi sahna minbarlariga ko‘tarilgan afsonaviy fransuz xonandasi Edit Piafning dramatik hayot tarixiga eshik ochadi.
Piaf rolini ijro etgan Marion Kotiyyar uchun film uning karyerasidagi eng dongdoriga aylanmadi: bungacha aktrisa Jerar Piresning “Taksi” komedik jangari filmi va tim Byortonning “Yirik baliq” shoh asaridagi roli orqali tomoshabin ko‘nglidan joy olib ulgurgandi. Shunday bo‘lsa-da, Piaf roli Kotiyyar uchun kam ahamiyat kasb etmadi: bu roli uchun u “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasida “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, kartina turli festivallarda o‘ndan ortiq, shuningdek BAFTA va “Oltin globus” mukofotlarini qo‘lga kiritdi.
“Pushti rangdagi hayot” – bu fransuz xonandasining ijodiy yo‘l bo‘ylab olqishlar va fanfara sadolari ostidagi yengil sayohati emas, balki Edit Piafni haqiqatda butun hayoti davomida ta’qib etgan va tushlariga kirib chiqadigan kambag‘allik va haqoratlardan qiyinchilik bilan ko‘tarilishi haqidagi hikoyadir. Tomoshabin mitti qizaloqning buyuk kelajak sari qanday ilk qadam tashlayotgani, sariq chaqa evaziga shubhali joylarda chiqish qilishi, sevib qolishi, o‘z shuhratining ilk mevalarini ko‘rishi va depressiyaga tushishi kuzatadi. Piaf ijrosida kartina yakunida aytiladigan taniqli va ulug‘vor Non, je ne regrette rien iborasi tomoshadan so‘ng, afsonaviy qo‘shiqchining murakkabliklarga to‘la hayoti mobaynida yodga oladigan nuqtai nazari sifatida hali ancha vaqtlar qalblarda aks-sado berib turadi.
“Janob Benksni qutqarish” (2013)
Jon Li Xenkok tomonidan suratga olingan bayopik o‘zi kim haqida suratga olinganligini tushunish uchun – sehrgar-enaga Meri Poppinsni o‘ylab topgan va o‘z kitoblari sahifalarida butun dunyoga ko‘rsatgan adiba Pamela Lindon Travers yoki uning asarlarini ekranga ko‘chirgan kinoimperiya asoschisi va rahbari Uolt Disney haqidami, chuqur o‘ylab ko‘rish kerak. Film maydakash va o‘z qahramoniga nisbatan rashkchi Pamela Treversga ham, xayolparast Disneyga ham e’tibor qaratgan holda qayerdadir o‘rta oraliqda muvozanatlashadi. Emma Tompson va Tom Xenksning aktyorlik ishi tomoshabinni bee’tibor qoldirmaydi.
Film syujeti oddiy: Uolt Disney o‘z farzandlariga barcha bolalar kabi ularning ham sevimli kitobi bo‘lmish Meri Poppins ekranlashtirishga va’da beradi, ammo takabbur Pamela Travers o‘z mehnatining mevasini animatorlar va mass-marketga qo‘lida o‘yinchoq qilishga topshirib qo‘yishni istamaydi. Shunda Disney uni Los-Anjelesga taklif qilib, ekranlashtirish huquqini berishga ko‘ndirishga urinadi. Ingichka mo‘ylovli janobga mensimaygina qarab turgan adiba bunga rozilik bildirib, AQSHni tark etishga tayyor emasdi. Farzandlarining orzusini ro‘yobga chiqarish maqsadida, miss Trevers hayotidagi bir nechta haqiqatlarni bilib olgan Uolt Disney so‘nggi imkoniyatidan foydalanishga qaror qiladi.
Film tomoshabinga Emma Tompson qahramonining uning ichkilikbozlikdan aziyat chekuvchi otasi ko‘rsatiladigan bolalik xotiralari bilan almashinib turadi. garchanda “Janob Benksni qutqarish” ko‘p jihatdan yengil komedik kino sifatida taqdim etilsa-da, gohida qahramonning xavotirlari va ongosti “qopqon”laridan to‘g‘ri ma’noda ko‘zga yosh keladi. Jon Li Xenkok kamera obyektivlari orqali hatto jasur va qat’iyatli yozuvchi obrazining orqasida ham deyarli har doim otasi va bolaligining iliq xotiralarida yashaydigan ojiza va himoyasiz qiz yashiringanligini ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi. Rejissyorning ishi shubhasiz diqqatga sazovordir va Tom Xenksning ijrosi yuzingizdan tabassumni ushlab turadi.
“Katta o‘yin” (2017)
Rejissor Aaron Sorkin o‘z filmida nafaqat azaliy savolga javob berdi: erkaklar dunyosida ayol bo‘lish qanday? “Katta o‘yin”ning chiqishiga qadar u “Ijtimoiy tarmoq” filmi va “Yangiliklar xizmati” serialida ssenariynavis sifatida mashhur edi, yashirin poker olami qirolichadi Molli Blum hikoyasi uning karyerasini tom ma’noda ostin-ustun qilib yubordi. Qoyilmaqom aktyorlar tarkibi (Jessika Chesteyn, Kevin Kostner, Maykl Sera, Idris Elba va boshqalar) kartinaning misli ko‘rilmagan muvaffaqiyatini ta’minladi, Jessika Chesteyn qahramoni esa o‘z misolida kuchli ayollar ularni o‘lgudek xavfli kuchli jins vakillari o‘rab olgan sharoitda ham muammolarni qanday hal etishini ko‘rsatib qo‘ydi.
Molli Blumning peshonasiga chang‘i sporti yulduzi bo‘lish va olimpiya halqalari fonida fotokamera chaqnoqlari ostida porlash bitilgan, biroq olingan jiddiy jarohat unga katta sport dunyosini abadiy yopadi. Oliy ma’lumotga ega bo‘lish fikridan voz kechgan qiz Los-Anjelesga ko‘chib keladi va ishdan keyin yashirin kazino tashkilotchisiga yordamchilikka yollanadi. Keyin jiddiy o‘yinchilar uchun shaxsiy maxfiy klubini ochadi, italyan mafiyasi bilan “dildan” suhbat quradi, qo‘lga olinadi va otasi bilan munosabatlarini tiklaydi. Film dinamikasi tomoshabinni zeriktirib qo‘ymaydi, aktyorlar o‘yini esa ikki soatdan ortiq vaqt mobaynida syujet xiylalariga sho‘ng‘ishga majbur qiladi.
“Enne Burda: muvaffaqiyat tarixi” (2018)
Nemis rejissori, shu o‘rinda, 2018-yilgacha birorta ham shov-shuvli serial yoki to‘liq metrajli film olmagan Fransiska Meletski haqli ravishda o‘zini o‘tgan asr moda olamining yo‘lboshchisi deb hisoblashi mumkin. Uning mahhur familiyali moda jurnalining nashriyotchisi haqidagi hikoyasining ikki qismli talqini, mutlaqo istisnoli “retroshik”i, ham tomoshabinlar orasida, ham tanqidchilar orasida muvaffaqiyat qozondi.
Enne Burda otasi ishchi va onasi uy Bekasi bo‘lgan oddiy oilada ulg ‘aygan, biroq butun umrini oshxonada bolalar bilan kuymalanib o‘tkazish istiqboli uni qiziqtirmasdi. Hatto turmush qurgach ham, jiddiy tadbirkor va bosmaxona egasi bo‘lmish Frans Burda oilaviy xarajatlarni batamom o‘z zimmasiga olganida ham, u nimadir kattaroq narsa yaratishni orzu qilardi. Er-xotin, ikki kuchli shaxs munosabatlari tarixi, – Meletski mini-serialida alohida syujet liniyasidir. Biroq, vatani Offenburg aholisi tomonidan barcha to‘siqlar va noroziliklarga qaramay, Enne Burda Fransga butun dunyo tanigan jurnal atrofida haqiqiy imperiya qurib, “pichog‘i moy ustida” bo‘lishga munosibligini isbotlaydi.
Matn: Ilya Vodyanov