Skip to main content
K-Pop guruhi Blackpink ishtirokchisi Djenni o‘zining kiyim-kechak brendini ishga tushirdi, 7ladies.uz

OA brendining logotipi

Blackpink guruhining ishtirokchisi Djenni Kim o‘z kiyim-kecha brendining ishga tushirilishi haqida Instagram’dagi o‘zining shaxsiy sahifasida xabar berdi:

K-Pop guruhi Blackpink ishtirokchisi Djenni o‘zining kiyim-kechak brendini ishga tushirdi, 7ladies.uz

“Bu yil ko‘plab yutuqlarga boy bo‘ldi. Men qabul qilib olgan butun muhabbat uchun minnatdorman, va meni oldinda nimalar kutayotganini intizorlik bilan kutyapman. 2024-yilda men, OA nomidagi o‘zim yaratgan kompaniya bilan yakkaxon ijro qilish safarini boshlayman. Iltimos, men boshlagan yangi ishga va albatta Blackpink’ga ko‘p-ko‘p muhabbatingizni sovg‘a qiling”. – deb aytadi bayonotida Djenni.

Blackpink – bu 2016-yilda tashkil topgan K-Pop guruh. 2023-yilning aprel oyiga kelib, jamoa ishtirokchilari YouTube platformasidagi eng mashhur musiqachilarga aylandi. Guruhning barpo etilish paytidan boshlab, Blackpink platformada 30,1 mlrd. ko‘rishni to‘pladi.