Skip to main content
Mustaqillik, erkinlik — bu zamonaviy va muvaffaqiyatli ishbilarmon ayolga xos jihat. U, o‘zining “bitmas-tuganmas kundalik majburiyatlarini” bajarishda davom etib, hayotdan to‘liq zavqlanib yashashga qodir. Biz o‘zimiz xohlasakgina mehribon va samimiy ona, turmush o‘rtog‘i, qiz, nabira, kelin, qo‘shni, dugona bo‘lishimiz mumkin! Axir, mustaqil ayol eng asosiy jihat – tanlov erkinligiga ega bo‘ladi, va undan uni faqat o‘zigina mahrum qilishi mumkin.

Mustaqil turmush tarzi, o‘z kasbida realizatsiya bo‘lish, bo‘sh vaqtga ega bo‘lish va sevgan mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish — va bularning barchasini cheklovlar va o‘rnashib qolgan fikrlardan qo‘rqmasdan yashash. “Gap hozir men haqimda ketyaptimi” deb ko‘plar ayta olarmikan?

Mustaqillik, erkinlik — bu zamonaviy va muvaffaqiyatli ishbilarmon ayolga xos jihat. U, o‘zining “bitmas-tuganmas kundalik majburiyatlarini” bajarishda davom etib, hayotdan to‘liq zavqlanib yashashga qodir. Biz o‘zimiz xohlasakgina mehribon va samimiy ona, turmush o‘rtog‘i, qiz, nabira, kelin, qo‘shni, dugona bo‘lishimiz mumkin! Axir, mustaqil ayol eng asosiy jihat – tanlov erkinligiga ega bo‘ladi, va undan uni faqat o‘zigina mahrum qilishi mumkin.

«Bezovtalanish uchun sabablarim ko‘p, ishlarim juda ko‘p, mas’uliyatim ham katta va o‘zimga sarflashga umuman vaqtim yo‘q…» Psixologlar aytishicha, bularning barchasi shunchaki bahona va odatda ular bolalikdagi taqiqlardan va qo‘rquvlardan boshlanadi.

O‘zingizga o‘zingizni sevishga ruxsat bermaysiz hamma muammolarning ildizi ana shunda:

  • Siz o‘z tanangiz haqida o‘ylamaysiz, kam uxlaysiz, ovqatlanasiz, zararli oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilasiz, kasal paytingizda uyda davolanishdan bosh tortib, uni “oyoqlarda o‘tkazasiz”.
  • Sizga tanangiz yoqmaydi, ko‘zguga kamroq karashga harakat qilasiz. Qaragan bo‘lganingizda esa, uning oldida bir soat vaqt o‘tkazasiz. 
  • O‘zingizga g‘amxo‘rlik qilish ko‘nikmalarining yo‘qligi.
  • «O‘zim bir amallab uddalayman». Do‘stingizga yordam berish uchun birinchi navbatda chopadigan — siz! O‘zingiz uchun yordam so‘rashga esa tortinasiz.
  • «Busiz ham kunimni kechiraman». O‘zingizga kelganda, pulni tejaysiz: yaqinlaringizga kerak bo‘lgan hammasini xarid qilasiz, o‘zingizni xursand qilishga esa shoshilmaysiz. 
  • O‘zingizni doim ovoz chiqarib tanqid qilasiz. Va sizga bu negadir yoqmaydi. 
  • «Bundan yaxshiroq ham qila olardim!» Sizni maqtash yoki sizga iltifot qilishga har qanday urinishda siz qo‘lingizni siltaysiz.
  • O‘zingizga ishonch darajangiz nihoyatda past va siz doim atrofdagilarning sizni ma’qullashlariga muhtoj bo‘lasiz.
  • O‘z chegaralaringizni saqlash — bu aslo sizga tegishli bo‘lmagan narsa, shu sababli siz “yo‘q” deya olmaysiz. 
  • Siz qilgan va hali qilmagan ishlarda o‘zingizni aybdor xis qilasiz. Hamma narsada. Va siz doim buni nima bilan asoslantirishni topasiz.

Aytib o‘tilganlardan hech bo‘lmasa birontasi sizga tanish bo‘lsa, unda o‘zingiz bilan shug‘ullanish vaqti keldi, deb bemalol aytish mumkin!

Birinchi navbatda siz – mustaqil ayol o‘zini yaxshi ko‘rishi, xudbinlikka berilmasligini qabul qilishingiz kerak. O‘ziga ishongan holda, u “jamiyatdagi razil ayol” obrazidan ancha uzoqlashgan, sevishni va sevilishni biladi. Shu sababli, unga karera bo‘ylab ko‘tarilib yoki sevganining xissiyotlari bilan o‘ynab, kimgadir nimanidir isbotlashning keragi yo‘q.

Baxtli bo‘lishni xohlayman!, 7ladies.uz

O‘z-o‘zini hurmat qilish — bu siz qilgan ishingizdan, sizga kimdir buni aytganidan emas, balki o‘zingizdan qoniqqanlik tuyg‘usini xis qilishingizdir.

Mustaqil ayol nima xohlayotganini ochiq-oydin gapiradi

  • U keraksiz muloqotdan osonlik bilan voz kechadi. Shunchaki minnatdorchilik bildirib, aslo afsuslanmasdan bu jamiyatni tark etadi. 
  • Unga to‘g‘ri kelmagan narsalarni, hech qanday bahonalar qidirmasdan, hotirjam rad etadi. Va vijdon azobidan qiynalmaydi. 
  • O‘zining ehtiyojlarini qoniqtirmasdan turib, boshqa insonlarning ehtiyojlarini qoniqtira olmasligini yaxshi biladi. Va ular haqida indamay turmaydi. 
  • O‘zining chegaralarini himoya qilishni bilgani uchun u chidamaydi, o‘zini chetga oladi.
  • Organizmning imo-ishoralarini ko‘rmaganga olmasdan, ularni kuzatib boradi: charchagan bo‘lsa, dam oladi; uxlashni xohlayotgan bo‘lsa, uxlaydi.
  • Yaqinlari davrasida o‘ziga zaif, “noto‘g‘ri”, tentak, parishon, beso‘naqay va hokazolar bo‘lishiga ruxsat beradi. Mukammal bo‘la olishini, ammo aslida u qandayligicha bo‘lsa shunday ekanligini biladi. Va bunday qilgani to‘g‘ri.
  • Yo‘l qo‘yilgan xatolardan tajriba oladi, chunki xatolar doimo bor bo‘lishini tan oladi. Va o‘zini xatolari uchun tanqid qilmaydi.
  • Muntazam ravishda o‘zi uchun biron nima qiladi va o‘zini har bir mayda ish uchun maqtaydi.

Baxtli bo‘lishni xohlayman!, 7ladies.uz

Mustaqil bo‘lishga to‘g‘ri intilamiz

Keling, o‘z ehtiyojlarimizni qoniqtirish va o‘zimizga g‘amxo‘rlik qilish nima uchun bunchalik muhimligini ko‘rib chiqamiz. 

Yoga-terapevt sifatida yoga-sinflariga keladigan aksariyat insonlar o‘zlari nima xohlayotganlarini bilishmaydi. Bu keng tarqalgan frustratsiya va parishonlikdan dalolat beradi. Dav’atni uddalay olishmadi va ichki tayanchini yo‘qotishdi. Muammonning ildizi shundaki, biz o‘zimizning asl ehtiyojlarimizni bilmaymiz.  

Ehtiyoj — bu biron nimaning yetishmovchiligi. Ovqat, e’tirof, adrenalin, komfort, muloqot. Psixolog Genri Myurrey ta’kidlaganidek, asl ehtiyojlarimiz tananing emas, ko‘ngilning istaklari bilan bog‘liq. Ko‘plarimiz ayblanishdan qo‘rqamiz, shu sababli bolalikdan boshlab biz doim fikrlarimiz, harakatlarimizning ma’qullanishini kutamiz. Bu azobli ehtiyoj, undan qutilishimiz kerak.

Bolaligimizda olingan psixologik jarohatlar – so‘nggi yillarda mashhurlik qozongan psixosomatika fani (tibbiyot psixologiyasida yo‘nalish) o‘rganadigan mavzu. Muallifi Lizbet Marcher bo‘lgan bodidinamik yondashuv tarafdorlari ta’kidlashicha, ehtiyoj tuzilmasi bir oydan bir yarim yoshgacha bo‘lgan muddat davomida shakllanadi. Va ota-onalarning har qanday bexabarligi inson psixikasi va tana xotirasida chuqur iz qoldiradi.

Bunday bolaning katta yoshdagi hayotida umidsizlik hamrohlik qilishi mumkin. U o‘zining ehtiyojlarini qiyinchilik bilan anglaydi, boshqalarnikini esa a’lo darajada aniqlay oladi. O‘zini qo‘llab-quvvatlashdan to‘xtaydi va buni qanday qilishni ham bilmaydi. «Men har doim o‘zimga kerak bo‘lgan narsaga ega bo‘lmayman», — deb o‘ylaydi u va hattoki so‘ragan taqdirida ham unga kerakli narsaga ega bo‘lishiga ishonmaydi.

Baxtli bo‘lishni xohlayman!, 7ladies.uz

O‘ziga g‘amxo‘rlik qila olmaslik jihati, shuningdek, bolaligida  o‘ziga keragiga ega bo‘lgan, ammo alamini o‘z ichiga yutgan, katta yoshida muloqot qilishning og‘riqli tajribasiga bardosh bera olmaganlarda ham kuzatiladi. O‘z ehtiyojlaridan surunkali qoniqmaslik, g‘azabini tashqariga yo‘naltira olmaslik, uni bo‘sh joyda “bomba portlagunicha” ushlab turish ko‘nikmalari rivojlandi. Bunday inson ko‘p harakat qiladi, ammo hammasi befoyda. U o‘zini biron nimadan mahrum bo‘lgandek xis qiladi – lekin nimadanligini o‘zi tushunmaydi. Unga esa o‘zining “Men”i bilan ko‘proq birlashish zarur.

Ko‘pimiz “ishda yonib, kuyayotgan”, o‘ziga g‘amxo‘rlik qilishdan, hattok shaxsiy gigiyenadan bosh tortib, o‘zidan nafratlanayotgan insonlarni yaxshi bilamiz… Uyqu buzilishi, nevrotik tushkunlik: gipertorniya, neyrodermatit, tireotoksikoz, bronxial astma, oshqozon yarasi kasalligi – tanamiz psixosomatik kasalliklar yordamida imo-ishora beradi. JSST ma’lumotlariga asosan, shifokorlarga murojaat qilayotgan psixosomatik bemorlar 38–42% ni tashkil qiladi. Amaliy psixologlarning fikricha esa, bu raqam ancha kamaytirilgan.

O‘zingizni bunday holatgacha yetkazishni istamasangiz, siz bugunning o‘zida bizning maslahatlarimizdan foydalanishingiz mumkin. Esingizda bo‘lsin, boshlash hech qachon kech emas!

  • O‘z ehtiyojlaringizni boshqalarnikidan farqlashni biling. 
  • Siz hayotingizning u yoki bu sohasida aynan nimani istayotganingizni tan oling.
  • O‘zingizni va hayotingizni, o‘zingizning yoningizda qanday insonlarni ko‘rishni istayotganingizni yozib oling. Yozganingizni har kuni o‘qing va zaruriyat tug‘ilganda to‘ldiring.
  • O‘zingizni kuzatish ko‘nikmalarini rivojlantiring.
  • Kundaligingizga o‘z istagingizga ko‘ra qancha va unga qarshi qancha ish qilganingizni yozib boring. Buni tahlil qiling va xulosa chiqaring. 
  • O‘zingizga mayda-chuyda narsalarga ham quvonishga ruxsat bering. Kichkina xursandchiliklar kayfiyatni ko‘taradi, stressni kamaytiradi va qiyinchiliklarni yengib o‘tishda yordam beradi. 
  • O‘zingizda qiziqishni aniqlab toping. Siz bilan sodir bo‘layotgan barcha narsaga ahamiyat bering. Yoga va art-terapiya bilan shug‘ullanish e’tiboringizni tashqi dunyodan ichki olamingizga yo‘naltirishga yordam beradi. 
  • Kun davomida bo‘sh vaqt ajrating va aynan siz o‘zingiz istagan ish bilan shug‘ullaning.
  • Boshqalarning emas, o‘z ishingiz bilan shug‘ullaning. Shunda dorixonaga vitaminlarga kirish, avtobusda yurish va axlat tashlash sizga faqat zavq keltiradi.
  • Haddan tashqari ko‘p mas’uliyatni o‘z zimmangizga olmang, vaziyatni qo‘yib yuborishni o‘rganing.

Agarda ushba bandlardan hech bo‘lmasa bir nechtasi siz uchun bajarilishi oson bo‘lsa, siz o‘zingizni tez orada mustaqil, o‘z maqsadlarini amalga oshirgan ayol sifatida xis qila olasiz. Faqat o‘zingizni aldamasdan, qat’iy harakat qilishga tayyor bo‘lish sharti bilan. Ana shunda oilangizda ham, ishda ham, sevgan insoningiz bilan munosabatlaringiz ham albatta yaxshi tomonga o‘zgaradi va mutlaqo yangi, yanada chuqur darajaga chiqadi.

Текст: