Instagram ijtimoiy tarmog‘i sun'iy intellekt yordamida "storis"ning fonini yaratish funksiyasini joriy etdi.
Bu safar “shunchaki kulgu uchun” sohasidan bir yangilik. Yanada rang-barang kontent uchun vositani generativ Meta SI rahbari Ahmad Al-Dahle taqdim etdi. Instagram’dan AI Backdrop vositasining ishlash mohiyati, aslida, qolgan barcha SI ilovalari va servislarnikidek — “storis”da tasvir tanlanganidan keyin yoki kontentni yozib olish paytida, vosita yordamida dastlabki fonni tozalaysiz, qo’ymoqchi bo’lgan so’rov bo’yicha matnli fonni kiritasiz va tegishli ravishda unga ega bo‘lasiz.
U, matn va musiqa kabi, ekranning ustki qismida mavjud bo’lgan znachoklar yonida joylashgan va orqasidagi to’g’ri to’rtburchak hoshiyadagi odamcha tasviri bilan ifodalangan. Fondan foydalanish uchun znachokning ustiga bosish kerak, holos – tasvirning butun foni katak-katak bo‘ladi (PhotoShop singari grafik redaktorlaridagiga o‘xshash), shuningdek, “kerakli fonni tasvirlash” gapi yozilgan matnli maydon paydo boyladi. Bu yerda istalgan gapni qo‘shish kerak bo‘ladi — “kuchukchalar orasida” dan boshlab “dinozavrlardan qochib” gacha, va sun’iy intellekt ularni fon rejimida yaratadi.
Insonlar siz haqiqatdan ham shimol yog‘dusi ostida sayr qilyapsiz deb o‘ylashlarini kutmang, chunki sizning hikoyangiz Instagram’dan AI·Backdrop tegi, shuningdek, “Sinab ko‘ring” yozuvli nakleyka va sizning qo’shtirnoqdagi ta’rifingiz bilan belgilangan bo‘ladi, — deb o‘rtoqlashdi taqdimot davomida Meta top-menejeri.
Ayni paytda Instagram’ning zastavkalar yaratish uchun vositasidan faqat AQSh foydalanuvchilari foydalanish imkoniyatiga ega.