Ba’zida haqiqiy pazandalik durdonasini yaratish uchun bir nechta sevimli masalliqlarni aralashtirish kifoya. Bananli maffinlar esa oddiy komponentlardan mazali va xushbo‘y ta’mga boy shirinlik olishning ajoyib namunasidir, ular har kungi choyxo‘rlikni kichik bayramga aylantiradi. Oshxonangizda xit bo‘lishi mumkin bo‘lgan ushbu shirin pishiriqni qanday tayyorlashni Magnum gipermarketlar tarmog‘ining bosh texnolog Charos Abdukarimova biladi.
Boshdan oxirigacha
Aytgancha, bosh texnologning oshpazlik kitobiga kirishdan avval, maffinlar Buyuk Britaniyadan O‘zbekistongacha uch asr davomida yo‘l bosib o‘tgan.
“Maffin” so‘zi XI asr boshlaridayoq Tumanli Albion aholisi tilida paydo bo‘lgan, ammo shirin xamirli pishiriqlar tayyorlash ancha keyin – faqat XVIII asrda boshlangan. Tilshunoslar hozircha bu pishiriqning nomi qayerdan kelib chiqqanini aniqlay olmadilar. Bir taxminga ko‘ra, kichik hajmli kekslarning paydo bo‘lishiga “moufle” deb atalgan yumshoq non yopgan fransuzlar hissa qo‘shgan. Boshqa bir farazga ko‘ra esa, bu nom kichik nemis pirojniysi “muffen”dan kelib chiqqan.
Qanday bo‘lmasin, maffinlar inglizlar tufayli keng tarqaldi. Hatto hozir har qadamda kichik porsiyali kekslar sotiladigan Amerikaga ham ingliz Samuel Bat Tomas 1880-yillarda Nyu-Yorkda o‘zining birinchi qahvaxonasini ochganida bu taomni olib kelgan. To‘g‘ri, o‘sha davrning maffinlari zamonaviylaridan sezilarli darajada farq qilgan: bu mayiz yoki rezavor mevalar qo‘shilgan xamirturushli xamirdan tayyorlangan kichik dumaloq bulochkalar edi. Va ularni boshqa ko‘plab an’anaviy britan shirinliklari kabi duxovkada emas, balki tovada pishirishardi.
Inglizcha nonushta
Maffinlar darhol zodagonlar dasturxoniga kirib kelmagan. Avvaliga, bu “kichik nonlar” xizmatkorlar va ishchilar taomi hisoblangan. Biroq, omadli tasodif tufayli maffinlar uy egalaridan birining taomnomasiga tushib qoldi va uni shunchalik hayratga soldiki, ular nonushtaning mashhur qo‘shimchasiga aylandi. Keyinchalik, xususiy uylarda va klublarda choy bilan birga mazali bulochkalar tortila boshlandi, ko‘chalarda esa “maffin odamlar” paydo bo‘ldi. Maffin sotuvchilar shunchalik muvaffaqiyatga erishdiki, ular hatto bolalar she’rlari va qo‘shiqlarining qahramonlariga aylanishdi.
Pishirishning saqlanib qolgan ilk retseptlari XIX asr oshpazlik kitoblarida paydo bo‘lgan. O‘sha paytda bulochkalar hozirgiday shirin bo‘lmagan va ularni tayyorlash uchun xamirturushli xamirdan foydalanilgan. Klassik ingliz varianti hamon Britaniya orollarida mashhur bo‘lib, u yerda pishiriqlar Benedict tuxumi va makmaffinlar kabi nonushtalar uchun asos sifatida ishlatiladi.
Bizga ko‘proq tanish bo‘lgan pishiriq – Amerika variantidir. AQShda maffinlarni keks kabi shirin, turli xil ichliklar va qo‘shimchalar bilan tayyorlashni o‘ylab topishgan.
Hozirgi kunda bu porsiyali shirinliklar butun dunyoda tayyorlanmoqda. Xamir uchun ham bug‘doy, ham makkajo‘xori unidan foydalaniladi. Pishiriqlarga rezavorlar, meva bo‘laklari, shokolad qo‘shiladi, shuningdek, qovoq, sabzi va yong‘oq qo‘shilgan kekslarning turlari ham mavjud.
Charos Abdukarimova retsepti bo‘yicha “Bananli jannat”
Mahsulotlar:
Oliy navli un — 270 g
Tuxum — 2 d.
Qabartma — 10 g
Shakar — 200 g
Tuz — 5 g
Vanilin — 5 g
O‘simlik yog‘i — 40 g
Yogurt — 60 g
Bananlar — 3 d.
Bananli maffinlarni tayyorlaymiz:
Dastlab duxovkani 180 ℃ gacha qizdirib oling. Pishirish qolipchalariga qog‘oz savatchalarini soling va kekslarning kuyib ketmasligi uchun ichki qismiga yog‘ surtib chiqing.
Idishda un, shakar, qabartma va tuzni aralashtiring. Mahsulotlarni bir joyga to‘plang va markazida chuqurcha hosil qiling.
Boshqa idishda tuxumlarni biroz ko‘pirtiring. Bananlarni ezib, hosil bo‘lgan pyureni ko‘pirtirilgan tuxumlarga qo‘shing. Yogurt va o‘simlik yog‘ini quyib, idish ichidagilarni venchik yoki sanchqi bilan yaxshilab aralashtiring.
Bu suyuq aralashmani un uyumidagi chuqurchaga quying va bir xil qorishma hosil bo‘lguncha hammasi yaxshilab aralashtiring.
Tayyorlangan xamirni qolipchalarga taqsimlang, har birini 3/4 qismigacha to‘ldiring. Maffinlarni oldindan qizdirilgan pechga solib, 25 daqiqa davomida pishiring.
Kekslarning tayyorligini tish tozalagich bilan tekshiring. U bilan xamirni teshing: agar u toza qolsa – pishiriq tayyor. Maffinlar to‘liq sovushiga qo‘yib, keyin bemalol dasturxonga torting.
Reklama huquqlari asosida.