Makeup kitchen
Peach Fuzz pardoz rangi allaqachon moda dizaynerlarining qalbini zabt etishga ulgurdi. U makiyaj sohasida birinchi o‘rinni egallaganligi ajablanarli emas. Pantone ma’lumotlariga ko‘ra, yil rangi birin-ketin trenddagi rang “shaftoli momiqligi” ning yangi mahsulotlarni chiqara boshlash orqali byuti industriyani jonlantirdi. Uni o‘z pardozingizga qo‘shish tuyulgandan ko‘ra osonroqdir: issiq va nozik rang terining har qanday rangiga moslasha oladi. upa-elik, ko‘z tenlari, lab uchun blesk – sinab ko‘ring!
Bu rang kundalik turmush tarzida va tabiiy bo‘yanish uchun juda mos keladi. Tabiiylik, aytmoqchi, modada bo‘lishni davom etmoqda. No-makeup uslubidagi bo‘yanish tabiiy go‘zallikga urg‘u beradi va obrazni og‘irlashtirmaydi. Tabiiylik, shuningdek, hozirda mashhur bo‘lgan “ayozli” yuzni ham o‘z ichiga olishi mumkin: bunda sizga sovuq ranglarga ko‘proq qizartirishlar kerak bo‘ladi, uni yonoqlarga, burunlarga, yonoq suyaklariga, lablarga, ko‘z qovoqlariga va hatto peshonaga bir oz surtish kerak.
Sovuq ob-havo tugagach, siz sovuq ranglarni iliqroq ranglarga o‘zgartirishingiz mumkin, chunki qizg‘ish pushti va marjon ranglari bahor-yoz mavsumining must have ranglaridan biri hisoblanadi. Ularning yordami bilan siz “qo‘g‘irchoq” pardoziga erishishingiz mumkin, asosiysi uni yaxshi bo‘yalishidir. Koreyalik aktrisa Xan So Xi ko‘pincha bu uslubga murojaat qiladi va bu uning oq rangli yuziga jozibali qizarish beradi.
Mashhur byuti-bloggerlarining videolarida bleskni tez tez tez uchrab turishiga qarab , ko‘pchilik uchun sevimli bo‘lgan haylayter trendga qaytishi mumkin. Shuning uchun, biz sizga yaltiroq teksturalarni zaxiralashni maslahat beramiz. Eslatib o‘tamiz, ushbu kosmetika mahsuloti ko‘z qovoqlari, burun uchi, ko‘zlarning ichki burchaklari, ” Kupidon arkasiga” yonoq va hatto bo‘yin suyaklarida ishlatiladi.
Ammo yaltiratish shu bilan tugamadi. O‘tgan yili Tik-Tokda “Sumerki” dagi vampirlar kabi yaltiragan teri trendi tarqaldi, ammo bugungi kunda u podyum yo‘lagigacha chiqdi va suv parisi uslubiga bo‘lgan muhabbat bilan aralashdi. Pardozchi Hiushan Zhang modellarning pastki qovoqlarini toshlar bilan bezatdi, Diesel esa qo‘shimcha effekt uchun ularning yuzlari va yelkalarini marvarid rangida qopladi.
Shuningdek, Nyu-York moda haftaligida Kayli Jenner, Irina Sheyk va Londondagi ko‘rgazmada Molly Goddard kolleksiyasi namoyish etganidek, yorqin lablar yaqin kelajakda moda bo‘lib qoladi. Ammo biz faqat qizil ranglar haqida gapirmayapmiz – ko‘k, binafsha va hatto qora ranglar ham bu yerda juda mos keladi. Burberry va Christian Dior kolleksiyasi bunga yorqin misoldir.
Keling, qoshlar mavzusiga ham e’tibor qaratamiz. Tabiiylik bilan bir qatorda, goh kun tartibidan yo‘qoladigan, goh yana modaga ergashadiganlarning qalbini zabt etadigan ipli qoshlar ham trendga aylandi. Moda ko‘rgazmalarida modellar nozik qoshlarini bo‘yash uchun tabiiy qoshlarini bo‘yab yashirishgan; Mashhurlar tendensiyalarga mos yurish uchun selebritlar qosh tukchalarni yulishgan va terishgan va bloggerlar ham bu modani qo‘llab-quvvatlaydi. Va rangsiz qoshlar hali ham trendda.
“Ko‘z yoshlari” va nam yuqori ko‘z qovog‘ining effekti- bu tendensiya o‘tgan yildan beri muhokama qilinmoqda va u o‘z aktualligini hozirgacha yo‘qotmadi. Umuman olganda, agar sizning tushingiz sentimental tuyg‘ularning shoshqaloqligiga dosh bera olmasa, bo‘yanishingizni buzishdan tashvishlanmang – siz trenddasiz!
Yorqin ranglarni va ahamiyatsiz bo‘lmagan narsalarni sevuvchilar ham sayr qilish uchun joy bor. G‘ayrioddiy bo‘yanish hali ham modada: ko‘zlar yaqinidagi yaltiroq toshlar, gulli kirpiklar, kirpiklar to‘plami, rangli ko‘z strelkalari, rangli tushlar va boshqa tajribalar. Va 2000-yillarning ko‘k tenlari sizning bo‘yanish sumkangizning ajralmas elementiga aylanishi mumkin. Aytgancha, to‘g‘ri chiziqlar chizish unchalik muhim emas. Ko‘zlardagi strelkalar qanchalik ehtiyotsizlik bilan bo‘lsa, shuncha yaxshi bo‘ladi.
Hairstyles and haircuts
Kalta soch turmagi bugungi kunda mashhurlik cho‘qqisida. 1980-yillarda kesilgan piksi so‘nggi yillarda modadan tashqariga chiqmadi. Ushbu soch turmagini moda modellari, yulduzlar va shahar modaistlarida ko‘rish mumkin. Jasur soch turmagi ko‘plab mashhurlar tomonidan sinab ko‘rilgan, masalan, aktrisa Charitra Chandran, model Emili Ratakovski esa soch uzunligini saqlab qolish uchun pariklardan foydalangan.
Uzoq vaqt davomida sochlarini urnab o‘tirishni yoqtirmaydiganlarning omadi keldi. Bo‘lishi kerak bo‘lgan asosiy narsalardan biri sochlar, soch uchun to‘g‘nog‘ichlar, bog‘ichlar yoki xoxlagan soch anjomlari bilan to‘plangan sochlardir. Ilhom uchun siz Schiaparelli brendiga, Pradadan suzuvchilar stilidagi qalpoqlariga yoki Saint Laurent’dan charm balaklavlarga e’tiboringizni qaratishingiz mumkin.
Shuningdek, eski narsalarni ko‘zdan kechirib chiqishni maslahat beramiz, mobodo u yeda 1990-yillardagi bosh tasmalari bo‘lsa: bugun ular yana fashion indusrti olamini zabt etishdi. Bundan tashqari, siz baletkor uslubidagi soch dekoratsiyasiga e’tibor berishingiz kerak: yaltiroq diademalar, bantikli qo‘g‘irchoqlar bosh tasmasi, to‘qilgan shlyapalar, soch turmagiga to‘qilishi mumkin bo‘lgan turli xil lentalar.
O‘rta yoki uzun sochlar egalari o‘rash tendensiyasini yaxshi ko‘radilar: mukammal silliq “ajdarlar” ni o‘rash, ularga lentalar / mato bo‘laklarini to‘qish yoki tartibsiz bog‘lash. Hamma narsani olib yig‘ishtirishning hojati yo‘q – sochlaringizni pastga tushiring, jingalaklaringizni ingichka o‘ralgan holda “bo‘shashtiring”. Soch stilisti Evani Frausto Nyu-Yorke moda haftaligida u qanday ko‘rinishi mumkinligini ko‘rsatdi. Collina Strada, Chloe, Chopova Lowena va boshqa brendlar ushbu texnikani shu zahotiyoq qo‘llab ko‘rishdi.
O‘rashga qo‘shimcha ravishda, taralgan sochlar trendda – bunday soch turmagi ko‘p yillar davomida podiumlar va qizil gilamlarda paydo bo‘ladi. Buning uchun, sochlaringizn batartib qilish uchun gelni to‘plang va sochlaringizni o‘rtasiga bo‘ling yoki erkaklarga xos ko‘rinish uchun yon tomonga yetqizing. Orqa tarafdagi qolgan sochlar bilan nima qilish sizga bog‘liq. Ularni yig‘ing, bittaga to‘plang yoki ularni tasodifan yelkangizda qoldiring. Modada mahkamlash mavzusiga “ho‘l” effektga ega yuzdagi soch boylamlarini ham tegishli bo‘lib, u albatta moda haftaliklarining trendiga aylanadi. Peshonangizga, zulf va hatto yonoqlarga “ehtirosli jingalaklar” qo‘shing.
Manicure… With or without?
Manikyur ham obrazning ajralmas qismidir. Bugungi kunda Osiyoda, ayniqsa Yaponiyada shaffof gel tirnoqlari juda mashhur. Ularda dizaynning yo‘qligi mamnuniyat bilan qabul qilinadi.
Bunday holda, plastinkani misli ko‘rilmagan o‘lchamlarga oshirish kerak emas. Qisqa tirnoqlarni kiyishga ko‘proq odatlanganlar uchun “manikyursiz manikyur” tendensiyasi mos keladi: shaffof lak bilan yoki u siz e’tibor qaratilgan qo‘llar.
Bundan tashqari, baletkor ko‘rinishini minimalist bantlar bilan bo‘lgan obrazni ham foydalanishingiz mumkin. Agar bu sizga mos kelmasa, assimetrik chiziqlar va kichik naqshlarga e’tibor bering. Asosiysi, uni dizayn bilan haddan tashqari oshirmaslik.
Yagona rangli manikyur bizda klassik yechim sifatida qoladi: siz Nyud ranglardan foydalanishingiz mumkin – o‘sha zamonaviy Peach Fuzz, chuqur bordo va kulrang.