Skip to main content

Oldingizda tog‘ cho‘qqilarini zabt etish, gastronomik sayohatga otlanish va hissiy qayta yuklanishni uyushtirish imkoniyati tug‘ilganida, plyajda passiv dam olish ikkinchi o‘ringa tushadi. Lonely Planet professional gidlari tadqiqot o‘tkazishdi va zamonaviy ayollar ta’tilda dam olishi uchun yo‘nalishlarning top-50 taligini tuzib chiqishdi. Biz eng noodatiy, mazmunli va hatto ekstremal manzillarni bir maqolada jamladik. 2024-yildagi ta’tilingiz qanday o‘tishi faqat o‘zingizga bog‘liq.

Yovvoyi Keniya

Gastronomik taassurot olish uchun qo ‘rqmasdan Afrikaga yo‘l olgan ma’qul. Nayrobi (Keniya) an’analar, zamonaviylik va yovvoyi tabiat bir-biriga o‘zaro singib ketgan jahon madaniyati markazi sifatida o‘zini namoyon qiladi. Bunday nomuvofiq uyg‘unlik ularning taomlarida ham o‘z aksini topgan.

YE, IBODAT QIL, BOR. Plyajda dam olish o‘rniga dadil sayohatlar., 7ladies.uz

Strit-fudlarga imkon bering. Mutura – zanjabil, kinza, sarimsoq va piyoz bilan obdon ziravorlangan echki go‘shtidan tatib ko‘ring. Restoranda chili qalampirli kartoshka va limon, piyoz, chili qalampiri va boshqa ziravorlar qo‘shib tayyorlangan banan – matokega buyurtma bering.

Ko‘pni ko‘rgan keniyaliklar an’anaviy taomlar tayyorlash, tevarak-atrofdagi plantatsiyalarda esa choy va qahva ta’tib ko‘rish bo‘yicha mahorat darslarini tashkil qiladilar.

Haqiqiy Hindiston

Sayohatchilarni Hindistonda bundan-da mazaliroq bo‘lgan gastronomik sarguzashtlar kutib turibdi. Ming yillar mobaynida hind oshxonasi jahonga ko‘plab shedevrlarni, xususan, rostakamiga achchiq taomlarni tuhfa etib kelgan.

YE, IBODAT QIL, BOR. Plyajda dam olish o‘rniga dadil sayohatlar., 7ladies.uz

Biryani, yoki mahalliy osh: guruch tanlovga ko‘ra qo‘zi, tovuq yoki baliq go‘shtidan tayyorlanadi. Vegetariancha variantlari ham mavjud. Eritilgan sariyog‘ va 15 xildan ortiq ziravorlar taomgacha o‘zgacha ta’m  beradi. 

Karri nafaqat mashhur ziravor, balki dukkakli mahsulotlar va sabzavotlardan tayyorlanadigan milliy taom hamdir. Yagona retsept mavjud emas. Shunday bo‘lsa-da, buning ajablanadigan joyi yo‘q: arxeologlarning faraz qilishicha, karrining tarixi 4000 yildan ortiq davrga borib taqaladi.

YE, IBODAT QIL, BOR. Plyajda dam olish o‘rniga dadil sayohatlar., 7ladies.uz

Ziravor va giyohlar – hind oshxonasining qalbidir. Hatto an’anaviy ichimlik – chay masala ham kardamon, dolchin, zanjabil va murch bilan qaynatiladi. 

Urf-odatlarga sodiqlik va xilma-xillik hamma narsada namoyon bo‘ladi. Siz Dehlidagi eng qadimiy maskanlardan biri bo‘lmish Chandi Chouk bozorida, yoki ko‘lami bo‘yicha Ginnes rekordlar kitobiga kirgan yangi Akshardxam ibodatxonasida haqiqiy Hindistonni his qilasiz.

Ajabtovur Italiya

Italiya Toskanasida mutlaqo o‘zgacha kayfiyat hukmronlik qiladi. Bu xo‘randalar uchun jannat, qo‘shiqlar to‘qiladigan va filmlar olinadigan xuddi o‘sha dolce vita timsolidir. Toskanaga osoyishtalik, romantik oqshom va fermercha taom hamda ichimliklari uchun  borishadi.

YE, IBODAT QIL, BOR. Plyajda dam olish o‘rniga dadil sayohatlar., 7ladies.uz

Sayohatchilarni Kyanti, Montalchino va Montepulchano vinochi hamda uzumchilari bilan tanishuv kutadi. Bu yerdagi issiq iqlimda sara mevalarning xushbo‘y isi hamda nim tuproq ta’mli vinoni tatib ko‘rishingiz mumkin. 

Mahalliy oshxona bir qarashda zerikarliroq bo‘lib tuyulishi mumkin, biroq xulosa chiqarishga shoshilmang. Oddiy va foydali taomlar – bu mahurat va qadimiy kulinariya retseptlaridir. 

Toskana – turfa xil go‘shtli tansiq taomlar vatani. Asosiy taom sifatida 1,5 kg li florentincha steyk, bug‘u go‘shti, tustovuq va kaptar go‘shtini taklif etishadi. Go‘shtni oq tryufel, barra sabzavot va zaytun moyi bilan birgalikda tortishadi. Qorinni siylash bazmi mahalliy dudlangan go‘shtlar, kolbasa va proshutto bilan davom etadi. 

Odatga ko‘ra, Toskanada pasta va qo‘y sutidan pekorino pishlog‘i tayyorlashadi. Nonga alohida rol ajratilgan. U nafaqat xushbo‘y bruskettalar uchun asos, balki akvakotta sho‘rvasining tarkibiy qismi ham sanaladi. 

Taomlanishdan tanaffus qilgan vaqtingizni Siyena, Florensiya va Toskananing boshqa shaharlari bo‘ylab sayr bilan o‘tkazing. Bular Uyg ‘onish davri arxitektura yodgroliklarining chinakam xazinalaridir.

Sirli Mongoliya

Hissiy qayta yuklanishning amaliy vositasini Mongoliyada topdik. Bepoyon dala-dashtlar, shomonlar va ko‘chmanchilar yurti o‘z “men” ingizni izlash uchun yaratilgandek go‘yo. Sayyohlarga “Tumen Ex” an’anaviy raqs va qo‘shiqlar ansambli bilan mamlakat tarixiga sho‘ng‘ish va Chingizxon bosib o‘tgan yo‘lni otda yuqorilab borishlari tavsiya etiladi.

YE, IBODAT QIL, BOR. Plyajda dam olish o‘rniga dadil sayohatlar., 7ladies.uz

Mongoliya – bu xotirjamlik va tabiat bilan hamohanglik demakdir. Gobining kuydiruvchi qumlari va hadsiz cho‘llari orasida stressga va shoshilinch qarorlarga o‘rin yo‘q.

Ulan-Bator yaqinidagi Gorxi-Terelj milliy bog‘ida kuch to‘planga hamda Aryaabalin-xiyd ibodatxonasida osoyishtalik va uyg‘unlikka erishing. To‘laqonli tarki dunyo qilish uchun esa Xubsugul ko‘liga otlaning va kichik Xanx posyolkasidagi o‘tovda yashang.

YE, IBODAT QIL, BOR. Plyajda dam olish o‘rniga dadil sayohatlar., 7ladies.uz

Bu joylarda odam bor-yo‘qligi sezilmaydi ham – bu yerda tabiat hukmronlik qiladi. Ovullar atrofida buqalar, qo‘y va qo‘chqorlarnig benihoya podasi o‘tlab yuradi va ularni haydash uchun yovvoyi qo‘tos qo‘shilgan aravalardan foydalaniladi. 

Xubsugulga shomonlar bilan tanishish va Arvan-Gurvan-obo ibodatxonasida ruhlarga sig ‘inish uchun tashrif buyuradilar. Rivoyatlarga ko‘ra, u yerda so‘nggi 400 yildan beri muntazam ravishda sirli marosimlar o‘tkazib kelingan.

Tilsimga boy Tailand

Ohangdor ibodat sadolari qo‘ng‘iroq sadolari bilan uyg‘unlashgan Tailand janubida hashamatli bezatilgan masjidlar va sinoatli dargohlar ziyorat qilishga shay turibdi. Pattayyadagi birorta ham mixsiz qurilgan yog‘och ibodatxona eshiklari tashrif uchun ochiq. Hududida tashrif buyuruvchining istaklarini bajo keltirishga shay ikkita haykal o‘rnatilgan.

Pxuket yaqinidagi Maymunlar ibodatxonasida sinoatli narigi dunyoning muhiti hukm suradi. Qoyaga o‘yib ishlangan ibodatxona sharafiga ushbu manzilgoh nomlangan makakalar uchun maskanga aylangan.

YE, IBODAT QIL, BOR. Plyajda dam olish o‘rniga dadil sayohatlar., 7ladies.uz

Tailand janubidagi boy ruhiy hayot tabiat mo‘jizalari bilan chambarchas bog‘lanib ketgan: bu yerda kilometrlarga cho‘zilgan cho‘l plyajlari, an’anaviy baliqchilar qishlog‘i va hayratlanarli va jungle bilan qoplangan milliy bog‘lar yastanib yotadi. 

Qirollik marvaridi bo‘lmish Kxao Sok milliy bog‘i fillarda sayr qilish hamda qoq yuragida qo‘lda yaratilgan Cheo Lan  ko‘li joylashgan junglini zabt etishga taklif qiladi. Suv havzasiga tropik o‘rmonlar ko‘kalamzorligi, sirli g‘orlari va atrofdagi viqorli tog‘lari zeb berib turadi. Mahalliy aholi bog‘da, sivilizatsiyadan yiroqda joylashgan hashamatli palatkali lagerlarda yoki haqiqiy suzuvchi bungalolarda hech bo‘lmaganda bir kun bo‘lsa ham ko ‘proq qolishni tavsiya etadilar.

Klassika ixlosmandlariga xushmanzara Pxuket sohil bo‘yi mos keladi. Soya-salqin patiolari, mayin pushtirang qumlari, jonli tungi hayoti bilan sayohatchilarni o‘ziga jalb qiladi. Sokin, yakka hordiq chiqarish uchun Sichonni tanlashadi. Similan orollari va Pxi-Pxi arxipelagi dayverlarning haqiqiy “Makka”si sanaladi.

Patagoniyaning tog‘li manzaralari

Tog ‘larga yayov safarlar, muzliklar va fiordlar – faol ayollar Patagoniya (Argentina, Chili)ni tanlaydilar. Milliy bog‘lar hududini kengaytiruvchi yangi trassalar va tabiatni tiklash bo‘yicha istiqbolli loyiha bu yerni har qachongidan ham jozibali hududga aylantirmoqda.

YE, IBODAT QIL, BOR. Plyajda dam olish o‘rniga dadil sayohatlar., 7ladies.uz

Eng mashhur trekking (tog‘ bo‘ylab bir necha kunlik piyoda sayr) lar Chili hududidagi Torres-del-Payne va Argentina hududidagi Los-Glasyares bog‘lari bo‘ylab o‘tadi. Haddan tashqari qahraton tog‘ iqlimi fantastik manzaralar oldida sezilmay qoladi. Eng qisqa masofani 3-4 soatda bosib o‘tish mumkin. Yaxshi jismoniy tayyorgarlik bilan 100-150 km lik haftalik safarga qo‘rqmasdan otlanavering. 

Argentinaning bir qismi bo‘lgan tez eruvchan muz qoyalar va Fitzroy tog‘iga albatta tashrif buyurish lozim. Chili Antarktikasi va serko‘l o‘lka alohida tashrif buyurishga arziydi. Mazkur hududlarni suvdan, masalan, paromdan turib tadqiq qilish qulay.

Manzarali Yaponiya

2024-yilning kashfiyoti Xokkaydo (Yaponiya) bo‘la oladi. Mahalliy ma’murlar orolning tub aholisi – aynlar madaniyati hamda ekologik turizmning qayta tiklanishiga e’tibor qaratishgan. Manzarali tog‘li massivlar, vulqonlar, sharsharalar hamda inson qo‘li tegmagan yovvoyi tabiat Xokkaydoni yuqori texnologiyali Tokio yoki Kiotoda safarning bekam-u ko‘st davomiga aylantiradi.

YE, IBODAT QIL, BOR. Plyajda dam olish o‘rniga dadil sayohatlar., 7ladies.uz

“Yerning oxiri” (aynlar tilidan Siretoko milliy bog‘i shunday tarjima qilinadi) ni ko‘zdan kechiring. Biroq ehtiyot bo‘ling va yo‘lboshchidan uzoqlashmang, modomiki bu yerda qo‘riqxona hududida yashovchi asosiy hayvon – qo‘ng‘ir ayiq bor. 

Akan milliy bog‘i sizda unutilmas taassurotlar qoldiradi. Xuddi shu nomdagi ko‘ldan Meakan tog‘i cho‘qqilariga chiqish yo‘llari boshlanadi. 

Sikotsu-Toya parkida joylashgan Yotey tog‘lari vulqoniga ko‘tariling. Bu afsonaviy Fudzi vulqonlarining amaldagi egizagi sanaladi. 

Xokkaydoda har bir sayohatchi o‘z kuchiga qarab marshrut tanlaydi va trekking yoki sayrni yakunlagach, termal buloqlarning issiq suvlarida dam oladi.

Mamlakatlar kokteylidan bahramand bo‘lgach, shahar va rayonlar sayohatlar dengizidan bir tomchi bo‘lib qoladi. Dam olish maskanini tanlashda birinchi navbatda o‘z istaklaringiz va hissiyotlaringizga quloq tutishni, undan keyingina trendlarga ergashishni tavsiya etamiz. Shuningdek, sizga ma’qul kelgan mamlakatdagi odob-axloq qoidalari bilan tanishib chiqish maqsadga muvofiq. Maroqli ta’til hamrohingiz bo‘lsin!

Текст: