“Ketdik tezroq, yerni qalin qor qoplapti”, “skipass (toqqa chiqish uchun chipta, abonement) ni oldingizmi?”, “bugeldan ko‘tarila olasanmi?” – yurak urishini tezlashtiradigan tanish iboralarmi? Demak, tog‘-chang‘i kurortini tanlash fursati yetibdi. Agar siz tushunarsiz so‘z birikmalarini o‘qigan bo‘lsangiz-u, biroq faol qishki hordiq sizni o‘ziga chorlayotgan bo‘lsa, buni orzuingizni ro‘yobga chiqarish va bu faslda o‘zingizni chang‘i yoki snoubordda namoyon etishingiz uchun bir belgi deb hisoblang.
Qorli tog‘lar haqida gap ketganda, ko‘pchilik Alp tog‘larining ko‘zni qamashtiruvchi cho‘qqilarini tasavvur qiladi. Darhaqiqat, Shveytsariya, Fransiya, Germaniya va Monako kurortlari butun dunyodan kelgan rayderlar uchun jannatmonand yerdir. Qishki landshaftlar, rivojlangan infratuzilma, Monblanga qaragan jakuzi, panorama manzarali restoranlar, aql bovar qilmas turfa xizmatlarga (va ba’zan xuddi shunday aql bovar qilmas narxlar) ga ega mehmonxonalar. To‘g‘ri, tog‘-chang‘i dunyosi faqat Alp tog‘laridan iborat emas – qishki ertak ona O‘zbekistonda haqiqatga aylanishi mumkin.
Ona vatan kengliklari
Zamonaviy Amirsoy
O‘zbekiston nafaqat o‘zining qadimiy shaharlari, balki noodatiy tog‘lari bilan ham dong taratgan. Rayderlarni G‘arbiy Tyan-Shanning tik yonbag‘irlari va chang‘ida uchish uchun mukammal sanaladigan quruq qor o‘z og‘ushiga chorlaydi. Mamlakatdagi eng yirik tog‘-chang‘i kurorti Amirsoy Toshkentdan atigi 2 soatlik uzoqlikda joylashgan. 900 gektar qor qoplagan hududda ekstrim shinavandalari uchun ham, yosh bolali oilaviy tashrif buyuruvchilar uchun ham ermak topiladi: snoubord, tog‘-chang‘isi, “vatrushka (damlama chana)”, yaxmalakda uchish, qor poyafzalida yurish.
10 daqiqalik osma yo‘l barcha ko‘ngillilarni Amirsoyning eng yuqori cho‘qqisiga olib chiqadi. 2290 metr balandlikda oppoq tog‘ yonbag‘irlarida keng peshayvonli restoran joylashgan. Tashrif buyuruvchilarni, manzarani sevuvchi taom shinavandalarini befarq qoldirmaydigan kulinariya shoulari qarshi oladi.
O‘zbekiston Shveytsariyasi
Chang‘i uchuvchilar Chimyonning qorli kengliklarini o‘rganishni Sovet davrida boshlangan. O‘shandan beri kurort O‘zbek Shveytsariyasi deya nom berilgan. Bugungi kunda tog‘-chang‘i sportiga endi qadam qo‘yganlar tog‘-chang‘i kurortining boshlang‘ich asoslarni o‘zlashtirish uchun uzun va nishab qiyalikni, uchiga chiqqan ekstremal sport ishqibozlari esa “qora” qiyaliklar va yaxshi friraydlarni uchun tanlaydilar.
Chimyon – yo‘ldan tushib, chang‘i sportida o‘zini trassadan tashqarida sinab ko‘rmoqchi bo‘lganlar uchun ajoyib imkoniyatdir. Bu yerda balandlikdagi farq 800-1000 metrdan oshmasa ham, sarguzasht ishtiyoqida xavfsizlik qoidalarini e’tiborsiz qoldirish yaramaydi. Eng maqbul variant – instruktor va qo‘shimcha jihozlar bilan tizmalar bo‘ylab erkin tushishlarni o‘zlashtirish sanaladi.
Olimpiya miqyosida
Tog‘-chang‘i sporti – dunyo bo‘ylab sayohat qilish va yangi cho‘qqilarni zabt etish uchun a’lo taklif. Buning uchun Sochi (Rossiya) bor. Uchta kurort – Roza Xutor, Krasnaya Polyana va Gazprom – umumiy 177 kilometrlik masofaga ega muz uchish zonali klasterga birlashtirilgan. Mazkur trassalar 2014-yilgi Olimpiadaga professional sportchilar uchun, Sochi kurortlarining istiqboldagi turizm rivojini ko‘zlagan holda tayyrolangan.
Krasnaya Polyana serqatnov yo‘l bo‘ylab Adlerdan kelgan sayyohlarni birinchi bo‘lib qarshilaydi. Kurortda bir vaqtning o‘zida o‘n ming kishi istiqomat qilishi mumkin – bu tog‘da qulay dam olish uchun qurilgan butun shaharcha. Sochi mezonlari bo‘yicha trassalar uzunligi “atigi 30 kilometr” bo‘lsa-da, ularning jihozlari o‘zgacha taassurot qoldiradi. Misol uchun, mutaxassislar sun’iy qor yog‘dirish orqali tor yer maydonlarni kengaytirmoqdalar va shu tariqa tik burilishlarni tekislaydilar. Trassalardan biri rayderlarga tezlikni o‘lchash imkonini beruvchi spidometr bilan jihozlangan.
Roza Xutor bazasi Aibga tog‘ tizmasining ikki yon bag‘rida joylashgan. Ehtimol, bu trassalar xilma-xilligi, ularning uzunligi, ko‘targichlarning sifati va hududning yoritilganligi bo‘yicha Rossiyadagi eng yaxshi chang‘i kurorti bo‘lsa kerak. Sakrash va tryuk ishqibozlari uchun ekstrim-park mavjud.
Tog‘dan tushishda oyoqlaringiz holdan toygan bo‘lsa, hordiqni rodelbanda sayr qilish, tyubingda uchish yoki Xaski Xutorga tashrif buyurish bilan almashtirishingiz mumkin.
Gazprom kurorti bir-biridan tubdan farq qiladigan ikkita sektorga bo‘lingan. “Laura” – osuda, bir maromda tushiladigan va chang‘i-biatlon majmuasi uchun mo‘ljallangan joy bo‘lsa, “Alpika” – yuragi otning kallasidek bo‘lgan ekstremal ixlosmandlari uchundir. Bu yerda faqat o‘tish qiyin bo‘lgan trassalar bor va qo‘shimcha ko‘ngilochar mashg‘ulotlar deyarli yo‘q, shuning uchun tog‘ yonbag‘irlari gavjum emas.
Tun sehri
Slovakiyadagi eng yirik tog‘-chang‘i kurorti hisoblanadigan Yasna sayyohlarga ertakdagidek ikki ming metr balandlikda, qor va miltillovchi chiroqlar bilan o‘ralgan tunda chang‘ida uchishni taklif etadi. Xopok tog‘ida frirayd zonali o‘nlab kilometrlik yo‘llar mavjud.
Yasnaning “o‘ziga xosligi”, kech konkida uchishdan tashqari, boy Slovakiya madaniyatida ham o‘z aksini topadi. Kamin yonidagi tushlik bilan bir qatorda xalq qahramonlari haqidagi hikoyalar so‘zlanadi. Ko‘p eshitishga tayyor turing, chunki mahalliy cho‘ponlarning oshxonasi o‘zining mo‘l taomlari va Yevropa uchun nisbatan arzon narxlari bilan mashhur.
Tarixni chuqurroq o‘rganishni istaganlarga qadimgi Vlkolinets qishlog‘iga tashrif buyurishni tavsiya etamiz. Tog‘ manzaralari va XIV asr me’morchiligi sayohatchilarga kurortdan atigi 45 daqiqalik masofa narida quchoq ochib turibdi.
O‘yin-kulgiga moyillik
Borovets tog‘-chang‘i kurorti (Bolgariya) narx va sifat nisbati bo‘yicha eng yaxshisi hisoblanadi, biroq bunga ajablanmasa ham bo‘ladi. Bazaning o‘zi XIX asrning oxirida Bolgariya hukmdorlarining ko‘nglini xushlash maqsadida qurilgan. Dastlabki trassalar deyarli yuz yil oldin shakllana boshlagan. Bugungi kunda bu 60 kilometrlik tarmoq bo‘lib, ko‘pchilik marshrutlar hali tajribasiz va o‘rtamiyona rayderlar uchun mos keladi.
Xorijiy gidlarning taxmin qilishlaricha, bu mavsumda Borovets ayniqsa, erkak ulfatlar orasida ayniqsa mashhur bo‘ladi. Yoshlar Bolgariya tog‘lariga faol dam olish erkaklar o‘tirishi, “maxfiy” klublar va barlarga boradilar. Qizlarning erkaklar o‘tirishiga ziyofatiga aralashishi nojo‘ya qiliq, ammo kelajagi porloq ekstremal sportchi bilan “nogahoniy” tanishuv – bir finjon qahva ustida yoqimli suhbat uchun bahonadir.
Eng yuqori ko‘tarilish
Oldindan rejalashtirishni xush ko‘ruvchilar Avstraliya va Yangi Zelandiyaning tog‘-chang‘i kurortlarini diqqat bilan ko‘rib chiqishlari kerak. Iyun oyining o‘rtalarida, yevropaliklar omborxonaga yig‘ib qo‘yilgan tog‘ chang‘i anjomlariga nadomat bilan ko‘z tashlayotgan bir paytda, Kardrona (Yangi Zelandiya)da qish mavsumi endigina boshlanayotgan bo‘ladi. Nisbatan kichik ko‘tarilib boradigan yo‘l (eng baland nuqtasi 1860 metr) qorga burkangan vodiy va ko‘llarning ajoyib ko‘rinishini namoyon qiladigan sertarmoq yuk ko‘targich tizimi soyasida qolib ketadi.
Ayni yoz pallasida qish haqida orzu qiluvchilarga Perisher-Velli (Avstraliya) mos keladi. Janubiy yarimshardagi eng yirik tog‘-chang‘i bazasiga avgust oyida borish tavsiya etiladi. To‘rtta qo‘shma kurort 1000 gektar trassaga cho‘zilgan.
Tabiatning tabiiy cheklovlariga qaramay, tog‘-chang‘i dunyosi bepoyondir. Barcha oltita qit’ada qorda uchish zonasi muntazam ravishda faol qishki hordiq chiqaruvchi ixlosmandlarni qarshi oladi. Muzda uchish dasturlari hatto Afrikada ham mavjud, ba’zi tadqiqotchilar esa chang‘ida uchish uchun Antraktidaga oylik ekspeditsiyalarni tanlaydilar.
Qishki mavsumga tayyorlanish
Sayohatni rejalashtirayotganda, o‘z istaklaringizni, toqqa qilgan avvalgi sayohatlar taassurotlarini va chang‘i uchish tajribasini e’tiborga oling. Agar bunday tajriba sizda bo‘lmasa-yu, biroq qor bilan qoplangan tog‘ yonbag‘irlarni zabt etishga qat’iy va uzil-kesil qaror qilgan bo‘lsangiz, safar aslaha-anjomlarini tanlashga alohida diqqatingizni qarating. Sizga kerak bo‘lgan hamma narsani saytda ijaraga olish mumkin, asosiysi esda tuting: xavfsizlik va sizning qulayligingiz hammasidan ustun.
Harakatni cheklamaydigan issiq, keng kiyimlaringizni shaylang va albatta himoyadan foydalaning. Shorti, tizzabandlar va shlem sizni jarohatlardan, butun yuz uchun niqob esa terining sovuqda oldirib qo‘yishdan himoyalaydi.
Qiyalikda birinchi martasiga tayyorgarliksiz ortiqcha xatti-harakat sodir etmaslik, balki darhol instruktorga murojaat qilish maqsadga muvofiqdir. Shu tariqa siz vazifangizni yengillashtirasiz va konkida uchish texnikasini o‘zlashtirishda xatolardan qochasiz. Bu qanchalik g‘alati tuyulmasin, qanday qilib to‘g‘ri tushishni o‘rganing! Va eng muhimi – zavqlaning!
Yukning “ko‘z ilg‘amas jihatlari”
Samolyotda chang‘i uchun anjomlar to‘plamini qanday olib ketish lozim:
- Aviakompaniyalarning katta o‘lchamdagi yuklarni tashish bo‘yicha o‘z talablari mavjud, shuning uchun chipta sotib olishdan avval, ma’lum bir yuk tashuvchi transportning saytida qoidalar bilan tanishib chiqing. Zaruriyat tug‘ilganda, parvozdan uch kun oldin jihozlaringiz uchun joy bor yoki yo‘qligini tekshiring.
- Snoubord, chang‘i, poyafzal, tayoqlarni g‘ilofda olib yurish zarur. Qulaylik uchun g‘ildirakli qattiq g‘ilofni tanlashingiz mumkin.
- Aeroportda tog‘-chang‘i jihozlari nogabarit yuklar uchun maxsus peshtaxtalarda topshiriladi.
- Vokzal yoki aeroportdan mehmonxonaga transferni avvaldan rasmiylashtirib qo‘ying, chang‘i jihozlarining mavjudligi va odamlar sonini ko‘rsatishni unutmang. Uchrashuvning aniq joyi va vaqtini kelishib oling.