Skip to main content

O‘zbekistonda kuz – eng to‘ybop mavsum. Yosh juftlik uchun tantanaga birgalikda tayyorgarlik ko‘rish katta ahamiyatga ega, to‘y libosini tanlash esa – bu kelinning qalbidagi orzulari ro‘yobidir. Urfdagi trendlar o‘z individualligingizni ifodalash va betakror obraz yaratishga yordam beradi. Materialimizda ular haqida so‘z boradi. La Sposa premial saloni asoschisi Yulduz Mavlonova bilan to‘y modasi tendensiyalari haqida bilib oldik.

Transformer-ko‘ylaklar

Yechiladigan yubkali liboslar – tantanada turli obrazlarda savlat to‘kib turishni xohlovchi kelinchaklar uchun foydali yechimdir. Transformer-ko‘ylak – tagida “baliq dumi” uslubidagi yubkasi bo‘lgan yechiladigan paxmoq yubka – etagi kengaytirilgan tizzagacha yopishib turuvchi model. Turli variantda bo‘lishi mumkin: ochiq, yopiq, kashtali yoki kashtasiz.

“Ha” deb ayt!»: O‘zbekistonda 2024 to‘y urfining trendlari, 7ladies.uz

“La Sposa to‘y liboslari saloni bir yilda mingdan ortiq kelinchaklarni kiyintiradi. Ko ‘pchilik marosim uchun ikkita libos olishni istaydi – bittasi serhasham va ikkinchisi yengilroq, raqsga tushish uchun. “O‘z” libosini aniqlab olishi uchun, kelin o‘rtacha beshtadan kam bo‘lmagan modellaeni kiyib ko‘radi”. Yulduz Mavlonova.

Kalta shleyf (etak)lar

Dabdabali shleyfli liboslar O‘zbekistonda yangi trend emas, biroq kelinlar o‘z qulayliklari haqida ko‘proq bosh qotira boshlashdi. Shuning uchun ham so‘nggi vaqtlarda uch metrlik shleyflar ikki yarim metrgacha qisqardi yoki umuman yechiladigan serhasham yubkalarga o‘xshab butunlay yechiladigan bo‘ldi.

“Ha” deb ayt!»: O‘zbekistonda 2024 to‘y urfining trendlari, 7ladies.uz

Shantilya to‘rli bezagi

Nafis to‘r yengli va dekolte ko‘ylaklarga talab katta. Naqshlar bir-biridan rasmlari va shaffofligi bilan, ko‘ylaklar esa fasonlari bilan farq qilishi mumkin. Shantilya to‘ridan tikilgan liboslarga talab katta, chunki ular vazminligi va nafisligi bilan ajralib turadi. Haqiqiy malikalar ham aynan shunday liboslarda turmushga chiqishi bejiz emas.

“Ha” deb ayt!»: O‘zbekistonda 2024 to‘y urfining trendlari, 7ladies.uz

Toshlar, marvarid, straz va gullar

O‘zbekistonda qo‘l mehnati trendi aktual. Toshlar, biser, marvarid va Swarovski strazlari tikilgan liboslar hali ham urfda. Sochma naqshlar nafis obrazni qimmatbaho aksentlar bilan to‘ldiradigan atlas modellarida serhasham ko‘rinadi. Shunday bo‘lsa-da 2024-yilning bosh trendi – to‘y liboslarini gul elementlari bilan to‘ldirishdir. Dizaynerlar kelin obraziga o‘zgacha joziba baxsh etuvchi yubkalar, shleyflar, yelka bog‘lari va dekolte zonasini to‘rli applikatsiyalar bilan bezatishmoqda.

Mikado satini

Atlas, shuningdek, mikado satinidan qilingan ko‘ylaklar – yana bir trend. Modellar ochiq yelkali yoki yopinchiqli bo‘ladi hamda qirolichalarnikidek ko‘rinadi. Ipak va paxta tolalarini to‘qishning o‘ziga xos texnikasi tufayli libos shaklini yo‘qotmaydi va har qanday sharoitda ajoyib ko‘rinadi.

“Ha” deb ayt!»: O‘zbekistonda 2024 to‘y urfining trendlari, 7ladies.uz

Pinterest’dagi ko‘ylaklar

“Buyurtmaga” to‘y libosini tiktirish tobora ommalashmoqda. Ko‘p hollarda qizlar Pinterest’da ko‘rgan libosini tanlaydi. Yoqqan modelni to‘y liboslari salonlaridan topishning imkoni bo‘lmagach, kelin uchun maxsus libos tikiladi. Natija xuddi suratdagidek chiqadi, biroq bunday ishga o‘rtacha ikki oy vaqt ketadi, shuning uchun to‘y libosi haqida ertaroq qayg‘urgan ma’qul.

“Ha” deb ayt!»: O‘zbekistonda 2024 to‘y urfining trendlari, 7ladies.uz

“So‘nggi vaqtlarda “to‘yni takror o‘tkazish” ommalashdi, masalan, o‘n yillik turmushdan so‘ng. Kimdir oilaviy tadbir uyushtiradi, kimdir esa shunchaki fotosessiya buyurtma qiladi. Bunday marosimlar uchun ayollar odatda dabdabali libos emas, balki ixchamroq ko‘ylak tanlashadi”. Yulduz Mavlonova.

Ranglar

Jahon podiumlarida kelinchaklarga qizil va hatto qora rangli liboslarni taklif etgan holda, ranglar bilan tajriba olib boriladi, ammo O‘zbekistonda oq klassikadan chetga chiqishmaydi. Birmuncha vaqt oldin poytaxtda pudra tuslari urfdga kirgan edi, biroq hozir faqat “ayvori” rang trendda.

“Ha” deb ayt!»: O‘zbekistonda 2024 to‘y urfining trendlari, 7ladies.uz

Текст:
Фото: