Skip to main content
Yetimxonada o‘sib katta bo‘lgan qiz oldinda uni aql bovar qilmas hashamatlikdan boshqa nimadir kutayotganiga ishongisi kelmasdi. U xohlaganlariga qanday erishish kerakligini tushunib olgan edi va bundan imkoni boricha foydalanar edi. Ammo hayot ixlosli fransuz qiziga birin-ketin yoqimsiz syurprizlar bilan siylardi. Uning ismi Koko Shanel edi va u moda olamining cho‘qqisiga yetib borish yo‘lida barcha to‘siqlarni yengib o‘tdi.

Shanelgacha bo‘lgan Koko

O‘zining so‘nggi kunigacha Koko Shanel, aniqrog‘i esa Gabriel Bonyor Shanel, o‘zining kambag‘allikda o‘tgan bolaligidan uyalar edi. Hech kim u boshdan kechirishiga to‘g‘ri kelgan qiyinchiliklaru dardlar haqidagi haqiqatni bilmasligi uchun hammaga avantyurachi otasi haqida chiroyli hikoyalarni o‘ylab topib yolg‘on gapirardi. Gabriel 1883-yili ko‘p bolali oilada tug‘ilgan. Ota-onasi farzandlarini boqish uchun har qanday ishga rozi bo‘lishar edi. Bunday vaziyatda yorug‘ kelajakni orzu qilish imkonsiz bo‘lsa kerak. Biroq barcha sinovlar hali oldinda ekanligi qizaloqning yetti uxlab, tushiga ham kirmagan.

Buyuk madmuazel Koko Shanel, 7ladies.uz

Onasining o‘limidan so‘ng 11 yoshli Gabriel opasi bilan birgalikda monastir qoshidagi yetimoxonaga tushib qoldi. U yerda qizaloq muhtojliklar, qattiq intizom va bir hildagi ish bilan to‘qnashdi. Yetimxonadan chiqqach, Gabriel, u birinchidan, hech qachon kambag‘al bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligiga, va ikkinchidan, u qanday tikishni yaxshi bilishiga ishonchi komil edi.

U paytlarda ayollar hali ham bellarini korsetlarga tortib bog‘lashni va har bir ovqat soatlari uchun kuniga bir necha marotaba kiyimlarini almashtirishni davom ettirardi. Shanel o‘yin qoidalarini qabul qilgan holda, ularni o‘zgartirishga tayyor edi. Jamiyatda yuksalishning eng oson yo‘li – bironta zodagon bilan oshiq-ma’shuq bo‘lish kerakligini yaxshi tushunardi. Ammo buning uchun unga e’tibor berishlari kerak edi. Gabriel kafe-shantaneda sahnada chiqishni boshladi va “Kokoni kim ko‘rdi?” qo‘shig‘i bilan mehmonlar xotirasida qoldi. Aynan shu paytdan beri uni Koko deb atashni boshlashgan.

Shanelning sahnada o‘ynash bobida yorqin qobiliyatlari yo‘q edi, shuning uchun u o‘zini izlashda davom etardi. Uni ilhomlantirgan inson Artur “Boy” Keypel – uning eng katta muhabbati bo‘ldi. U Gabrielni modistka bo‘lish istagida qo‘llab-quvvatlari va hattoki Parijdagi Kambon ko‘chasida uning ilk ayollar shlyapalari do‘konini ochishga yordam berdi. Boy va Kokoning munosabatlari o‘n yil mobaynida davom etdi. Ularning sevgisi Keypel avtohalokatga uchraganida uzildi. Shanel turmushga chiqmagani va motam tuta olmasligi sababli, kichkina qora ko‘ylak tikish oqibatida, Fransiyaning barcha ayollarini qora rangga kiyintirgan.

Buyuk madmuazel Koko Shanel, 7ladies.uz

«Buyuk muhabbatni ham yashab o‘tish kerak ekan»

Ayollarga erkin nafas olish imkoniyatini bergan inqilobchi

Birinchi jahon urushidan keyin jamiyat ancha o‘zgardi. Ayollarning xizmatchilari, buduarlari va uzun etakli ko‘ylaklari bo‘lgan paytlar o‘tmishda qoldi. Yuksak jamiyatning hamma vakilalari ham o‘ziga xizmatchi olish imkoniyatiga ega emas edi, oddiy ayollar esa oilasini boqish uchun o‘zlari pul ishlab topishni boshladi. Aynan o‘sha paytda Koko Shanel, korsetni tortib bog‘lashga hojat bo‘lmagan oddiy erkin siluetli ko‘ylaklarni yaratishni boshlaydi. Yubkalar uzunligi esa (bu qanday sharmandachilik!) to‘piqgacha ko‘tariladi! Ammo odob haqida o‘ylash vaqti o‘tdi, va Koko birin-ketin moda olamini o‘zgartirib yuborgan yangi g‘oyalarni hayotga tatbiq etadi.

Buyuk madmuazel Koko Shanel, 7ladies.uz

«Ilk taassurotni qoldirish uchun ikkinchi imkoniyatingiz bo‘lmaydi».

 

Kichkina qora ko‘ylak

Biz u haqida aytib o‘tgan edik, lekin batafsilroq to‘xtalib o‘tmasak bo‘lmas. Ushbu jiddiy kokteyl ko‘ylak bugun ham ayol garderobining muhim bir qismi hisoblanadi. U 1926-yilda dunyoga keldi. Vogue tahrirchilari unga o‘sha davrdagi eng mashhur avtomobil markasi sharafiga «Ford» ko‘ylagi deb nom berishdi. Avto brendi erkaklar orasida klassikaga, ko‘ylak esa «nozik did egasi bo‘lmish ayollar uniformasi»ga aylanib qoldi.

 

Jurnalistlar qisman to‘g‘ri bo‘lib chiqdi. Bir tondagi qora rangni kiyib yurish xavfli edi, axir u paytlarda bu rang hashamatlikka oid emas edi, aksincha, viktoriya davriga xos motamni eslatardi. Lekin ehtimol, Koko jamiyatning moda olamidagi inqilobga tayyorligini his etgan va tavakkal qilib ishga kirishgan. Bir kuni, u bilan raqobat qiluvchi kutyure Pol Puare, ko‘ylakning rangida ishora qilib, Shaneldan istehzo bilan so‘ragan: «Madmuazel, siz kimga motam tutyapsiz?» Va shu zahoti o‘zinikidan kam bo‘lmagan javob olgan: «Sizga, hurmatli mesye

Buyuk madmuazel Koko Shanel, 7ladies.uz

Shimlar

Shanel shim kiyib yurishni juda yaxshi ko‘rar edi, ularni shunchaki o‘zining oshiqlaridan olib turardi. Ba’zi bir boshqa ayollarga ham bu kiyim ishlash uchun qulay kiyim sifatida yoqardi. Dizayner aynan mana shunga intilar edi – shimni ayollar garderobining turli hil faolliklar va sport uchun mos mashhur kiyimga aylantirishga. Ular modaga kirib kelishi ancha vaqt oldi: o‘rnashib qolgan qoliplarni bartaraf etish oson emas edi, lekin Koko buni uddaladi.

Buyuk madmuazel Koko Shanel, 7ladies.uz

Тrendga aylangan trikotaj 

XX-asr boshida oddiy trikotaj, yoki boshqacha qilib aytganda, djersini dolzarb va urfdagi matoga aylantirish mumkinligiga hech kim ishonmas edi. Biroq Kokoning barcha narsa borasida o‘z fikri bor edi. Natijada, Parijdagi butikning ochilishi uchun ilk  Chanel kolleksiyasi asosan mana shu matodan tikilgan edi. Tikuvchining doimiy mijozlari kelganlarida, ular odatlangan ipaklar, atlas va gazlamalar o‘rniga, avval pantalonlar tikilgan materialni ko‘rishganida ularning hayrati cheksiz edi! Ammo Koko muvaffaqiyat qozonishiga ishonardi va buning kelajagi borligini bilardi. Mato ortiqcha parvarish talab qilmas edi, oson o‘ralardi va ayollarning yangi turmush tarzi uchun nihoyatda mos kelardi.

2.55 sumkasi

1929-yilda, sumkani qo‘llarida olib yurishdan charchagan Shanel, harbiy kiyimdan ilhomlanib, o‘zining mashhur, ingichka uzun kamarli sumkachasining prototipini yaratgan edi. 

Kechroq Koko dizaynni takomillashtirib, kamarni zanjirga almashtiradi va olamga «2.55» to‘g‘ri to‘rtburchak sumkasini taqdim qiladi. Zamonaviy aksessuar o‘z nomini yaratilish kuni — 1955-yil fevral sharafiga olgan.

Buyuk madmuazel Koko Shanel, 7ladies.uz

Yo‘l-yo‘l ko‘ylak

Britan dengizchilaridan yo‘l-yo‘l ko‘ylaklarni “o‘zlashtirib”, ularni “jamoat mulkiga” aynan Shanel aylantirganini kamdan-kam kishi biladi. U bu kiyimni o‘zining 1917-yildagi dengiz kolleksiyasiga kiritgan va aynan nishonga tekkan. Rangi, bichimi, siluet – yangilik barchaning qalbidan joy olgan. Uni Gollivud va jahon yulduzlari ham kiygan. Siz, ehtimol, yengli yo‘l-yo‘l trikotaj ko‘ylakdagi Brijit Bardo, Odri Xepbyorn, Merilin Monro va Djeyn Birkin fotosuratlarini ko‘rgan bo‘lsangiz kerak.

Buyuk madmuazel Koko Shanel, 7ladies.uz

«Agarda bironta ayol sizni o‘z husni bilan lol qoldirgan bo‘lib, siz u qanday kiyimda bo‘lganini eslay olmasangiz, — demak uning kiyimi mukammal bo‘lgan».

Shaneldan keyingi Koko

E’tirof, mashhurlik, pul qozonib, aloqalar o‘rnatgan Shanel, barchasini yo‘qotish qanday bo‘lishini bildi. U Ikkinchi jahon urushini katta yo‘qotishlar bilan boshdan kechirdi: ateleni yopib, Fransiyani tark etishga majbur bo‘ldi. Unga natsistlar bilan hamkorligini hali juda ko‘p eslatib turishadi. Aytishlaricha, u ularning yordamida Chanel № 5 atirini chiqarishga bo‘lgan to‘liq huquqlarini qaytarib olmoqchi bo‘lgan. Biroq buni baribir uddalay olmagan.

Buyuk madmuazel Koko Shanel, 7ladies.uz

Shanel vatanni tark etdi va 1953-yilgacha Shveysariyada yashadi. Foydali tanishuvlar unga qamoqxona tushmasdan, Parijga qaytishga va o‘zining sevgan ishini yo‘qdan qayta boshlashga yordam berdi. To‘siqlarsiz ham bo‘lmadi albatta. Urushdan keyingi ikkita ilk kolleksiyalar sovuq qabul qilindi, raqobatchilar soni esa yana ko‘paydi. Aytishardiki, “kampirshoh avvalgidek emas edi”. Hammaga yorqin hissiyotlar, yangilik kerak edi, ammo Chanel modalar uyi hali 30-yillar obrazlarini qayta ko‘rib chiqayotgan edi. Faqat uch yildan keyingina ayollar madmuazel Kokodan yana bitta yangi modelga maftun bo‘lishadi va tor yubka hamda jiyak bilan tikib chiqilgan yoqasiz jaketdan tashkil topgan bashang tvid matoli kostyumlarni yoppasiga sotib olishni boshlashadi. Obrazning eng katta muhlislari orasida Odri Xepbyorn va Jaklin Kennedi ham bor. Prezident rafiqasi ushbu libosning fojeaviy voqea oqibatida mashhur bo‘lishiga hissa qo‘shdi, axir Djon Kennedi o‘lgan kunda Jaklin aynan o‘sha pushti Chanel kostyumida edi.

Buyuk madmuazel Koko Shanel, 7ladies.uz

«Yomon kiyining — ko‘ylagingizni eslab qolishadi; benuqson kiyining — ayolni eslab qolishadi».

Koko 1971-yil 10 yanvarda yurak hurujidan, butun dunyoga mashhur Shanel uyining ro‘parasidagi Ritz mehmonxonasining xususiy apartamentlarida vafot etgan. Bu vaqtga kelib, uning moda imperiyasi har yili 160 million dollar daromad olib kelardi, biroq mashhur dizaynerning garderobida atigi uchta kiyimni topishgan. To‘g‘risini aytganda, bu hattoki qirolicha ham havas qiladigan liboslar bo‘lgan edi. Taniqli modelerni shveysariyalik Lozannada, Bua-de-Vo qabristonida dafn etishgan. Moda olamidagi buyuk ayolning yodgorlik toshini beshta sher bezatib turibti: «5» raqami va sher — bu Koko Shanelning ikkita eng sevgan timsollari.

Buyuk madmuazel Koko Shanel, 7ladies.uz

«Ayol kishi uydan – hech bo‘lmasa odobdan, o‘zini tartibga keltirmasdan, qanday chiqishi mumkinligini men tushunmayman. Axir buni hech qachon bilib bo‘lmaydi, balki siz taqdiringizni aynan shu kuni uchratarsiz. Va shu uchrashuv paytida, eng yaxshisi, imkon qadar chiroyli bo‘lish kerak».

Текст: