Dunyoni velosipedda aylanib chiqish, Jyul Vern qahramonlarining rekordini urish hamda butun sayyorani piyoda yurib o‘tish. Olamni istagan har kim zabt etishi mumkinligini isbotlagan qo‘rqmas ayollarning hikoyalaridan ilhomlanamiz.
1895-yilda amerikalik sayohatchi ayol Enni Kopchovski garov o‘ynab, 15 oyda velosipedda butun dunyoni aylanib chiqdi.
2011-yilda yangi zelandiyalik Laura Dekker 16 yoshida, yolg‘iz o‘zi, “Guppi” yaxtasida dunyo bo‘ylab sayohatga yo‘l oldi. U, dunyo bo‘ylab sayohat kilgan eng yosh dengiz sayyohi deb tan olindi.
1929-yilda, britaniyalik Drammond-Xey, havoda sayyohlik qilish tarixida ilk bor dirijablda dunyo bo‘ylab sayohatni amalga oshirdi.
2010-yilga kelib, ispaniyalik Edurne Pasaban sayyoramizning barcha eng yuqori 14 ta cho‘qqisini zabt etib, buni kislorod balloni yordamida amalga oshirgan ilk alpinist-ayolga aylandi.
1928-yilda britaniyalik yozuvchi Ameliya Erxart, aviatsiya pensioneri bo‘lgan holda, Atlantik ummonni samolyotda uchib o‘tdi.
1889-yilda jurnalist ayol Nelli Blay Jyul Vern yozgan kitobining xayoliy qahramoni Fileas Fogga qarshi chiqib, yer sharini 80 kundan kamroq muddat ichida aylanib o‘tishini va’da qildi. Va u buni uddaladi: dunyo bo‘ylab sayohat (uning davomida u hattoki Jyul Vernning o‘zidan intervyu ham oldi) 72 kun vaqt oldi.
1895-yilga kelib amerikalik alpinist ayol Enni Smit Pek Matterxorn tog‘iga (4478 metr) ko‘tarilib, amerikaliklar orasida rekord o‘rnatdi.
2003-yilda 57 yoshlik britaniyalik Rozi Sueyl-Poup piyoda ravishda dunyo bo‘ylab sayohatni amalga oshirib, bu 5 yil vaqt oldi.
2017-yilga kelib amerikalik Kassandra De Pekol rekord darajasidagi bir yarim yil ichida dunyodagi barcha 196 ta mustaqil davlatga borgan dunyodagi ilk ayolga aylandi.