Ixtirochilik – bu kuchli jins vakillariga xos bo‘lgan ustunlik sifatida qarash shakllangan. Sizni hayratlantirishga oshiqamiz: erkaklar dunyosida o‘rnashib olgan va o‘sha paytlarda foydalanilgan ko‘pgina qurilmalar ayollar tomonidan ixtiro qilingan. Oynatozalagichlar, doirasimon arra va hatto WiFi ham – ayollar tafakkuri mahsulidir. Sara jamlanmamizda ismlari insoniyat tarixiga kirgan 6 ta ixtirochi ayollar hikoyasi bilan tanishing.
Sara Meter
Suvosti kemalari uchun periskop
1845-yilda amerikalik ayol Sara Meter suvosti teleskopini ixtiro qilgan va uni patentlagan. Mazkur uskuna dengiz, ummon va suvosti kemalari korpusini tadqiq qilish imkonini bergan. 20 yil o‘tib, Sara qurilmani takomillashtirdi va periskop yordamida suvosti kemalarini aniqlash imkoniyati paydo bo‘ldi.
Tabita Bebbit
Doirasimon arra
Doirasimon arra yaratish g‘oyasi 1813-yilda to‘quvchi Tabita Bebbitning xayoliga kelib qoldi. U ikki dastali arra yordamida g‘o‘lani arralash bilan band bo‘lgan erkaklarning zahmatli mehnatiga guvoh bo‘lgan va xayoliga aylanadigan metall disk ko‘rinishidagi asbob yasash fikri kelgan. Bugungi kunda bu amerikalik ayolning ixtirosi yog‘ochsozlik sanoatining tengi yo‘q “ajralmas qismi” hisoblanadi.
El Dolores Djons
Avtomobillar uchun tovush pasaytiruvchi moslama
Avtomobil uchun tovush pasaytiruvchi moslamani kim ixtiro qilganligi haqida turli versiyalar uchraydi. Biroq tarixchilar birinchi akustik filtrni aynan amerikalik 1917-yilda El Dolores Jons yaratganligiga ishonch bildirishadi. Ixtirochi yoshligidanoq turli mexanizmlarga qiziqqan va harakatlanuvchi mashinalarning gurillashiga chiday olmaydigan kishilarning hayotini osonlashtirishni istagan, vaholanki, dastlabki ishlab chiqarilgan avtomobillarda shovqin pasaytirgich moslama bo‘lmagan.
Stefani Kvolek
Zirhli nimcha uchun Kevlar
1964-yilda DuPont kompaniyasi xodimi, kimyogar Stefani Kvolek o‘ta pishiq sintetik material – kevlarni ixtiro qildi. Dastlab, polimer avtomobil shinalarini mustahkamlash uchun ishlab chiqilgan, ammo 1970-yillarda tolalar zirhli nimcha va dubulg‘alarni ishlab chiqarishda qo‘llanila boshlandi.
Мeri Anderson
Zamonaviy avtomobil mutaxassislari amerikalik Meri Anderson 1903-yilda xuddi o‘sha rezina yo‘lakchali kurakni ixtiro qilganiga aslo shubha qilmaydilar. Mazkur qurilma zamonaviy oynatozalagichning ilk prototipi edi. Moslamani haydovchi kabinasidan turib qo‘lda boshqarish mumkin bo‘lgan. Merini bu ixtiroga u bilan sodir bo‘lgan bir hodisa undagan: 1902-yilning qishida Nyu-Yorkda qor yog‘ib turgan mahali trolleybus haydovchisi shamol to‘sadigan oynani qo‘lda tozalab turish uchun ahyon-ahyonda ko‘chada to‘xtab olishga majbur bo‘lgandi.
Xedi Lammar
Torpedalarni masofadan boshqarish
Yevropalik aktrisa Xedvig Yeva Mariya Kisler jamoatchilik tomonidan kuchli tanqidlarga uchragan oshkora film suratga olinganidan so‘ng, Xedi Lamarr taxallusini olgan. Malomatlarga chiday olmagan qiz Gollivudga yo‘l oladi va karyerasini yangi nomda davom ettiradi. Shi bilan bir qatorda Lamarr ixtirochilik faoliyati bilan ham shug‘ullangan. 1942-yilda u torpedalarni masofadan boshqarish tizimini patentladi. Biroq zamondoshlari uni amalga oshirish qiyinligi sabab uning ishlab chiqarilishidan bosh tortishdi. Oradan yarim asr o‘tgach, Xedi Lamarr patenti mobil aloqa va WiFi simsiz tarmog‘ida qo‘llaniladigan texnologiyalar uchun asos vazifasini o‘tadi.