Kelgusi oylar barcha burj vakillaridan katta e’tibor va fidoyilikni talab qiladi. Ko‘pchilik yoz tugaganini va ishga qaytish vaqti kelganini juda o‘tkir his etmoqda. Kimnidir ishda yutuqlar kutayotgan bo‘lsa, kimdir o‘z ustida ishlashi kerak bo‘ladi – buni kuzgi davrga mo‘ljallangan barcha burj belgilari uchun tuzilgan munajjimlik bashoratida aytib o‘tamiz.
Qo‘y
Sizning boshqaruvchingiz Mars noyabr oyining boshigacha Tarozi burjida bo‘ladi, bu esa sizni yanada diplomatik qiladi. Kelishuvga tayyorlik ishda yaxshi natijalarga erishishingizga yordam beradi. Sizga xos bo‘lgan qat’iyatlilik va faol harakat qilish istagi kuzning ikkinchi yarmida Marsning Chayon burjiga o‘tishi bilan qaytadi. O‘z kuchingizga ishonch va g‘ayrat ortadi, bu esa hayotingizning barcha jabhalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Buzoq
Sizning boshqaruvchingiz Venera kuzning aksariyat qismini Bug‘doyboshi burjida o‘tkazadi, bu esa moliyaviy va sog‘liq masalalariga e’tibor qaratish imkonini beradi. Shuningdek, Buzoq burjidagi Yupiter sizga ijobiy ta’sir ko‘rsatishda davom etadi. Kuz – ish va moliyaviy ustuvorliklarni qayta ko‘rib chiqish uchun qulay payt hisoblanadi. Yoqimli romantik tanishuv imkoniyati ham mavjud.
Egizaklar
Ushbu kuzda Tarozi va Chayon yulduz turkumlari orqali o‘tayotgan Merkuriy sizning muloqot va tahlil qilish qobiliyatingizni kuchaytiradi. Biroq, noyabr oyining oxirida retrograd harakatga o‘tgach, u rejalarni qayta ko‘rib chiqish va kelishuvlarni bekor qilish shaklida namoyon bo‘ladi. Ana shunda muloqotingiz va munosabatlaringiz sifatiga e’tibor qaratishingiz zarur bo‘ladi. Ehtimol, hal qilinishi lozim bo‘lgan eski masalalarga qaytishga to‘g‘ri keladi.
Qisqichbaqa
Sentyabr va oktyabr oylarida Oy Qisqichbaqalar hayotida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. His-tuyg‘ular, ayniqsa kuz boshida, eng yuqori cho‘qqiga chiqadi. O‘zini nazorat qilish qiyinday tuyulishi mumkin. Bunday paytlarda ichki ovozga quloq tutish va o‘z ichki dunyosiga e’tibor qaratish muhim. Oilaviy masalalar birinchi o‘ringa chiqadi.
Arslon
Arslon burjining hukmdori bo‘lgan Quyosh bu kuz faslida munosabatlar va moliyaviy masalalarga e’tibor qaratadi. Juftingizga ko‘proq vaqt ajrating, birga ko‘proq vaqt o‘tkazishga intiling. Faqat Quyosh Chayon burjiga o‘tganidan keyingina ish yoki biznesda maqsadlarga erishishga urg‘u beriladi. Noyabr oyida o‘zingizda kuch-quvvat oqimini his etasiz va qat’iyatli harakat talab qiladigan ishlarda muvaffaqiyatga erisha olasiz.
Bug‘doyboshi
Oktabr oyining oxirigacha Bug‘doyboshi burjidagi Venera jozibadorligingizni yanada kuchaytiradi va moliyaviy masalalarni hal qilishda yordam beradi. Kuz nafaqat fidokorona mehnat, balki mukofotlar fasliga ham aylanadi. Sog‘lig‘ingizga e’tibor qarating: bunday samarali davrda yaxshi dam olish muhimdir. Bu vaqt moliyaviy rejalashtirish uchun ham qulay hisoblanadi.
Tarozi
Noyabr oyining boshigacha Tarozidagi Mars sizga qat’iyatlilik ato etadi, bu sizning burjingizga har doim ham xos bo‘lmagan xususiyat. Kuz boshlanishi – o‘z ehtiyojlaringiz va rejalaringizga e’tibor qaratishingiz lozim bo‘lgan payt. Faol bo‘ling va muhim qarorlar qabul qilishdan cho‘chimang. Quyosh sentyabr va oktyabr oylarida sizning burjingizdan o‘tayotganda, hayotingizning alohida e’tibor qaratishingiz kerak bo‘lgan sohalarini ajratib ko‘rsatadi.
Chayon
Kuz boshida vaziyat nisbatan osoyishta bo‘ladi. Noyabr oyida Mars sizning burjingizga o‘tib, sizga alohida g‘ayrat bag‘ishlaydi. Shu bilan birga, boshqaruvchingiz Pluton o‘zgarishlar uchun kuch berib, ta’sirini davom ettiradi. Kuzning ikkinchi yarmi sizga kuchli quvvat olib keladi. Bu yangi loyihalarni boshlash va hayotingizda tub o‘zgarishlar qilish uchun qulay payt hisoblanadi.
O‘qotar
Kuz sizning chidamliligingizni sinab ko‘radigan davr bo‘ladi. Ko‘pincha murakkab vaziyatlardan chiqish yo‘lini topishda faqat ijobiy fikrlash yordam beradi. Sizning boshqaruvchi sayyorangiz Yupiter Savr burjida bo‘lib, ish va moliya masalalariga e’tiborni qaratishni davom ettiradi. Bu kelajak haqida o‘ylash uchun qulay payt. Tarozi burjidagi Mars sizni yanada muloqotchan qilib, munosabatlar doirangizni kengaytiradi. Siz kimgadir ustoz bo‘lishingiz yoki qiyin vaziyatda yaqin insoningizga yordam berishingiz mumkin.
Tog‘taka
Baliqdagi Saturn ichki o‘zgarishlar va ma’naviy taraqqiyotga e’tibor qaratadi. Kuz o‘z-o‘zini anglash va o‘z ustida ishlash davri bo‘ladi. Mars Chayon belgisiga o‘tib, noyabr oyida sizga qo‘shimcha motivatsiya beradi. Har qanday to‘siqni yengib o‘tishga imkon beradigan kuchning to‘planishini his qilasiz.
Suvchi
Kuz sizdan moslashuvchanlik va o‘zgarishlarga tayyorlikni talab etadi. Bu davr uzoq muddatli loyiha va rejalar ustida ishlash uchun ham qulay fursatdir. Sizning boshqaruvchi sayyorangiz Uran Buzoq burjida orqaga harakatlanayotgani sababli, qadriyatlarni qayta baholashga va moliyaviy yondashuvingizni o‘zgartirishga undaydi. Dekabrga kelib, siz ushbu uch oy davomida erishgan natijalaringizdan o‘zingiz ham hayratga tushasiz.
Baliq
Kuz ichki ish va o‘zlikni anglash davri bo‘ladi. Ichki ovozingizni tinglang – u sizga to‘g‘ri yo‘lni topishda yordam beradi. Boshqaruvchingiz Neptun burjingizdagi oltinchi sezgini kuchaytiradi va ijodkorlikka ilhomlantiradi. Shuningdek, Baliq burjidagi Saturn sizdan intizom va qiyinchiliklarga bardoshli bo‘lishni talab qiladi. Noyabr oyida moliyaviy maqsadlaringizga erishish imkoniyati tug‘iladi.