Skip to main content

Food Mall Tashkent asoschilari va ijodiy yaratuvchilaridan biri, restorator Maksim Volkov bilan birgalikda Osiyo taomlari uslubidagi to‘yimli rizotto tayyorlaymiz. U 7LADIES uchun eksklyuziv ravishda restoranda tayyorlanadigan taomning soddalashtirilgan variantini ishlab chiqdi. Bu taomni oddiy chuqur tovada, uy sharoitida ham osonlik bilan tayyorlash mumkin.

Maksim Volkovning “Tom Yam” nomli mualliflik rizottosi, 7ladies.uz

Maksim Volkov

Kerakli masalliqlar:

  • Dumaloq donli guruchning “arborio”, “karnaroli” yoki “baldo” navi — 400 g
  • Tozalangan yo‘lbars krevetkalari (16/20) — 140 g
  • Suv/sabzavotli bulyon — 1,4 l
  • Sariyog‘ — 140 g
  • Mag‘zi olingan sukini (kabachok) — 200 g
  • Piyoz — 40 g
  • Sarimsoqpiyoz — 10 g
  • Selderey — 50 g
  • Kashnich barglari — 12 g
  • Tomat pastasi — 120 g
  • “Tom Yam” pastasi — 45 g
  • Oq vino — 100 ml
  • O‘simlik yog‘i — 40–60 g
  • Parmezan pishlog‘i — 60 g
  • Ta’bga ko‘ra tuz
  • Ta’bga ko‘ra murch.

Tayyorlash usuli:

Mahsulotlarni tayyorlab olamiz. Sukinining mag‘zini olib tashlab, o‘rtacha kattalikda to‘rtburchak shaklida kesamiz. Krevetkalarni kichik bo‘laklarga bo‘lib chiqamiz. Piyozning kichik qismini va sarimsoqpiyozning bir kichik tishchasini mayda qilib to‘g‘raymiz. Selderey poyasini tekis holatda bir necha tasmaga kesib, so‘ng mayda kubchalar shaklida chopib chiqamiz. Kashnichning ikkita shoxchasini maydalab to‘g‘raymiz.

Maksim Volkovning “Tom Yam” nomli mualliflik rizottosi, 7ladies.uz

Taomni tayyorlashga o‘tamiz. Chuqur tovamizni plita ustiga qo‘yib, unga ozgina o‘simlik yog‘i quyamiz. Qizigan yog‘ga sukini va krevetkalarni solamiz.

Maksim Volkovning “Tom Yam” nomli mualliflik rizottosi, 7ladies.uz

Katta olovda 3–4 daqiqa qovuramiz, so‘ngra tovaga rizotto uchun yumaloq donli guruch solib, barcha masalliqlarni yaxshilab aralashtiramiz.

Maksim Volkovning “Tom Yam” nomli mualliflik rizottosi, 7ladies.uz

Tovaga 100 ml vino quyamiz, hammasini yana bir marotaba aralashtiramiz va bir necha daqiqaga olov ustida qoldiramiz. Undan so‘ng esa to‘rt bosqichda suv yoki sabzavotli bulyonni quyamiz: navbatdagi har bir porsiyani oldingisi qaynab tugaganidan so‘ng quyamiz. Taomimiz kuyib qolmasligi uchun jarayonda hammasini yaxshilab aralashtirib turamiz.

Maksim Volkovning “Tom Yam” nomli mualliflik rizottosi, 7ladies.uz

Chuqur tovaga avval tomat pastasi, keyin esa “Tom Yam” pastasini qo‘shamiz. Aralashtiramiz, keragicha tuz va murch sepamiz.

Guruch tayyor bo‘lgandan so‘ng (taxminan 20–25 daqiqa o‘tgach) tovaga kashnich, sariyog‘ va uch qoshiq maydalangan parmezan pishlog‘i solib, aralashtirishni boshlaymiz. Rizottoda eng muhimi — uni to‘g‘ri aralashtirish: uning tarkibi bir xil va kremsimon bo‘lishi kerak. Buning uchun uni yaxshilab aralashtirish lozim.

Maksim Volkovning “Tom Yam” nomli mualliflik rizottosi, 7ladies.uz

Taomni dasturxonga tortishdan oldin rizotto bir tekis taqsimlanishi uchun likopchaning tagini kaftingiz bilan ohista urib qo‘ying. Shundan so‘ng uni bemalol dasturxonga tortiq qilishingiz mumkin!

Maksim Volkovning “Tom Yam” nomli mualliflik rizottosi, 7ladies.uz

 

Текст:
Фото: