Skip to main content

Taqinchoq bir oz vaqt o‘tgach changyutkichning vakuum qopida topildi.

Malayziyadagi biznes egasi politsiyaga uning Parij markazidagi Ritz mehmonxona xonasidan brilliantli uzugining yo‘qolgani haqida xabar bilan murojaat qildi. Bu haqida Le Parisien gazetasi xabar berdi.

Jabrlangan, zargarlik buyumini xonasidagi stol ustida qoldirib, xaridlar qilishga chiqib ketganini ta’kidladi. Qaytganida esa €750 000 qiymatidagi uzugining yo‘qolganini ko‘rib qoldi.

Yaxshiyamki, yakshanba kuni, Ritz mehmonxonasining qo‘riqchilari vakuum changyutkichining qopida chang orasida yotgan uzukni topib olishdi.

«Xavfsizlik xizmatlarining astoydik ishlashi natijasida juma kuni yo‘qolgan uzuk changyutkichining qopida topildi», — deb gapirib berdi mehmonxona vakillari nashriyot jurnalistlariga.