“Stresslardan qoching” – bu men eshtgan eng be’mani maslahat. Har gal menga shunga o‘xshash gap aytishsa, javoban baqirgim yoki kulgim keladi. Stress har yonimizda, har bir qadamimiz muammoga ro‘baro‘ keltirishi yoki muhim qaror qabul qilishni talab qilishi mumkin.
Muhim uchrashuvga kech qoldingiz – va shu sabab o‘zingizni noqulay his qilmoqdasiz; ishingizdagi vazifani o‘z vaqtida bajara olmadingiz – va endi rahbariyat oldida o‘zingizni oqlashga to‘g‘ri keladi; noutbukingizga qahva to‘kib yubordingiz – va bu go‘yoki fojea bo‘lib tuyuladi. Stresslarsiz yashashning imkoni yo‘q, shu sabali ularni yengishni o‘rganishimiz kerak.
Taomillar – barqarorlikka qadam
Doim foyda beruvchi uslublardan biri – bu taomillar. Biz ketma-ketlikda bajaruvchi harakatlar bizga havotirni yengishimizga yordam beradi. Gap ham irim-sirimlar (omad uchun hovuzga tanga tashlash, 11:11 da tilak qilish, yog‘ochni urib qo‘yish), ham kundalik odatiy harakatlar (nonushtagacha iliq suv ichish, tongi kontrast dush, kechki sayr) haqida bormoqda.
Organizational Behavior and Human Decision Processes, Perceptual and Motor Skills va Journal of Experimental Psychology ilmiy jurnallarida chop etilgan ushbu mavzuga oid tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, taomillar tinchlantiradi, samaradorlikni oshiradi va nazoratni tezda qo‘lga olishga yordam beradi. Masalan, cheklovlar tufayli borish imkoni bo‘lmagan sport zalida mashq qilish o‘rniga, onlayn darslar orqali sport bilan shug‘ullanganlar pandemiyani yengilroq o‘tkazgani isbotlangan. Ular havotirni yengish uchun bit taomilni ikkinchisi bilan almashtirishdi.
Odat va taomillar nima uchun foyda beradi? Chunki ular o‘rganish hosil qilgan. Biz ertaga va hatto besh daqiqadan keyin ham nima bo‘lishi bashorat qila olmaymiz; hayotda juda ko‘p narsalar mavhum, barchasi katta tezlikda o‘zgarmoqda. Bu odamni qo‘rqitadi. Taomillar esa barqarorlik hissini uyg‘otadi, chunki ularni bajarayotib, biz oz bo‘lsa-da, haqiqatlar xaosidan chiqib tura olamiz.
Hotirjamlik va diqqatni jamlay olishga yordam beruvchi qandaydir doimiy harakatlarni bajarasizmi? Agar yo‘q bo‘lsa, unda foydali bir odatni o‘zingizda sinab ko‘rishingiz mumkin. Buning uchun, sizni nima tinchlantirishi va xursand qilishini o‘ylab oling. Qaysidir harakat o‘zingizni yaxshi his qilishingizga undaydimi? Juda yaxshi, u holda buni har kuni bajaring, unutib qoldirmaslikka harakat qiling, va shundan keyingi holatingizni kuzatib boring. Hotirjamlik ko‘paya boshlashi kerak.
Agar sizni nima baxtliroq qilishini bilmasangiz, unda tajriba o‘tkazib ko‘ring: kitob o‘qing, meditatsiya qiling, kundalik yuriting, mumtoz musiqa tinglang. Asosiysi – ushbu mashg‘ulot uchun ma’lum bir vaqt ajrating, misol uchun, bir soat. Va boshqa narsalarga chalg‘imang!
Irim-sirimlar zamonaviy hayotning bir qismi sifatida
Kundalik tashvish odatlari hammaga ma’lum. Unda irim-sirimlar qanday yordam beradi? Aynan shunday.
Irim-sirimlar – bu muammolardan qochish uchun ma’lum bir holatlarda qanday yo‘l tutish kerakligi haqidagi e’tiqod yoki bilimlar. Agar tuz to‘kilib ketsa, uni tezda yig‘ib olish va chap yelka ustidan to‘kib yuborish kerak, bu sevgan inson bilan urishib qolmaslik uchun deb ishoniladi. Yoddan ko‘tarilgan bank kartasi uchun uyga qaytilganda, omadni cho‘chitib yubormaslik uchun ko‘zguga qarash kerak.
Irim-sirimlarning hech qanday ilmiy isbotlari yo‘q, albatta. Ular din, xalq e’tiqodlari va sirli tafakkur va dunyo haqidagi mifologik g‘oyalarga tegishli boshqa e’tiqodlar bilan bog‘liq. Skeptiklarning kundan kunga ko‘payayotganiga qaramay, irim-sirimlar hali hanuz keng tarqalgan. Ularga o‘zimiz ham ishonmasligimiz mumkin, ammo ikkita Aleksandr ismli inson orasida bo‘lib qolgan paytda nega endi niyat qilmasligimiz kerak?
Irim-sirimlar, shuningdek, dunyoda sodir bo‘layotgan voqealarning yoki xatti-harakatlarimizning sabab-oqibat munosabatlarini tushuntirishga yordam beradi. Masalan, mushuk yo‘lingizni kesib o‘tdi – va shuning uchun sumkaning tutqichi uzildi. Yakshanba kuni muhim vazifalarni bajarishni istamaysiz – chunki bu kun ishlash mumkin emas. Agar kun davomida sizni omadsizlik ta’qib qilayotgan bo‘lsa, demak, siz ertalab chap tomoningiz bilan turgansiz.
Irim-sirimlar xavfsizlik illyuziyasini va kelajakka ishonchni yaratishga yordam beradi. Biz ma’lum marosimlarga ishonamiz, chunki ularni o‘tmishimizdagi muvaffaqiyatli yoki yoqimli voqealar bilan bog‘laymiz. Balki siz, qachondir muhim suhbatda sizga omad keltirgan tumorni hanuzgacha taqib yurasiz, yoki siz doim ko‘chaga o‘ng oyog‘ingiz bilan qadam tashlaysiz, chunki bir marta bu sizga noxush holatdan qutulib qolishingizga yordam bergan. Bularning barchasi bizga ishonch beradi.
Irim-sirimlarga ishonuvchi mashhurlar
Mashxur odamlar ham irratsional kuchlarga ishonishadi va omadni qo‘rqitib yubormaslik uchun ma’lum bir bilimlarga ergashishadi. Kemiron Dias har qanday yog‘och buyumlarni ko‘rib qolsa, o‘zini tuta olmasligini, va albatta uni urib qo‘yishini aytib berdi. Ammo shu bilan birga, u o‘z muxlislariga aslo irimchi emasligini ta’kidlaydi. Misol uchun, u yomon ob-havoda samolyotda uchishga qo‘rqmaydi, juma 13-sana u uchun qo‘rqinchli emas, yana u qora mushuklarni ham yaxshi ko‘radi.
Jennifer Eniston hamkasbi kabi samolyotlarda hotirjam ucha olmaydi, shuning uchun doim avval samolyotning tashqi tomoniga urib qo‘yadi va avialayner bortiga o‘ng oyog‘i bilan qadam bosadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu taomil haqida unga bir vaqtlar aytishgan va u buni odatga aylantirgan.
Ekssentrik Peris Xiltonning ham ikki taomili bor. Birinchidan, kimdandir o‘zi istamagan gapni eshtsa, u doim yog‘och buyumga urib qo‘yadi. Ikkinchidan, aktrisa soatlarda 11:11 ko‘rgan zahotiyoq, tilak qiladi. U bu sehrni o‘z muxlislari bilan baham ko‘radi: uning ijtimoiy tarmoqlarida muntazam ravishda xabarlar nashr etiladi, unda u obunachilarni 11:11 da tilak qilishga undaydi.
Sportchilarning g‘ayrioddiy odatlari
Sportchilar boshqalarga nisbatan ko‘proq o‘ziga xos taomillarni o‘ylab topishadi. Bu ularga muhim musobaqalar va yuqori natijalarga erishish oldidan havotirlarni yengishga yordam beradi. Bunday odatlarning ba’zilari haqiqatdan ham noodatiydir.
Tayanib sakrash bo‘yicha rossiyalik Olimpiada chempioni Yelena Isinbayeva 5 metru 5 santimetr balandlikka sakrashidan oldin ko‘rpachaga o‘ralib, nimalarnidir pichirladi. Uning aytishicha, u o‘zini buning ustidan chiqa olishiga ishontirgan. Va natijada u haqiqatdan ham buni uddaladi: Rossiyalik sportchi jahon rekordini o‘rnatdi, yana oxirgi soniyalarda.
Mashxur amerikalik basketbolchi va NBA yulduzi Maykl Jordan ham taomillarning kuchiga ishonadi. Shuning uchun, o‘yinlarda o‘yin shortigi ostidan yana bir moviy rangli shorti kiygan. Ma’lum bo‘lishicha, Jordan kollejdagi o‘qishi vaqtida o‘yinlarda shu shortini kiygan va bu unga omad keltirgan.
“Spartak” futbol klubi darvozaboni Artyom Rebrov har bir o‘yin oldidan … o‘pgan. Yo‘q, sevimli ayolini emas, balki futbol darvozasini. U bundan uyalmagan, va hatto “O‘pichlar kuni” da shtangani o‘pib tushgan suratini chop etgan.
Mixael Shumaxer esa doim poyga mashinasiga chap tomondan o‘tirgan, bortda juft raqamlarga e’tiroz bildirgan va doim poygalarga oilasining surati joylangan medalyonni o‘zi bilan olgan.
Ko‘rib turganingizdek, sportchilar ham, yulduzlar ham taomillarga amal qilishadi. Ilmiy fanlarni o‘zingiz xohlagancha o‘rganishingiz mumkin, ammo hayotimizdagi tasavvuf ilmining ulushi saqlanib qoladi, chunki u mavjudlikning noaniqligi bilan kurashishga yordam beradi. Stressdan qochishning imkoni yo‘q, ammo uning ta’sirini kamaytirish mumkin.
O‘zingizga hech bo‘lmasa ba’zida taomil va odatlarga amal qilishga imkon bering, bu sizga ishonch va shodlik keltiradi. Axir bizning farovonligimiz ko‘pincha o‘z kuchimizga ishonishdan boshlanadi.