Skip to main content

O‘zbekiston Xanchjouda o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani ko‘rsatib, umumjamoa hisobida beshinchi o‘rinni egalladi. Sportchilarimiz erishgan yutuqlardan quvongan holda, joriy sondagi bosh ruknni Osiyo o‘yinlarida o‘zini eng yaxshi tomondan namoyon etib, mamlakat hisobiga 52ta medalni olib kelgan ayollar terma jamoasiga bag‘ishlaymiz. Maxsus 7LADIES uchun yetti nafar chempion qiz musobaqada olgan taassurotlari hamda kelgusi rejalari haqida so‘zlab berdi.

Sakkizinchi oktabr kuni Xitoyning Xanchjou shahrida mubolag‘asiz uzoq kutilgan sport tadbiri sifatida baholash mumkin bo‘lgan XIX yozgi Osiyo o‘yinlarining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Osiyo o‘yinlarini 2022-yil sentyabrda o‘tkazish rejalashtirilgan edi, ammo COVID-19 bunga yo‘l qo‘ymadi.

Osiyo o‘yinlarining oltin tarkibi, 7ladies.uz

Bu kabi o‘zgarishlar har bir sportchi uchun tayyorgarlik davrining buzilishi va og‘ir kutishni nazarda tutadi; lekin, ikki yarim yil davom etgan koronavirus cheklovlaridan keyin atletlar qachondir yuz berishi mumkin bo‘lgan va amalga oshgan ko‘chirishga ma’nan tayyor bo‘lmagan deya olmaymiz. Ehtimol, aynan shu qo‘shimcha bir yil O‘zbekiston sportchilariga tayyorgarlik sifatini oshirish hamda O‘yinlarga o‘z avjida borish imkonini bergandir: milliy terma jamoa hammani hayratda qoldirib, medallar soni va sifati bo‘yicha tarixdagi eng yaxshi natijani namoyon etdi! Xanchjou-2022 XIX yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan sportchilar hisobida 71 mukofot bo‘lib, ulardan 22tasi – oltin.

Osiyo o‘yinlarining nufuziga ortiq baho berish qiyin masala: 23-sentyabrdan 8-oktyabrgacha Xanchjou va Xitoyning boshqa shaharlarida 45 mamlakatdan kelgan 12 mingdan ziyod sportchi 40ta sport turi va 61ta yo‘nalish bo‘yicha medallar uchun kurash olib bordi. 

O‘zbekiston umumjamoa hisobida 45ta ishtirokchi mamlakat orasida birinchi beshta jamoa qatoridan o‘rin oldi. Undan oldin Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindiston joylashgan. Sportchilarning iqtidorli chiqishlari tufalyi mamlakatimiz mintaqadagi yetakchi terma jamoalardan biri maqomini mustahkamladi.

O‘zbekiston sport tarixining yangi oltin sahifasi yozildi. Toshkent aeroportida terma jamoa go‘yoki milliy qahramonlar kabi kutib olindi. Osiyo o‘yinlari chempionlari va ishtirokchilarini olqishlash marosimida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov, Toshkent shahri hokimi Shavkat Umurzakov, senator Maxmud Toir, xalq artistlari Farrux Zokirov va Ozodbek Nazarbekov, shuningdek sportchilar, terma jamoa a’zolarining qarindoshlari va yaqinlari ishtirok etdi.

Osiyo o‘yinlarining oltin tarkibi, 7ladies.uz

Bosh vazir o‘zining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomidan so‘zlagan nutqida sportchilarni katta yutuqlari bilan tabriklab, ularning yuksak mahorati, qat’iyati va bardoshi, g‘alaba sari intilishi va kuchli irodasini alohida qayd etdi. Davlatimiz rahbari sportchilarning ota-onalari, murabbiylari va ustozlariga alohida minnatdorlik bildirdi. 

“Shaxsan o‘zim va butun xalqimiz nomidan mamlakatiga sodiq yuksak salohiyat va qat’iy irodaga ega bo‘lgan sizdek yoshlarni tarbiyalab o‘stirgan ota-onangizga, shuningdek sizlar bilan yelkama-elka turib, yuqori marralar erishilishiga munosib hissasini qo‘shgan fidoyi murabbiylar va ustozlaringizga samimiy minnatdorlik bildiraman”, – deyiladi tabrik maktubida.

Osiyo o‘yinlarining oltin tarkibi, 7ladies.uz

Bosh qahramonlar

Umumjamoa hisobiga sezilarli hissa ayollar terma jamoasi tomonidan qo‘shildi: sportchilarimiz hisobida 52ta medal bo‘lib, ulardan 15tasi oltin, 14tasi kumush va 23tasi bronza. Oltin medal sohibalari quyidagilar:

Osiyo o‘yinlarining oltin tarkibi, 7ladies.uz

 

Eng yaxshi natija

Samarqandlik 19 yoshli gimnastikachi Taxmina Ikromova oliy darajadagi ikkita sovrinni qo‘lga kiritib, oltin medallar soni bo‘yicha ayollar jamoasining yetakchisiga aylandi. Birinchi oltinni u jamoaviy ko‘pkurashda, ikkinchisini esa – shaxsiy hisobda yutib oldi.

Joriy yil sportchi uchun ajoyib kechmoqda: Osiyo o‘yinlarigacha u Maniladagi dunyo chempionatida oltita mashqdan beshtasida g‘olib bo‘ldi, avgust oyida esa Parijdagi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Taxmina Ikromova

Gimnatiskachi, XIX Osiyo o‘yinlarining ikki karra chempioni:

Osiyo o‘yinlarining oltin tarkibi, 7ladies.uz

“Birinchi oltin medalni biz badiiy gimnatiska bo‘yicha jamoada qo‘lga kiritdik. Men va yana ikkita qiz birga chiqqandik. Mening shaxsiy musobaqadagi oltin medalim – xotiramda mangu qoladigan hodisa! Uni olish qiyin kechdi: biz ikki davomida to‘rttadan mashq bajarib ishtirok etdik.

Onam qattiq hayajonlanganidan musobaqalarni tomosha qilolmadi. Biz g‘alaba qozonganimizda ko‘plab odamlar bizga yozishdi, hamma juda hursand edi va meni tabriklashardi.

Kelgusidagi rejalarim qanday? Parijdagi Olimpiya o‘yinlari!”

Ikromova bilan birga jamoaviy ko‘pkurashda O‘zbekiston uchun oltin medallarni Vilana Savadyan va Evelina Atalyans birgalikda olib keldi. Sportchilar saralash (shaxsiy) va yakuniy (jamoaviy) dasturlarda muvaffaqiyatli chiqib, Qozog‘iston va Xitoy vakillarini ortda qoldirdi.

Evelina Atalyants

Gimnatiskachi, XIX Osiyo o‘yinlarining chempioni:

Osiyo o‘yinlarining oltin tarkibi, 7ladies.uz

“Bu mening birinchi Osiyo o‘yinlarim. Hammasi yuksak darajada o‘tdi, ko‘plab yangi taassurotlar qoldi! Shoxsupa tepasida turib, mamlakating bayrog‘i ko‘tarilayotganini ko‘rish juda yoqimli. Hammaga ko‘mak va tabriklar uchun minnatdorlik bildiraman!”

Osiyo o‘yinlarining oltin tarkibi, 7ladies.uz

Oksana Chusovitina to‘qqizinchi olimpiadasiga yo‘l olgan

Osiyo o‘yinlarida Oksana Chusovitinaning chiqishini ham alohida aytib o‘tish zarur. O‘zbekiston sport gimnastikasi afsonasi bu safar medalni qo‘lga kirita olmadi: u tayanchli sakrashda to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

Chusovitina natijaga falsafiy munosabat bildirib, o‘tgan turnir kutilgan natijani bermagan bo‘lsada, o‘ziga ishonchi ortishiga sabab bo‘lganini ta’kidladi. Avvalgidek kuch va intiyoqqa to‘la sportchi Parijdagi Olimpiya o‘yinlariga saralashdan o‘tishga qat’iy qaror qilganini muxbirlarga oshkor etdi. Agar u malaka saralashidan o‘ta olsa, bu Oksananing faoliyatidagi to‘qqizinchi O‘yin (!) bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, Chusovitina Olimpiya o‘yinlarida chiqishlar soni bo‘yicha mutlaq jahon rekordchisi hisoblanadi, Rio-2016 o‘yinlaridan keyin uning ismi Ginness rekordlar kitobiga kiritilgan.

Osiyo o‘yinlarining oltin tarkibi, 7ladies.uz

Haqiqiy shov-shuv

Osiyo o‘yinlarining oltin tarkibi, 7ladies.uz

Shamshirlarda qilichbozlik bo‘yicha jamoaviy turnir O‘zbekiston ayollar terma jamoasi uchun ajoyib g‘alaba bilan yakunlandi. Sportchilarimiz Zaynab Dayibekova, Guliston Pardibayeva, Fernanda Errera va Paola Pliyego qat’iy ishonch bilan finalgacha borib, u yerda omadsiz boshlangan va irodali yakunlangan jangda yaponiyalik raqiblarini yengishga muvaffaq bo‘ldi. Aksariyat sport muxbirlari bu hodisani hayratomuz hamda o‘tgan O‘yinlarda eng yodda qoluvchi voqealardan biri sifatida e’tirof etdi.

O‘zbekiston Olimpiya qo‘mitasining rasmiy Telegram-kanali chempion qizlarni tabrikladi:

“Ular o‘z ismlarini Yangi O‘zbekiston tarixiga zarhal harflar bilan yozdilar! Qizlar mamlakatimizda Osiyoda tengi yo‘q munosib qilichbozlarimiz borligini isbotlay oldilar. Vatanimizning ayollar terma jamoasi o‘zining musobaqa yo‘lida mintaqaning eng kuchli sportchilarini yengib, shoxsupa tepasiga ko‘tarilish sharafiga muyassar bo‘ldilar. Hamyurtlarimiz sharafiga Xitoy arenasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi jarangladi. Osiyo mag‘lub etildi, oldinda Parij-2024 kutmoqda! Omad va faqat yorqin g‘alabalarni tilab qolamiz!”

Kuch va latofat

An’anaga ko‘ra mahalliy jangovar san’at turlari maktabining vakillari kuchli chiqishlarni namoyon etdilar. Uchta oltin medal dzyudo, kurash va karate kabi sport turlarida qo‘lga kiritildi.

Osiyo o‘yinlarining oltin tarkibi, 7ladies.uz

Dzyudochi Diyora Keldiyorova 52 kilogrammgacha vazn toifasida finalda BAA vakili Birshelt Xorlodoini yengib, turnirdagi birinchi oltin medalga erishdi. Xitoyda hamyurtimiz o‘z g‘alabalariga (Diyora dzyudo bo‘yicha Katta dubulg‘a turnirida g‘olib bo‘lgan birinchi o‘zbek qizi hisoblanadi) Osiyo o‘yinlari chempioni maqomini ham qo‘shishga muvaffaq bo‘ldi.

Diyora Keldiyorova

Dzyudochi, XIX Osiyo o‘yinlari chempioni:

Osiyo o‘yinlarining oltin tarkibi, 7ladies.uz

“Bu yolg‘iz mening g‘alabam emas, bu butun oilam va vatanimning g‘alabasi. Ota-onam, yaqinlarim va turmush o‘rtog‘im juda mamnun, men bilan faxrlanishadi. Shunday qo‘llab-quvvatlash sababli men qattiq intildim va maksimal natijaga sozlandim.

Oldinda Parijdagi Olimpiya o‘yinlari. Mening maqsadim – oltin medalni qo‘lga kiritib, yana O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘ini balandga ko‘tarishdir!”

O‘zbekistonga yana bir oltin medalni karatechi Sevinch Raximova olib berdi: u 55 kilogrammgacha vazn toifasida finalda Xitoy Taybeyi vakili Sui-Ping Kuni 9:1 hisobida tor-mor etdi.

Osiyo o‘yinlarining oltin tarkibi, 7ladies.uz

Xilola Ortiqboyeva kurash bo‘yicha turnirda 52 kilogrammgacha vazn toifasida O‘zbekiston milliy terma jamoasining yana bir vakili Sitora Elmurodovani yengib, g‘alaba qozondi.

Xilola Ortiqboyeva, kurashchi, XIX Osiyo o‘yinlari chempioni:

“Xanchjoudagi XIX Osiyo o‘yinlari mening faoliyatimda birinchi bo‘ldi. Men baxtiyorman, chunki darhol g‘alabaga erishdim. Ota-onam, murabbiylarim va butun O‘zbekiston xalqi sportchilarimiz g‘alabasidan quvonim, bizni juda iliq qarshi oldi.

Hozir men kutilayotgan jahon chempionatiga jiddiy tayyorlanayapman.”

Zabelinskaya raqiblariga imkon qoldirmadi

Individual velosiped poygasida Olga Zabelinskayaga teng keladigani topilmadi. Ehtimol, bu oddiy eshitilar, ammo ritorik savol tug‘iladi: trekda raqiblarning Londondagi 2021-yilgi Olimpiya o‘yinlarining ikkita bronza medali sohibi, Rio-2016 kumush sovrindori, ko‘p karra Osiyo chempioni, qator mintaqaviy va xalqaro turnirlar g‘olibi va sovrindorini qanday qilib yengish imkoni bo‘lishi mumkin?! 

Osiyo o‘yinlarining oltin tarkibi, 7ladies.uz

Zabelinskaya 18,3 kilometrli poygani 24:36,99 daqiqa natijasi bilan yakunladi. Bizning velosport bo‘yicha afsonamiz uchun navbatdagi va mutlaqo o‘rinli oliy toifa mukofoti.

“Jarohatdan keyin qaytish  va g‘olib bo‘lish musobaqadn ko‘ra qiyinroq”

Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Safina Sadullayeva va Svetlana Radzivil balandlikka sakrashda medallar uchun kurash olib borishdi. Quvonarlisi, oltin va kumush medal aynan hamyurtlarimizga nasib qildi. Sadullayeva Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi, Radzivil esa – kumush medallik bo‘ldi. Yetakchilar uchligini qozog‘istonlik Nadejda Dubovitskaya yopdi.

Safina Sadullayeva

Yengil atletikachi, XIX Osiyo o‘yinlari chempioni:

Osiyo o‘yinlarining oltin tarkibi, 7ladies.uz

“Men ko‘plab musobaqalarda, jumladan Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida (2021-yilda bo‘lib o‘tgan. – Tah. izohi) ishtirok etish sharafiga erishdim. U yerda oltinchi bo‘lgandim, shoxsupaga bir oz yetmagan.

Osiyo o‘yinlari juda ajoyib o‘tdi, tashkiliy ishlar yuqori darajada edi: biz yashagan qishloq ham, stadion ham, bizga xuddi o‘zinikidek muxlislik qilgan odamlar ham. Biz boshqa davlatdan ekanligimizga qaramay, ham doim ko‘mak va tabriklar orasida yurdik.

Juda ko‘p ijobiy hissiyotlar qoldi, va ularning asosiysi – mening g‘alabam va oltin medal. Bunga ishonishim qiyin bo‘ldi, chunki startdan uch oy oldin jarohatim tufayli hatto sakray ham olmasdim. Biroq, qayta tiklanish va g‘olib bo‘lishni uddaladim. Sportchi uchun jarohatni yengish juda katta g‘alaba. Undan keyin qaytish va shoxsupaga chiqish – bu musobaqalarning o‘zidan ham qiyinroq bo‘lsa kerak.

Keyingi maqsadimmi? Parij-2024, albatta.”

Xanchjoudan yana bir ajoyib yangilik 17 yoshli Sharifa Davronovaning uch karra sakrashda erishgan g‘alabasi bo‘ldi. Yengil atletikachimiz ko‘rsatgan natija – 14,09 metr – raqiblarning hech biriga imkon bermadi.

Osiyo o‘yinlarining oltin tarkibi, 7ladies.uz

Sharifa hali juda yosh ekanligiga qaramay, yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempioni, Islom birdamligi o‘yinlari g‘olibi, O‘zbekiston Kubogi ko‘p karra chempioni, shuningdek yengil atletika bo‘yicha U20 jahon chempionati va U18 Osiyo chempionatining g‘olibi bo‘lishga ulgurgan.

Sharifa Davronova

Uch karra sakrash bo‘yicha 2022-yilgi Osiyo o‘yinlari chempioni:

Osiyo o‘yinlarining oltin tarkibi, 7ladies.uz

“Men ota-onam va murabbiyimga har doim dalda berishgani uchun minnatdorlik bildiraman. Bu medalni juda qiyin qo‘lga kiritdim. Xitoy va Yaponiyadan jiddiy raqiblar bo‘ldi, ammo qat’iy mashqlar samarasi o‘laroq oltin medalga erishdim.

O‘zbekistonda bizni juda yaxshi qarshi olishdi. Bizning sharafimizga haqiqiy bayram va shahar bo‘ylab sayr uyushtirishdi. Oltin medal hayotimdagi juda muhim voqeaga aylandi. 

2024-yilgi yozgi Olimpiadaga litsenziya olish – mening hozirgi bosh maqsadim.”

O‘z muhitida

Akademik eshkak eshish bo‘yicha Tokiodagi Olimpiada chempioni Anna Prakaten Osiyo o‘yinlarida yakka ishtirokchilar toifasida oltin medal oldi. Sportchimiz xitoylik Lyu Juysidan deyarli 11 soniyaga va yaponiyalik Sixo Yonekavadan 13 soniyaga o‘zib ketdi. Natija ma’lum: Prakaten raqiblariga umuman imkon qoldirmadi.

Anna Prakaten

Akademik eshkak eshish bo‘yicha 2022-yilgi Osiyo o‘yinlari oltin medali sohibasi:

Osiyo o‘yinlarining oltin tarkibi, 7ladies.uz

“Mening birinchi taassurotim qanday? Buni so‘zlar bilan ifodalash qiyin. Albatta quvonch, hayrat. Men juda baxtiyorman. O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarilganida butun vujudim bilan faxrlandim. Harakatda davom etaman, oldinga mashg‘ulotlar yig‘ini, chempionat litsenziyasiga tayyorgarlik, keyin esa Olimpiada o‘yinlari kutmoqda.”

Navbatdagi dav’at – Parij

Erishilgan yutuqlardan xotirjam tortish – O‘zbekiston terma jamoasiga xos emas. Intervyudan bilishimizcha, barcha sovrindorlar allaqachon kutilayotgan startlar va avvalo Olimpiadaga borish tadorigida. Ularning irodasiga hayratlansa arziydi. 

Terma jamoamizning Xitoydagi natijalari uch yildan keyin Yaponiyaning Nagoya shahrida (keyingi Osiyo o‘yinlari 2026-yilning 19-sentyabridan 4-oktyabrigacha bo‘lib o‘tadi) O‘zbekiston yanada ko‘proq medallarni qo‘lga kiritishiga qat’iy ishonch bermoqda. Bunga dastlabki shart-sharoitlar mavjudligi mahalliy sportning kuchli rivojlanishi tasdiqlamoqda. 

Biroq, bugun chempionlarimizning butun fikri-hayoli Parij-2024 o‘yinlarida. Kimdir allaqachon bo‘lajak Olimpiya o‘yinlariga saralashdan o‘tgan, kimdir esa asosiy jahon startida ishtirok etishga doir huquqini isbotlashi kerak.

Osiyo o‘yinlarining oltin tarkibi, 7ladies.uz

7LADIES tahririyati 2022-yilgi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston milliy bayrog‘i ranglarini himoya qilgan barcha ishtirokchilarga samimiy minnatdorlik bildiradi. Adolatli musobaqalarda belgilangan maqsadlarga erishishni va, albatta, jarohatlarni chetlab o‘tishni tilaymiz. Faqat va faqat sizga muxlislik qilamiz!

Текст:
Фото: ,