Zamonaviy go‘zallik sanoati tasavvur qilib bo‘lmas tezlikda rivojlanmoqda. Uy sharoitida yuz, teri va sochlarni professional parvarishlash endilikda biz uchun g‘ayrioddiy jarayon bo‘lmay qoldi. Zamon bilan hamnafas bo‘lish uchun siz xarid qilishingiz hamda “byuti-arsenal” ingizga qo‘shib qo‘yishingiz mumkin bo‘lgan bir nechta aqlli gadjetlar sara jamlanmasini to‘pladik.
Tirnoqlar uchun printer
O2Nails M1 Pro
Manikyur uchun printer – professional salonlar hamda tirnoq uchun xaridorgir stikerlar o‘rnini bosuvchi eng yaxshi muqobil variant. Ushbu qurilmaning ijodiy salohiyati, smartfon galereyasidan chop etishni qo‘llab-quvvatlashni hisobga olgan holda, faqat sizning tasavvuringiz bilan cheklangan. M1 Pro shaxsiy foydalanish va hatto uy sharoitidagi manikyur saloni uchun mukammal darajada mos keladi. Qo‘llanilish algoritmi juda oddiy: tirnoqlar va ularning atrofini yetarlicha tayyorlab olib, barmoqni devays ichiga tiqiladi, kameradagi printer yordamida tasvirni telefondan tirnoqqa yo‘naltiriladi va mutlaqo istalgan suratni tirnoq yuzasiga bosib chiqariladi. Tayyor qoplama naq 30 kunga bemalol yetadi, undan keyin, salonda ertalabki seansga yozilishni kutib o‘tirmasdan, tasvirni xuddi shu yo‘l bilan yana boshqasiga o‘zgartirish mumkin.
Мikrotokli yuz stimulyatori
7e Myolift Mini
Mikrotokli terapiya yuzning teri qoplamasiga ohistalik bilan elektroimpulslar yuboradi, u noqulaylik tug‘dirmaydigan va terini tortib, uni qayishqoqligini oshiradi, ajinlar va qarish belgilarini yo‘q qiladi. E7 Myolift Mini ikkita tok o‘tkazuvchi elementi, ekrani, shu bilan birga intensivlik va ish vaqtining nisbatan kengaytirilgan sozlamalari evaziga mobil mikrotok stimulyatorlari bozorida ajralib turadi. Mikrotokli amaliyotlar yuz tonusini oshiradi, kollagen ishlab chiqarilishini ko‘paytiradi va qon aylanishini yaxshilaydi.
Svetoterapiya ko‘zoynagi
Pegasi Smart Sleep Glasses II
Hech narsa insonning tabiiy go‘zalligiga sog‘lom uyqudek ta’sir ko‘rsata olmaydi, axir uyqusizlik hamda uyquga ketish va uyg‘onish sikllarining buzilishi nosog‘lom yuz rangi, paydo bo‘lishi bilan ularga qarshi kurashish uchun ko‘z svetoterapiyasiga shoshadigan ko‘z tagidagi ajin va qora xaltachalarning paydo bo‘lishining sabablari hisoblanadi, vaholanki tabiiy yoritish inson miyasiga tinchlantiruvchi ta’sir qiladi, sirkad siklini qayta tiklaydi. Pegasi Glasses ko‘zoynagi foydalangan kundan boshlab 7 kun o‘tgach samarasini ko‘rsatadi, shuningdek vaqt mintaqasi yoxud Jet Lag ning keskin o‘zgarishi oqibatlarini sezilarli darajada yengillashtiradi.
Fotoepilyator
Philips Lumea IPL 9000 Series
Tanadagi yoqimsiz tuklar bilan kurash – juda katta vaqt, mehnat va asab talab qiladigan jarayon. Go‘zallik salonidagi eskicha amaliyotlar hammaga ham yoqavermaydi. Bunday vaziyatlar uchun Lumea IPL 9000 fotoepilyatori juda ham mos keladi, u nur orqali bevosita soch ildiziga ta’sir o‘tkazadi va oqibatda kumulyativ – ya’ni, oxir-oqibat tuk o‘sishini butkul to‘xtatadigan effektga ega. Lumea ning samarasi uchinchi marta foydalanishning o‘zidayoq seziladi, to ‘liq foydasini esa yarim yildan keyin yoki o‘rtacha 12 ta amaliyotdan so‘ng bilish mumkin.
Ko‘z uchun massajyor
D617
Bork D617 massajyori nafaqat ko‘z atrofidagi ajinlarning miqdori va chuqurligiga ta’sir ko‘rsatadi, balki yuqori ko‘ruv bosimi natijasida yuzaga keladigan ko‘rish qobiliyatining buzilishini pasaytirgan holda ko‘z nervlariga ta’sir qiladi. Qurilma ikki karra ta’sirga ega – yuzning visual holatini yaxshilaydi va davomiy ishdan keyin tetik ko ‘rinishni tiklaydi. Devays uch xil rejimda ishlaydi: tinchlantiruvchi (uyquga tayyorlovchi), tonusni kuchaytiruvchi (intensiv – ish jarayonida diqqatni jamlashni kuchaytiruvchi) va o‘rtacha (umumiy holatni yaxshilovchi). Massajyorning konstruktiv xususiyati seans davomida tevarak-atrofni ko‘rib turish imkonini beradi.
Quloq uchun aqlli tayoqchalar
Bebird Smart Visual Ear Stick M9 Pro
Quloq uchun aqlli tayoqchalar – 2023-yilda internetda muhokamlarga sabab bo‘lgan eng bahsli smart-qurilmaga aylanishiga bir bahya qolgandi. Lekin shu bilan birga negadir otolaringologlarning ta’nalariga tez-tez duchor bo‘ladigan klassik paxtali tayoqchalardan ko‘ra uning foydasi ko‘proq. Ear Stick M9 Pro katta hajmdagi qo‘shimcha qurilmalar to‘plami, jumladan, trimmerlar, shu bilan birga kamera va Xiaomi ning maxsus firma ilovasidagi real vaqt rejimida tozalash bo‘yicha gidni o‘z ichiga oladi. Bu parametrlar tozalash sifatini oshiradi hamda devaysdan foydalanish chog‘ida jarohat olish xavfini kamaytiradi. Qurilma quvvati 60 kunga yetadi. Uskuna bir vaqtning o‘zida barcha qo‘shimcha jihozlar uchun g‘ilof vazifasini o‘tovchi magnit bazadan 1,5 soatda quvvat oladi.
Tovushli tish cho‘tkasi
Sonicare 9900 Prestige
Eng keng tarqalgan yanglish fikrlardan biri – Philips 9900 Prestige singari aqlli tish cho‘tkalari yalqov kishilar uchun ishlab chiqarilgan, deb hisoblashdir. Aslida esa, elektr cho‘tkalar yordamida emal va tishlar orasidagi bo‘shliqlarning yanada yaxshiroq tozalanishiga erishiladi. Mazkur qurilmani tanlashda diqqat bilan yondashish talab etiladi, ayniqsa bu ultratovushli cho‘tkalarga taalluqli: noto‘g‘ri tanlangan rejim nafaqat emal qatlamining yupqalashishiga, balki vaqt o‘tishi bilan uning yemirilishiga olib kelishi mumkin. Aynan shuning uchun ham 9900 Prestige da Premium All-in-One qo‘shimcha asbobli Sense IQ intellektual tizimi mavjud, u tishlarni tizimli tozalashda jadallik va ularga ortiqcha og‘irlik tushishini tartibga soladi.
Soch tekislagich
Dyson Airstrait
Aftidan, Dyson ga o‘xshab havo sotish boshqa hech kimning qo‘lidan kelmaydi. Supersonic feni allaqachon juda yoqimli sovg‘a so‘zining sinonimiga aylanib ulgurdi. Biroq kompaniya shu bilan to‘xtab qolmadi va issiq plastinasiz “ployka”larni chiqardi va soch uchun dazmollarini o‘yindan siqib chiqardi. Uning siri qizigan uskuna dastasi orqali yuqori darajada dam berib havo bilan to‘ldirishda edi, bu bir tarafdan – nam sochlarni quritish va tekislash imkonini beradi, boshqa tomondan esa, an’anaviy fen va dazmollarda mavjud bo‘lgan yuqori harorat zararini kamaytirib beradi. Ishlab chiqaruvchi aynan nam sochlarni tekislashga bor e’tiborini qaratgan, vaholanki bunday sochlar turli xil turmaklar uchun moslashuvchan va issiqlik sabab buzilishga moyil bo‘lmaydi. Ployka fen singari uch xil qizdirish rejimiga, shuningdek, to‘liq mahkamlash uchun sovuq oqimga ega.