Skip to main content

Sinxron suzish boyicha xalqaro toifadagi sport ustasi Diana Onkes basseynni haqiqiy ijod maydoniga aylantirdi. U sportning nafosati va fotografiya san’atini uyg‘unlashtirib, noyob va betakror suv osti suratlar turkumini yaratdi. Bu suratlarning har bir jihati – soch turmagidan tortib kiyimigacha — nihoyatda puxta o‘ylab chiqilgan.

Ilhom qa’rida: sport va ijod olamiga sho‘ng‘ish, 7ladies.uz

Diana Onkes

“Men sinxron suzish bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustasi, O‘zbekistonning mutlaq chempioni va jahon chempionati finalchisi bo‘laman. So‘nggi ikki yildan beri professional tarzda suratkashlik bilan shug‘ullanmoqdaman. Suv ostida o‘zimni xuddi uyimdagidek his qilganim uchun, sport hamda ijodkorlikni birlashtirish fikriga keldim va suv osti fotosessiyasini o‘tkazishga qaror qildim”.

Ilhom qa’rida: sport va ijod olamiga sho‘ng‘ish, 7ladies.uz

“Ushbu suratga olishning ikkita g‘oyasi bor — sinxron suzishning nafosatini ko‘rsatish va adras elementlari bilan bezatilgan tasvirlar orqali O‘zbekistonning an’anaviy xususiyatlarini ifodalash”.

Ilhom qa’rida: sport va ijod olamiga sho‘ng‘ish, 7ladies.uz

“Suv ostida suratga olish murakkab jarayon. Hamma narsani hisobga olish lozim: suvga chidamli pardoz, soch turmagi, suvda harakatlanuvchi matolar va fotoapparatning suv o‘tkazmaydigan g‘ilofi. Biz O‘zbekistondagi yagona akvaboksni topdik”

Ilhom qa’rida: sport va ijod olamiga sho‘ng‘ish, 7ladies.uz

“Mening murabbiyim Dinara Ibragimova biz shug‘ullanadigan sport turini boshqa tomondan ham ko‘rsatish g‘oyasini taklif qildi”.

Ilhom qa’rida: sport va ijod olamiga sho‘ng‘ish, 7ladies.uz

“Biz g‘oya, joy va obrazlar ustida uzoq vaqt ishladik va bizni qo‘llab-quvvatlashlariga ishonardik. Ko‘plab mutaxassislar: stilistlar, vizajistlar, texnik qismga mas’ul gafferlar, modellar va boshqalar bizga qo‘shilganidan juda minnatdormiz va bundan chuqur ta’sirlandik. Suratga olish maydonida yigirmaga yaqin kishi ishtirok etdi”

Ilhom qa’rida: sport va ijod olamiga sho‘ng‘ish, 7ladies.uz

“Maxsus tayyorgarliksiz bir vaqtning o‘zida kamerani boshqarish, suv ostidagi holatni nazorat qilish va nafas olishni muvofiqlashtirish nihoyatda qiyin bo‘lishi mumkin. Shu sababli, men muayyan chuqurlikka tushishim kerak bo‘lgani uchun havoning faqat 70 foizidan foydalandim”.

Ilhom qa’rida: sport va ijod olamiga sho‘ng‘ish, 7ladies.uz

Текст:
Фото: