Noyabr oyining birinchi haftasida Toshkent O‘zbekistonning boy madaniy merosiga bag‘ishlangan beshinchi moda haftaligi maydonchasiga aylandi. Ha, biz adashmadik — butun Toshkent: axir, Uzbekistan Fashion Weekning har bir namoyishi maxsus manzillarda, jumladan Alisher Navoiy nomidagi katta teatrda, “Turkiston” saroyida, Xalqlar Do‘stligi saroyida bo‘lib o‘tgan. UFW Awards taqdirlash marosimining ajoyib yakunlovchi tadbiri qurilayotgan Piramit Tower osmono‘par binosining 48-qavatida bo‘lib o‘tdi. Mahalliy dizaynerlar mamlakatimizning boy tarixini o‘zlarining kollektsiyalarida mujassamlashtirgan holda taqdim etdilar. Milliy naqshlar, yorqin ranglar va zamonaviy siluetlar — bularning barchasi birgalashib, qadimiy an’analar va innovatsion tendensiyalarni uyg‘unlashtirgan bugungi o‘zbek modasining betakror qiyofasini yaratdi.
Moel Bosh: “Shaftoli rangli gullar saltanati”
Manzil: Xalqlar do‘stligi saroyi
Har bir Moel Bosh kolleksiyasi — bu eksklyuziv matolar va original shakllar orqali ifodalangan anʼanaviy madaniyat va zamonaviy yondashuvning simbiozi hisoblanadi.
Dizayner Zuhra Inatning o‘zi Yevropa talqinida sharqona koloritni yetkazuvchi bosma eskizlarni yaratadi. O‘zbek so‘zana kashtasi kiyimning ko‘plab elementlarini bezatib, har bir tasvirga o‘ziga xoslik va nafosat bag‘ishlaydi.
“Bizning madaniyatimiz, urf-odatlarimiz va an’analarimiz meni ilhomlantiradi. Yevropada yashab, men o‘zbek yerlarining o‘ziga xosligi va noyobligini juda yaxshi his qilaman”, — Zuhra Inat
Subrob Habib: Har bir elementda qat’iy minimalizm va nafislik
Manzil: “Turkiston” san’at saroyi
Dizayner Suhrob Habib UFW ko‘rgazmasida qat’iy minimalizmni yuqori sifatli dizayn yechimlari bilan uyg‘unlashtirgan o‘zining yangi FW 2024–25 kolleksiyasini taqdim etdi. Oddiylik va nafislik kontseptsiyasiga asoslanib, to‘plam zamonaviy turmush tarziga to‘liq mos keladigan unutilmas serhasham va ish odami ko‘rinishlarini taklif etadi.
Kostyumlar choklari benuqson tarzda va aksessuarlar yaxshi o‘ylangan detallarga ega bo‘lib, ularni har qanday vaziyatga moslashtiradi — ish uchrashuvlaridan kechki sayrlargacha.
“Men har doim sayohat qilishdan ilhomlanardim va Italiya o‘ziga xos energiya va ijodkorlik manbayiga aylandi. Maqsadim nafaqat chiroyli, balki funksional liboslarni yaratishdir”, — Suhrob Habib
Salma Couture: Har bir obrazda kuch va nafislik
Manzil: Abror Hidoyatov nomidagi drama teatri
Dizayner Shahzoda G‘ofurova malika Diananing xarakteri va uslubidan ilhomlanib, zamonaviy garderobga o‘ziga xos yondashadi va klassik elementlarni zamonaviy trendlar bilan uyg‘unlashtiradi.
Har bir libosni buyurtma asosida tikishga urgʻu berilgan holda yaratilgan boʻlib, uni ish kunlari va kechki bazmlar uchun ham kiysa bo‘ladi.
“Mening maqsadim — kuchli va mustaqil ayollar uchun ularning ayollik fitrati va ko‘p qirraliligini ta’kidlaydigan obrazlar yaratishdir. Har birimiz o‘ziga xos tarzda yaltirayotgan billurmiz”, — Shahzoda Gafurova
L’Armoire: Ayollik va nafislik simfoniyasi
Manzil: Abror Hidoyatov nomidagi drama teatri
“Maftunkor” nafaqat L’armoire dizayn uyining to‘plami, balki tuyg‘ular va hissiyotlarning chuqur simfoniyasidir. Modellar, mo‘rt gul kabi, nozik chiziqlar va qalin siluetlarni birlashtirib, hatto eng nozik moda bilimdonlarini ham hayratda qoldiradigan ehtirosli liboslarni yaratadi.
Klassik monoxrom ranglar: qora, oq, kulrang va qizil ranglar har qanday hodisaga mos keladigan oqlangan ko‘rinishlarni yaratish uchun asos bo‘ladi.
“Bizning kolleksiyamizdagi har bir model o‘z hayoti bilan yashaydi va unutilmas hikoyani aytib beradi. Biz har qanday ayol taratadigan go‘zallik va kuchni yetkazib berishga intilamiz”, — Zulfizarxon Mahmarajabova
LALI: Balet va she’riyatga madh
Manzil: Alisher Navoiy nomidagi Katta teatr
В эпоху унифицированной моды бренд LALI продолжает делать акцент на эстетике прикладного искусства Центральной Азии.
Изделия LALI традиционно включают узоры тканей адрас и шойи, сотканных на ручных станках в Маргилане по авторским эскизам LALI. Также используются винтажные сюзане, которым подарили вторую жизнь благодаря апсайклингу и бережной реставрации.
“Bugungi kunda buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy nomidagi teatr devorlarida ham klassik, ham zamonaviy balet yashaydi va bu juda ilhomlantiradi”, — Lali Fazilova.
Anor Couture: Kontseptual hashamat
Manzil: Piramit Tower
Anor brendi o‘zbek an’analari va zamonaviy yo‘nalishlarini mohirona o‘zida mujassam etgan. Mahobatli siluetlar, yorqin tusga ega bo‘lgan oq matolar — dizayner Dilnoza Umirzoqova o‘zining yangi kolleksiyasini mana shunday taqdim etdi. Oltin, kumush va qaymoqrangda yaratilgan tasvirlar poklik, yengillik va abadiy go‘zallik ramzidir.
“Mening asosiy maqsadim — O‘zbekistonda modani rivojlantirish, boshqa dizaynerlarga yordam berish”, — Dilnoza Umirzakova
Aslzodalar silsilasi
Moda haftaligi Piramit Tower osmono‘par binosining yuqori qavatida Anor brendi shousi va UFW mukofotlarini topshirish marosimi bilan yakunlandi. Mehmonlar skripka jo‘rligida kutib olindi, panoramali derazalar butun shaharning hayratlanarli manzarasini taqdim etdi. O‘sha oqshom moda sanoatining taniqli vakillari bu yerga yig‘ildi va 12 nominatsiya bo‘yicha UFW Awards haykalchalari taqdim etildi. Faxriy mehmonlar sifatida mashhur xonanda Lola Yo‘ldosheva, ta’sirchan Maryam Tillayeva, aktrisa Xusnora Shodieva va “KOÇ Construction” kompaniyasi rahbari Yusuf Sariqoch ishtirok etishdi. Butun UFW ijtimoiy sahnasi fotograflar Anastasiya Buslova va Ruslan Mardanov tomonidan suratga olingan.
Maryam Tillayeva. Blogger, ayollar huquqlari faoli
Lali Fazilova. Dizayner, Lali brendi asoschisi
Aslykhan Karalar. Turk aktrisasi va modeli
Suhrob Habib. Dizayner, Suhrob Habib brendi asoschisi
Xusnora Shadiyeva. Bloger. qo‘shiqchi va aktrisa
Ozod Xuramov. Bloger, inflyuenser
Doppi Twins. Musiqa dueti
Lola Yo‘ldosheva. Qo‘shiqchi va qo‘shiq muallifi, aktrisa
Zuhra Inat. Dizayner, Moel Bosh brendining asoschisi
Ma’ruf Azimov. Model, dizayner