Skip to main content

Bananli trayfl. Magnum’dan retsept

Shokolad-shifonli biskvit

Oliy navli un — 150 g

Kakao kukuni — 10 g

Qabartma — 5 g

Shakar — 170 g

Qaymoq, 33% — 35 g

Kefir, 3% — 100 g

O‘simlik yog‘i — 50 g

Tuxum — 1 d.

Qaymoqli-tvorogli krem:

Qaymoq — 200 g

Quyultirilgan sut — 100 g

Tvorogli pishloq — 50 g 

Vanilin — 5 g

Shokoladli ganash

Qaymoq (33%) — 50 g

Shokolad — 100 g

Mevali to‘ldirma va bezak:

Banan — 100 g

Bezatish uchun rezavorlar — 30 g

Shokolad qirindisi— 10 g

Shokoladli-shifonli biskvit tayyorlaymiz

Magnum bilan birgalikda bananli trayfl tayyorlaymiz, 7ladies.uz

 

  1. Nafis biskvit tayyorlash uchun hamma quruq mahsulotlarni birlashtiring va ikki marta elakdan o‘tkazing. 
  2. Alohida idishda tuxum bilan shakarni yaxshilab ko‘pirtiring, keyin o‘simlik yog‘i, qaymoq, kefirni qo‘shing va bir hil holatga kelgunicha aralashtiring. 
  3. Tuxumli massaga quruq mahsulotlarni qo‘shing. Xamirni o‘rta darajali tezlikda 4-5 daqiqa davomida bir holatga kelgunicha aralashtiring. Keyin xamirni besh daqiqaga qoldiring.
  4. Pishiriqlar uchun ajraladigan forma tubiga (20 sm diametrli) pergament qog‘oz soling, yon taraflarini moylang. Xamirni formada asta-sekinlik bilan taqsimlang.

Magnum bilan birgalikda bananli trayfl tayyorlaymiz, 7ladies.uz

 

5. Xamirni 170 darajagacha qizdirilgan duxovkaga qo‘ying. Korjlar tayyorligini tishkavlagich bilan tekshiring – ular quruq bo‘lishi kerak. 

6. Biskvitni soviting va korjlarni ushoq holatigacha maydalang (yumshoq joyini qo‘lda, chetlarini esa blenderda maydalash mumkin). Bu trayflning asosi bo‘lib xizmat qiladi.

Qaymoqli-tvorogli kremni tayyorlaymiz 

Qaymoqni mikser bilan zich holatgacha yaxshilab ko‘pirtiring, keyin pishloq, quyultirilgan sut va vanilinni qo‘shing. Takroran, ikki-uch daqiqa davomda yuqori tezlikda ko‘pirtiring. Krem huddi quyuq smetanadek bo‘lishi kerak.

Magnum bilan birgalikda bananli trayfl tayyorlaymiz, 7ladies.uz

Shokoladli ganash tayyorlaymiz

Ganashni tayyorlash uchun maydalangan shokoladni issiq, ammo qaynoq bo‘lmagan qaymoqda eriting va u to‘liq erigunga qadar qoshiq bilan asta-sekin aralashtirib turing. Ganash sovishi bilan uni olovdan olib qo‘ying va ustidan plyonka yoping.

Magnum bilan birgalikda bananli trayfl tayyorlaymiz, 7ladies.uz

Bananli trayflni tayyorlaymiz

Magnum bilan birgalikda bananli trayfl tayyorlaymiz, 7ladies.uz

Desert uchun idishga (bu bokal yoki stakan bo‘lishi mumkin) biskvit uvog‘ini soling, undan so‘ng ustiga kremni taqsimlang va to‘g‘ralgan banan qatlamini hamda yana biskvit uvog‘ini solib chiqing. Bularning hammasi ustidan shokoladli ganashni quying. Shirinlikni qirg‘ichdan o‘tkazilgan shokolad va rezavorlar bilan bezatish mumkin.

Magnum bilan birgalikda bananli trayfl tayyorlaymiz, 7ladies.uz

Yoqimli ishtaha!

Текст:
Фото: