Skip to main content

Kuz – tushkunlik va ortiqcha charchoq davri, shuningdek bu vaqtda immunitet ham pasayadi. Sizga salomatligingizga madad beradigan taomni tayyorlashni taklif qilamiz. Mol go‘shtidan tayyorlangan xolodes (ilvira) – vitamin va minerallar konidir. Uning tarkibida A vitamini, В guruhi vitaminlari, shuningdek kaliy, magniy va fosfor mavjud. Bundan tashqari, taom gemoglobinni oshirib, ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi va terini oziqlantirish uchun zarur bo‘lgan kollagen manbai hisoblanadi.

 

Mahsulotlar:

– mol oyoqlari – 2 dona

– laxm mol go‘shti – 1 kg

– sabzi – 1 dona

– piyoz – 2 dona

– sarimsoq boshi – 1 dona

– yirik qora murch

– dumaloq xushbo‘y murch

– tuz

– maydalangan qora murch

– dasturxonga tortish uchun yerqalampir yoki xantal

 

Tayyorlash usuli

  1. Mol oyoqlarini sotib olayotganda ularni kichikroq bo‘laklarga chopib berishlarini so‘rang. Bu bo‘laklarni tayyorlashdan oldin yaxshilab qirib tozalash, suv ostida yuvish va katta qozonga solish kerak.
  2. Tayyor oyoqlarni katta qozonga soling, ustidan besh litr sovuq suv quying va o‘rtacha olov ustiga qo‘ying. Suv qaynab chiqqanidan so‘ng sho‘rvani to‘kib tashlang va yana oyoqlar ustiga suv quying. Suv qaynab chiqqanidan keyin olovni eng past darajaga o‘tkazing. Xolodes shaffof bo‘lishi uchun sho‘rvaning yuzasidagi ko‘pikni olib tashlang.
  3. Ko‘pik yuzaga kelishdan to‘xtaganida qozonga butun tozalangan piyozni, shuningdek qora dumaloq va xushbo‘y murch soling. Sho‘rvani qopqog‘ini yopmagan holda, 4-5 soat davomida juda sekin qaynating. So‘ngra qozonga tozalanmagan sabzini qo‘shing.
  4. Laxm mol go‘shtini bo‘laklab to‘g‘rash, idishga solish va ustidan qaynagan suv quyish zarur. Shu holatda 3-5 daqiqaga qoldiring, so‘ngra suvni to‘kib, oyoqlar qaynayotgan qozonga qo‘shing. Xolodesni yana 3-4 soat qaynatishda davom eting. Zarur bo‘lsa ko‘pikni olib tashlang. Qaynash davomida suv taxminan yarmigacha kamayishi kerak. Qaynatish tugashiga yarim soat qolganida sho‘rvaga tuz qo‘shing.
  5. Mol go‘shtini qozondan oling. Sho‘rvani suzgich orqali boshqa idishga quyib oling. Go‘shtni suyaklaridan ajrating va tolalarga bo‘ling yoki to‘g‘rang. Sarimsoqni maydalang.
  6. To‘g‘ralgan go‘sht va oyoqlarni tindirilgan sho‘rvaga soling va yana bir marta qaynating. So‘ngra xolodesni chuqur likopchalarga quyib chiqing. Pishgan sabzini turli shakllarda kesib, har bir xolodes solingan idishni bezatish mumkin. Xohlasangiz petrushka yoki seldir barglarini qo‘shish mumkin. Idishlarga quyilgan xolodetsni qotishi uchun bir necha soatga sovutgichga qo‘yamiz.
  7. Tayyor taomni kubiklar shaklida kesib chiqamiz va dasturxonga qora non, xantal yoki yerqalampir bilan birga tortamiz. Yoqimli ishtaha!

O‘zbek oshxonasida xolodes gazak hisoblanadi va bu to‘g‘ri yondashuv, chunki taomni ortiqcha yeyish yaxshi fikr emas. Gap shundaki, unda ortiqcha iste’mol qilinganda qondagi xolesterin miqdorini oshirishi mumkin bo‘lgan to‘yingan yog‘lar mavjud.

Текст: