Bundan bir oy avval oliy o‘quv yurti xodimi Zarifa Boymurodova 7LADIES muqovasida chiqishini hattoki tasavvur ham qilmagan edi. Barchasi bir zumda, TBC Bank jamoasi unga “Nima maqsadda pul yig‘yapsiz?” maxsus loyihasida ishtirok etishni taklif qilib, 7LADIES yangi soni muqovasining qahramoniga aylanganida o‘zgardi. Zarifa va bankning yana bir necha omonatchilari o‘zlari haqida gapirib berdilar va ularga pul yig‘ishda nima motivatsiya berishi haqida o‘rtoqlashdilar.
Xo‘sh, ushbu TBC mijozlari va shu bilan bir vaqtda sonimizning qahramonlari kimlar? Ular oddiy odamlar bo‘lib, aksariyatimiz singari o‘z uyi, yaxshi mashinasi va sayohatlar qilishi haqida orzu qiladi hamda o‘z orzularini ro‘yobga chiqarish uchun asta-sekin pul jamg‘aradi.
Zarifa Boymurodova: “Avvaliga men uyga pul jamg‘arganman, endi esa, tez orada yangi mashinaga yig‘ishni boshlayman”
Ish va xobbi. Men ta’lim muassasasida mutaxassis bo‘lib ishlayman. Idoraviy bo‘ysunuvdagi muassasalarning hujjatlarini yig‘aman, umumlashtiraman, tahlil qilaman va ularni yuqori turuvchi idoralarga yuboraman. Kelgusida ilmiy izlanish olib borib, ilmiy daraja olish niyatidaman.
Mening sevimli mashg‘ulotim — kitob o‘qish. Detektiv janrni yaxshi ko‘raman, hozir Nuriddin Ismoilov romanlarining audio versiyasini tinglayapman. Bundan tashqari, men pishiriq pishirishni va farzandlarimni xursand qilishni yaxshi ko‘raman.
Shaxsiy hayot. Men turmush qurganman, ikkita farzandim bor. O‘g‘lim 14 yoshda, u ingliz tilini o‘rganmoqda. Qizim esa to‘qqiz yoshda, u gimnastika va rasm chizish bilan shug‘ullanadi. Farzandlarim kelajakda o‘z sohalarining haqiqiy mutaxassislari bo‘lib yetishishlarini xohlayman.
Pul. Men hech qachon pul jamg‘arishni bilmasdim. Avvaliga bunga ehtiyoj yo‘q edi, keyinchalik esa kam ish haqi tufayli imkoniyat bo‘lmadi. Ikki yil oldin TBC Bankda 8 million so‘mlik birinchi muddatsiz jamg‘arma hisobimni ochganman.
Nima maqsadda pul yig‘yapsiz? Avvaliga yangi uy uchun pul yig‘dim va bu istagim qisman amalga oshdi – uni bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib oldim. To‘lovni to‘liq yopishimga yana ikki-uch to‘lov qoldi, shundan so‘ng yangi mashina uchun pul jamg‘arishni boshlayman. Omonat haqiqatan ham tejamkor bo‘lishga yordam berar ekan.
TBC bankda omonat ochish qaroriga qanday keldim? Bir paytlar kredit olishimga to‘g‘ri keldi va mobil ilovadan deyarli har kuni foydalanardim. Jamg‘arma hisobi haqida shu yerdan bilib oldim. O‘sha paytda boshqa banklarda bunday qulay sharoitlar yo‘q edi.
TBC depozitidagi men uchun eng qulay narsa – bu istalgan vaqtda hisobni to‘ldirish va pul yechib olish imkoniyati. Uch yildan beri TBC Bankning mijozimman. Uni barcha tanishlarimga tavsiya qilaman va sizga quyidagicha maslahat beraman:
“TBC depozitidagi men uchun eng qulay bo‘lgani – bu istalgan vaqtda hisobni to‘ldirish va pul yechib olish imkoniyati”
Sherzod Abdullayev: “Ota-onamga zamonaviy telefon sovg‘a qilishni orzu qilganman va buni uddaladim”
Bandlik. Toshkent shahar G‘aznachilik boshqarmasining bo‘limlaridan birida bosh mutaxassis bo‘lib ishlayman. Ishim juda qiziqarli va men professional bo‘lishni orzu qilaman.
Odatda kechki payt basseynga boraman va haftada ikki marotaba mini-futbol o‘ynayman.
Shaxsiy hayot. Mening oilam katta: ota-onam, ukam va singlim, turmush o‘rtog‘im va o‘g‘lim bor. Dadam tadbirkor, onam esa uy bekasi. O‘g‘lim ikki yoshda. Umid qilamanki, u o‘z vatanini, oilasini sevadigan, haqiqiy inson bo‘lib voyaga yetadi va jamiyatda o‘z o‘rnini topadi.
Pul. Men 2021-yilda TBC mobil ilovasi orqali omonat ochganman, unga har oyda 500 ming so‘mdan pul o‘tkazib turardim. Ota-onamga eng zamonaviy telefon sovg‘a qilishni orzu qilardim va biz akam bilan buni uddaladik. Bolaligimdan pul jamg‘arishga qiziqardim, lekin doimiy daromad manbai bo‘lmagani uchun menda bunday imkoniyat yo‘q edi. Hozir oilam bilan sayohatga chiqishni rejalashtiryapman.
Omonatni nima uchun ochdim? Pulni ishonchli joyda saqlash va daromadni ko‘paytirish uchun. Hozircha barcha ishlar rejadagidek ketmoqda. TBC raqamli bankining yuqori statistik ko‘rsatkichlari, omonatlar bo‘yicha yuqori foiz stavkalari va qulay mobil ilovasi mavjud.
2021-yildan beri pulni onlayn o‘tkazaman. Hatto mening o‘z layfxakim ham bor: oylik maoshimning hammasini omonatga o‘tkazaman va pulni zaruratga qarab qismlab olaman. Shunday qilib, mening jamg‘armalarim miqdori har oy sezilarli darajada o‘sib boradi.
“TBC’da omonatni pul mablag‘larni ishonchli joyda saqlash va daromadni ko‘paytirish uchun ochganman”
Sabina Tashmuhamedova: “O‘g‘lim uchun moliyaviy zaxira yaratishga qaror qildim”
Oila va xobbi. Men ishlamayman, bir yoshdagi bolam bilan dekret ta’tilida o‘tiribman. U bilan suzishga, turli xil rivojlantiruvchi mashg‘ulotlarga boramiz.
Turmush o‘rtog‘im marketing sohasida faoliyat yuritadi, men esa huquqshunoslik yo‘nalishida oliy ma’lumotga egaman. Dekret ta’tiliga chiqqunimga qadar yirik bir kompaniyada ishlab, ta’minotchilar va xorijiy hamkorlar bilan shartnomalar tuzardim. Mening juda katta, mustahkam va inoq oilam bor: onam, otam, buvim, singlim va akam.
Biz doim muloqot qilamiz, hamma yangiliklarni muhokama qilamiz. Biron joylarga borishga harakat qilamiz. Kelajakka rejalarim hali aniq emas, lekin faoliyat sohamni o‘zgartirish niyatidaman. O‘qishni boshlamoqchiman, qaysi sohadaligini hali bilmayman. Dekret ta’tilida bo‘lganim sababli, xobbi tanlashda biroz cheklanganman. Avval juda faol turmush tarzini olib borganman: yugurish, badminton, suzish, toqqa chiqish. Hozirda kitob o‘qish bilan vaqt o‘tkazaman va kitoblarga anchagina pul sarflayman.
Pul. Bolaligimdan beri pul yig‘ishni odat qilganman, bu menga tabiiy tuyulardi. Tug‘ilgan kunimga yoki boshqa bayramlarga berilgan pullarni g‘aladonga solardim, keyin esa katta xarid uchun sarflardim. Ehtimol, eng maqbul usul – bu oylik olgandan so‘ng darhol ma’lum qismini ajratib qo‘yish va imkon bo‘lsa, oy davomida yana qo‘shib borish. Oz-ozdan yaxshigina mablag‘ to‘plasa bo‘ladi. Hozir ham pul yig‘yapman, lekin aniq bir maqsad uchun emas. O‘g‘lim bor va uning kelajagi uchun moliyaviy zaxira yaratishga qaror qildim. Balki u bu pullarni o‘qishga sarflar, balki biznes ochishga ishlatar. Bu shunday daxlsiz bir kapital, uni na men, na erim sarflay olmaymiz. Bu faqat o‘g‘limning puli.
Siz uchun o‘rnak bo‘ladigan insonlar kim? Ota-onam haqida. Bilishimcha, ular butun umrlari davomida ko‘chmas mulk va boshqa yirik xaridlar uchun pul yig‘ib kelishgan. Men ham har doim biror narsa uchun mablag‘ to‘plash odatim bor. Masalan, universitetda o‘qiyotganimda noutbuk kerak bo‘lgan va uni o‘zim pul yig‘ib sotib olganman.
Nima uchun aynan TBC Bank’da omonat ochgansiz? Omonat ochishdan oldin, tabiiy ravishda, barcha imkoniyatlarni sinchiklab o‘rgandim. TBC’da uydan chiqmay turib omonat ochish imkoni bor edi. Hamma narsani onlayn tarzda atigi bir necha daqiqada bajarish mumkin ekan. Menga kartadan omonatga pul avtomatik o‘tkazish xizmati ham ma’qul keldi. U yerda to‘ldirish bo‘yicha cheklovlar yo‘q ekan, lekin maqsadlarga erishish uchun ko‘rsatkich shkalasi mavjud ekan. Ya’ni, menga doimo rejalashtirilgan summaga qancha qolganini eslatib turishadi. Tan olishim kerak, bu meni rag‘batlantiradi.
“TBC’da uydan chiqmay turib omonat ochish imkoni bor edi. Atigi bir necha daqiqada”
Suhrob Musaxonov: “Onam uchun Qizil “Ferrari” va uch qavatli uy sotib olishni xohlayman”
Bandlik. Men metall prokati sohasida hamkorlik savdosi bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlayman. Kelajakda o‘z biznesimni boshlashni va qurilish loyihalari bilan shug‘ullanishni rejalashtirganman. Bo‘sh vaqtimda sport zaliga boraman va kitob o‘qiyman.
Oila. Onamning yagona farzandiman. Bolaligimda unga avtomobil, qizil “Ferrari” sotib olish orzuim bor edi. Ko‘pincha unga sotib olaman deb aytardim, lekin hali bu orzuni amalga oshirolmadim. Xudo xohlasa, kelajakda bunga erishaman.
Pul. Men “Bobildagi eng boy odam” nomli juda ajoyib kitobni o‘qidim. Bu kitob menga haqiqatan ham pul tejashni o‘rgatdi. Unda daromadingizning 10 foizini jamg‘arish kerakligi, ya’ni 10 tanga emas, balki faqat 9 tanga sarflash lozimligi aytiladi. Bu sizning hayotingizda deyarli hech narsani o‘zgartirmaydi, ammo bir yil ichida 12 tanga yig‘ib olasiz. Men bu usuldan foydalanaman, lekin endi oyiga 10% emas, undan ko‘proq mablag‘ ajrataman.
Nima maqsadda pul yig‘yapsiz? Onam uchun Qizil “Ferrari” va uch qavatli uy sotib olish uchun.
Nima uchun aynan TBC? Men 2019-yildan 2023-yilgacha bankda ishlaganman: ikki yil kredit bo‘limida, ikki yil g‘aznachilikda. O‘sha davrda NBU’da omonatim bor edi va o‘shanda boshqa banklardagi shartlarni o‘rganishni boshlagandim. Eng yuqori foiz taklif qilgani uchun TBC’ni tanladim va hozir ham omonatlarimni o‘sha yerda saqlamoqdaman.
“Omonatlar bo‘yicha eng yuqori foiz bo‘lganligi sababli TBC’ni tanladim”
Kamila Kahramonova: “Oilam bilan sayohat qilish va hayotdan zavqlanib yashash uchun pul yig‘yapman”
Ish va xobbi. Men yaqinda universitetni tugatdim va hozircha kelajakdagi kasbim hamda kareramni quradigan joyni tanlamoqdaman. Hozirgi kunda ko‘plab rejalarim bor. Ulardan biri elchixona xodimi bo‘lishdir. Aynan shu sababli Jahon tillari universitetiga o‘qishga kirdim va o‘z oldimga ingliz tilini mukammal o‘rganishni maqsad qilib qo‘ydim.
Mening hobbiyim – turli sohalarda tashkiliy masalalar bilan shug‘ullanish. Bundan tashqari, oshxonada ovqat pishirish va o‘ralashishni juda yoqtiraman. Men buyurtma asosida shokoladga qoplangan qulupnaydan turli “kompozitsiyalar” tayyorlayman va chizkeyklar pishiraman.
Shaxsiy hayot. Oilamizda to‘rt kishimiz: erim, men va ikkita pahlavon o‘g‘lim. Katta o‘g‘limiz tez orada uch yoshga to‘ladi, kichkina o‘g‘limiz esa ikki oylik. Turmush o‘rtog‘im Ichki ishlar vazirligida ishlaydi.
Pul. To‘g‘risini aytganda, ilgari pul jamg‘arishda unchalik muvaffaqiyatli emas edim. Yoshligimda kerakli summaga yetmasdan pulni sarflab yuborar edim. Turmushga chiqqanimdan so‘ng pul yig‘ish haqida jiddiy o‘ylay boshladim, chunki maqsadlarim ham jiddiylashgan edi. Ilgarigidek ko‘ylak, oyoq kiyim yoki sumkacha uchun emas.
Men TBC Bank’ning maxsus ilovasidan foydalanaman. Yaxshiyamki, bu ilovani topib oldim – pul yig‘ish ancha osonlashdi! Nega osonlashdi? Chunki agar pulni uyda saqlasangiz, albatta uni biror narsaga sarflaysiz, kutilmagan xarajatlar paydo bo‘ladi.
Nima maqsadda pul yig‘yapsiz? Butun dunyoni o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rishni, oilam bilan iloji boricha ko‘proq sayohat qilishni va hayotdan zavq olishni juda istayman. Sayohatlar bizni bag‘rikenglik va insoniylikka o‘rgatadi, turli xil qarashlarni hurmat qilish va qabul qilishni o‘rgatadi. Tog‘larga ko‘tarilib, tekisliklarni kesib o‘tib, katta shaharlar hayotini kuzatib, dengiz kengliklaridan zavqlanib, dunyomiz qanchalik ulug‘vor ekanligini anglab yetamiz.
Nima uchun TBC Bank’ni tanladingiz? Turmush o‘rtog‘imning qarindoshlari menga bu bankda omonatlari borligini aytib, tavsiya qilishdi. Men ham sinab ko‘rishga qaror qildim. Boshqa banklardagi shartlarni o‘rganib ham o‘tirmay, darhol TBC bankida omonat ochishga ahd qildim. Juda mamnunman. Faqat…ilgariroq ochmaganimdan afsuslanib qoldim.
“TBC ilovasi bilan pul yig‘ish ancha osonroq. Pulni uyda saqlasangiz, albatta uni biror narsaga sarflab yuborasiz”
Matn: Alyona Kryuchenkova
Foto: Ruslan Mardanov
Pardoz: Каmila Li