Ayrim fikrlarga qaraganda, ba’zida parhezni foydali tarzda ham buzish mumkin ekan. Siz hayron bo‘lishingiz mumkin, ammo bu haqiqat: tanaffus qilib, biron mazali narsani yeyish – hattoki nutritsiologiya nuqtai nazaridan ham to‘g‘ridir. Bugungi materialimizda mashhurlar tajribasini baholaymiz, to‘g‘ri chitmil sirlarini oshkor etamiz hamda parhezni buzmagan holda, ovqat bilan yuklanish kunida o‘zingizni siylashning 10ta g‘oyasi bilan o‘rtoqlashamiz.
Ikkitalik chizburger, piyoz halqachalari, fri kartoshkasi va kolani tanovvul qilgan holda mukammal qomatni saqlab qolish mumkinmi? Kayli Jenner va Jiji Xadid namunasi shubhalarga o‘rin qoldirmaydi. Yulduzli go‘zallarda “guilty pleasure” (nomunosib lazzatlanish) uchun vaqt kelganida ular burgerxonalarga yo‘l oladilar. Kayli Gollivudda nom qozongan In-N-Out Burger muassasasini afzal ko‘radi, Jiji esa Nyu-Yorkdagi J.G. Melon restoranining burgerlariga maftun bo‘lgan. Uning shiori: “Foydali taom – qomatni asrash uchun, burger – sog‘lom fikrlash uchun”. Gapning lo‘ndasi ham shu! Zero chitmil, bu – birinchi navbatda psixologik jihatdan yengillanish.
Gvinet Peltrou ko‘p yillardan buyon sog‘lom turmush tarzi va fitnes gurusi sifatida nom orttirgan. Shunga qaramay, u sog‘liq faqat foydali ovqatlanish emas, balki “bir oz hayotiylik”ka ham bog‘langaniga ishonadi. 51 yoshli aktrisaning muhabbati – fri kartoshkasi va karbonara pastasi. Peltrou vaqti-vaqti bilan parhezida bir sutkalik tanaffusni yoqadi hamda semli taomlaridan lazzatlanish uchun urfdagi restorlarga tashrif buyuradi.
57 yoshni qarshilagan Sindi Kroufordning tashqi ko‘rinishi va qomatiga faqat havas qilish mumkin. Sobiq supermodel bugun ham uslub sardori va nazokat timsoli bo‘lishda davom etmoqda. Bunda faqat irsiyat sababchi emas – Krouford sog‘lom ovqatlanish va muntazam sport mashg‘ulotlariga amal qiladi. Shunday bo‘lsada, yulduz mutaassiblikka berilmagan va ko‘pincha o‘zini shirinliklar bilan hursand qiladi. Aktrisa PEOPLE nashriga bergan intervyusida o‘z shiorini aytib o‘tgan: “80 foiz vaqt yaxshi bo‘lish, qolgan 20 foizni esa muzqaymoq, shokolad va kokteyllarga bag‘ishlash mumkin”. Sindining hisoblari savollarni yuzaga keltirishi mumkin, ammo u nimani nazarda tutayotganini tushundik.
To‘g‘ri chitmil:
Maslahatlar va tavsiyalar
Yuqoridagi misollardan hattoki yulduzlar ham o‘zining mukammal qomat ortidan quvish vasvasasiga qaramay, vaqti-vaqti bilan kaloriyalarga boy chitmilga yo‘l qo‘yishiga ishonch hosil qildik. Ularning odatlari qanchalik yaxshi va ovqat bilan yuklanish kunini hamma narsani yeyish imkoniyati sifatida qabul qilish mumkinmi? Bu to‘g‘ri emas. Chitmil uchta muhim qoidaga rioya etilishini talab qiladi:
- – Birdan hamma narsaga yopirilish mumkin emasligi aniq: chizburgerga buyurtma berganda uning yoniga fri kartoshkasi, piyoz halqachalari, sutli kokteyl va shtrudel qo‘shmang. Birinchisi bilan cheklaning.– Ovqat bilan yuklanish kunigacha bir sutka oldin mashg‘ulotga boring: shunda kaloriyali taomlarda muammoli joylarda qolish imkoniyati bo‘lmaydi.
– Chitmil uchun butun kunni emas, bitta ovqatlanish vaqtini ajrating. Parhezshunos va nutritsiolog shifokorlar faqat bitta kaloriyali taomni hamda nonushta yoki tushlikda iste’mol qilishni maslahat beradilar.
Ovqat bilan yuklanish kunida ko‘ngil istagan narsani yeyish mumkinligiga qaramay, sust uglevodli taomlar (pasta, pitssa, pishiriq, sendvich), oqsilga boy taomlar (tovuq, sushi va rollar, burgerlar, steyk), foydali shirinliklarni (tvorogli shirinliklar, pishirilgan mevalar va tabiiy muzqaymoq) tanlaganingiz afzal. Bunda, fri kartoshkasi, xot-dog, hayvon yog‘i, sosiskalar va shu kabi yaqqol yog‘li va foydasiz mahsulotlardan voz kechgan ma’qul.
Chitmilni alkogolli ichimlik ichish uchun bahona sifatida qabul qilmang: oxir-oqibat, bu chitdrink emas. Ovqat bilan yuklanish kunini chipslar va gazli ichimliklarga bag‘ishlash ham yaxshi fikr emas. Chitmilning oshqozon bayramidan asosiy farqi – me’yor. Barchamizga ma’lumki, hamma narsa me’yorida bo‘lgani yaxshi.
Foydali chitmilning 10 ta retsepti d
Ayrim ayollar chitmilga qo‘rqmasdan yaqinlashishga tayyor emas va mazali narsalardan voz kecha olmasligidan hadiksiraydi. Boshqalar zararli taomlarni butunlay unutadi va hattoki chitmil foydali bo‘lishini istaydi. Biz parhez kunlariga rang beradigan va tarozidagi raqamlardan tashvishlanishga majbur qilmaydigan sog‘lom chitmilning o‘nta g‘oyasini to‘pladik.
Go‘sht va sabzavotli pitssa
Bir oz tasavvur – va hattoki pitssani foydali qilish mumkin: pepperoni o‘rniga parhezbop kurka yoki tovuq go‘shti, tabiiy yoki glyutensiz g‘alladan ingichka xamir, zaytun moyi hamda ismaloq yoki bryusselcha karam kabi yog‘ erituvchi sabzavotlar kechki taomni italyancha chitmilga aylantiradi.
Pishloqli likopcha
Chit-kunda pishloq, yong‘oq va yangi uzilgan mevalar bilan birga bir juft bokalga ruxsat berish mumkin. Bunday uyg‘unlikda tamaddingiz o‘ta didli, yoqimli va foydali bo‘ladi. Biroq, hattoki past darajali ichimliklarni alkogolsizlariga almashtirishingizni tavsiya qilamiz.
Foydali shokoladli tort
Tanlovingizni past kaloriyali shirinlik tomonga qarating. Siz bilan foydali shokoladli tortning bir nechta hiylasini o‘rtoqlashamiz: oq un o‘rniga glyutensiz undan, shakar o‘rniga asal, shuningdek proteinli kukundan foydalaning. Shunda shirinlik ham mazali, ham quvvatli bo‘ladi, qomatingiz esa unga rahmat aytadi.
Amerikancha nonushta
Amerikacha nonushta qilish, stolni inglizcha tark etish va keyingi kun fransuzchasiga go‘zal ko‘rinishda namoyon bo‘lish – bir qarashda uddalab bo‘lmas topshiriqdek ko‘rinadi. Aslida esa hammasi ancha oson: odatiy go‘sht o‘rniga kurka bekonidan, faqat tabiiy g‘alla unidan pishirilgan bulochkadan foydalaning, tuxumlarni esa kokos moyida qovuring. Tarkibida yog‘ miqdori past bo‘lgan issiq tuxum-moyli gollandez qaylasi amerikacha nonushtaning yengil va mazali “remeykini” mukammal tarzda to‘ldiradi.
Salat barglaridan steyk-burger
Ba’zida steyk-burgerlardan o‘zingni tiyish juda qiyin. Bir juft oddiy usul iste’mol oqibatlarini yaxshigina kamaytirishga yordam beradi: mol go‘shtini tanlashda o‘tloqda katta bo‘lgan mol ekanligiga e’tibor bering (“emda” boqilgan muqobilga nisbatan zaharlar kamroq va omega-3 ko‘proq) hamda burger uchun salat barglarini ayamang; zero ular bulochkalar o‘rnini bosadi – bu kaloriyalar miqdorini kamaytirish imkonini beradi.
Kurka, sabzavotlar va keshyu pishlog‘i bilan to‘ldirilgan pomidorlar
Kurka va pomidorlar – juda mazali va foydali. Pomidorni to‘ldirishda oddiy pishloq o‘rniga keshyu pishlog‘idan foydalaning. Bu kaloriyalarni kamaytirib, taom to‘yimliligini saqlab qoladi. Bonus: kurka iste’moli – uyqu vaqtida samarali ozish usullaridan biri. Hattoki soat 18:00dan keyin ham chitmil uchun ajoyib yechim.
Sushi
Hozirgi sushi-barlarda mavjud rollar soni ko‘pligiga qaramay, “kreativ” variantlardan qochishga harakat qiling: achchiq, pishirilgan hamda mayonez va topping mavjud setlar. Eng to‘g‘ri tanlov – tunets yoki losos va nori suv o‘tlaridan iborat an’anaviy sushi.
Tunets va avokado
Tunets balig‘i bilan to‘ldirilgan avokado sushi o‘rnini bosishi mumkin. Nazokatli uyg‘unlik ajoyib maza berishdan tashqari, yuqori miqdorda foydali oqsil va mikroelementlarga boyligi hisobiga to‘yimlilikni kafolatlaydi. Yana bu oddiy taom juda chiroyli ko‘rinadi va storisdan o‘rin olishi mumkin!
Shokoladli smuzi
Mazali kokteylning retsepti oddiy: yog‘sizlantirilgan sut, shokoladli protein, yer yong‘oq yog‘i, asal va banandan foydalaning. An’anaviy shokoladli smuzining ajoyib o‘rinbosari, shuningdek juda to‘yimli va organizm uchun foydali!
Qizil baliqdan lavashli roll
Nafis rollni uy sharoitida oson tayyorlash mumkin. Salomatlikka zarar yetkazmaslik uchun mayonezni foydaliroq qayla yoki yogurtga, tvorogli pishloqni esa – yog‘sizlantirilgan tvorog bilan alishtiring. Kam tuzlangan yangi qizil baliqni tanlashga harakat qiling. Yirik to‘g‘ralgan ko‘katlar, masalan shivit yoki petrushka qo‘shimcha maza beradi. Bunday taom dengiz mahsulotlari muxlislaridan boshqalarga ham manzur bo‘ladi.
Parhezni qanchalik tez buzish mumkin?
Bu savolga qat’iy belgilangan javob mavjud emas, chunki har kimning organizmi o‘ziga xos va parhez maqsadlari farq qilishi mumkin. Professional sportchilar va bodibilderlar chitmilga ko‘pi bilan bir oyda bir martta yo‘l qo‘yadi. Agar ish jadvalingizda “Olimpiya Xonim” tanlovi yoki Vogue jurnalida suratga tushish yozilmagan bo‘lsa, o‘zingizni bir haftada bir marta hursand qilishingiz mumkin. Bunda bir qoida mavjud: chitmil faqat vazn yo‘qotish sur’atlari sekinlashganida zararsiz bo‘lishi mumkin. Odatda, plato holati parhez boshlanganidan kamida bir oy o‘tgach yuzaga keladi.
Umuman olganda, boshqa hech qanday sirlar va yashirin narsalar yo‘q. O‘z tanangizga quloq tuting, mazali taomdan voz kechmang, shunchaki bu masalaga intizom va tasavvur bilan yondashing. Shunda chitmil mukammal qiyofaga erishish yo‘lidagi perhezingizning me’yoriy qismiga aylanadi.