Skip to main content

Shou-biznes – faqatgina chiroyli manzara va hashamat olami emas. Bu shuningdek, puxta o‘ylangan strategiya, oqilona piar va bir kun kelib, baribir ochiladigan minglab sirlar. Pop malikasi Britni Spirsning hikoyasi bunga dalildir. O‘zining shov-shuvli “Mendagi ayol” yodnomasida qo‘shiqchi muvaffaqiyat yo‘lidagi mashaqqatlarini aytib bergan, va nima uchun hozirgi Britni va o‘sha socho‘rimli go‘zal qizning o‘rtasida hech qanday umumiylik yo‘qligini tushuntirgan.

Orzular asirasi

Britni dunyo miqyosidagi shon-shuhrat yo’liga hali ozchilik unga qiziqqan bir paytda tushdi. Agar u YouTube rivojlangan davrda qo‘shiq aytishni boshlaganida edi, u ham xuddi Adel va Dua Lipa kabi, “barchasiga o‘zi erishgan oddiy qizaloq” bo‘lib karyerasini qura olgan bo‘lardi. Bizning qahramonimiz esa ommaning e’tiborini qozonish uchun o‘ylab topilgan afsonaga moslashishiga to‘g‘ri keldi. 

Qo‘shni uyda yashovchi amerikalik qiz – Britni prodyuserining g‘oyasi shunday edi. Bu obrazning asirasiga aylangan qo‘shiqchi, keyinchalik bu uning butun hayotini ag‘dar-to‘ntar qilib yuborishini taxmin ham qilmagan edi. Birinchidan, uning tashqi ko‘rinishi qat’iy nazorat ostida edi. Qanday libosda ko‘rinsa ham doim tanqidga uchradi. Ikkinchidan, hech qanday munosabatlarga o‘rin yo‘q, faqatgina do‘stona munosabatlar bo‘lishi mumkin. Aynan shu sababli Britni Jastin Timberleyk bilan ishqiy sarguzashtlari haqida ochiq ayta olmagan va o‘ta ma’sum ruhiy muhabbat haqida gapirishga majbur edi.

Britni Spirsning yodnomalari: pop malikaning qayg‘uli ertagi, 7ladies.uz

Yoki Britni uni kutayotgan bunday shuhratga hali tayyor emasdi, yoki o‘zidan boshqa obraz yasay olmadi. Benuqson amerikalik obrazi unga yoqmayotganligi ko‘rinib turardi. Ko‘p sonli intervyularda pop-diva nima uchun chiqishlari uchun ochiq liboslarni tanlay boshlaganini gapirib bergan. Qo‘shiqchining so‘zlariga ko‘ra, uning nazokatlilik va ehtiroslilikni ifoda etishiga jirkanchli qarashlaridan charchagan. Bugungi kunda ko‘pchilik hamma joyini namoyish qilaverishini bas qilishni so‘rashmoqda. Ehtimol, tashqi ko‘rinish masalasi u uchun hanuzgacha cheklanmoqda.            

Jastin Timberleyk bilan ajralishiga kelsak, qo‘shiqchining bu haqdagi fikrini faqatgina oktyabr oyining yakunida chiqqan yodnoma tufayli ma’lum bo‘ldi. 20 yil oldin Britni va Jastin muhokamalarga ko‘p sabab bo‘lgan juftlik edi. Ularning munosabati to‘rt yil davom etdi. Ular ajralishgach, ommaning aksariyat qismi Jastin tomonida edi. Munosabatlar tugagani haqidagi ilk yangiliklar, go‘yoki qiz xiyonat qilgan degan tushunchalarga asoslangan edi, aksincha emas. Kitobdan ma’lum bo‘ldiki, Jastin boshqalar bilan ham ishqiy sarguzashtlarda edi, Britni esa faqatgina o‘pichga ruxsat berardi. Ammo bu hali eng dahshatlisi emas…

Kliplarda yashiringan ma’nolar

Avtobiografiya chiqqanidan keyin qo‘shiqchining eski kliplarini endi oldingi ko‘z bilan ko‘rishning iloji yo‘q. Qo‘shiq matnlar va videolarda endi yoki yashirin ma’no yoki sobiq yigitiga atalgan to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat seziladi. 

 Britni o‘z yodnomasida yoshlik paytlarida ulkan ruhiy zarbani boshdan kechirganini aytib o‘tgan. 19 yoshida u homilador bo‘lib qolgan. Biroq na Spirs, na Timberleyk ota-ona bo‘lishga tayyor emasdilar, shuning uchun yigitning qistovi bilan qo‘shiqchi bolani oldirib tashlashga qaror qildi. 

Britnining syujet bo‘yicha kasalhonaga tushib qolish sahnasi bo‘lgan “Everytime” qo‘shig‘iga ishlangan klipda muxlislar ushbu hodisaga imo-ishorani ko‘rishdi. Kadrlardan birida qo‘lida chaqaloq ushlab turgan ayol paydo bo‘ladi. Bularning barchasi paparatsiya ta’qiblari aks etgan sahnalar bilan to‘ldirilgan.

Britni Spirsning yodnomalari: pop malikaning qayg‘uli ertagi, 7ladies.uz

Bu qo‘shiq endi chiqqan paytida, muxlislar qo‘shiq matni erkak kishiga yo‘naltirilgan deb hisoblashgan edi. Endi esa ularning fikrlari o‘zgardi.

I guess I need you baby 

And everytime I see you in my dreams 

I see your face, it’s haunting me 

I guess I need you baby

 

O‘ylaymanki, menga keraksan, bolakay.

Har gal tushlarimda ko‘rganimda seni,

Yuzingni ko‘raman, u ta’qib etar meni.

O‘ylaymanki, menga keraksan, bolakay.

Yodnoma Jastin Timberleyyoning obro‘siga jiddiy putur yetkazdi. Uni hamma aybni sobiq sevgilisiga ag‘darishda ayblashmoqda. Britni bilan ajralishganidan keyingi birinchi qo‘shig‘i – “Cry me a river” da Timberleyk xiyonatga uchragan erkak haqida kuylaydi. Uning ketidan “What Goes Around… Comes Around” qo‘shig‘i chiqdi – u ham sevgan ayolning bevafoligi haqida. Muxlislar ushbu ikkala qo‘shiqni ham qalbni sindirgani uchun Britni Spirsga qarshi hamla deb qabul qilishdi. Pressa butunlay Timberleyk taraf edi, bu paytda esa qizning ahvoli yaxshi kechmayatgandi.

15 yil qattiq nazorat ostida

 

Britni Spirsning yodnomalari: pop malikaning qayg‘uli ertagi, 7ladies.uz

Shundan so‘ng Britnining asablari dosh bermadi va o‘zini tutolmay qoldi. Na turmush (u 2004-yil Kevin Federlaynga turmushga chiqdi va 2007-yil ajrashdi), va na onalik unga OAV matbuotlari va xeyterlarni yengishiga yordam bera olmadi. Uning ruhiy salomatligiga putur yetdi, va otasi kap-katta qizining vasiyligini o‘z zimmasiga olishga erishdi, hamda uning pullari, karyerasi va hatto shaxsiy haytini ham o‘z nazorati ostiga oldi.

“Shunchaki shuni bilib qo‘yginki, endi bu yerda men buyruq beraman, sen esa kresloda o‘tirib, men aytayotgan gaplarimni tinglaysan. Endi men – Britni Spirsman” (kitobdan Jeymi Spirsning so‘zlari).

Britni Spirsning yodnomalari: pop malikaning qayg‘uli ertagi, 7ladies.uz

Otasi o‘ziga o‘zi katta miqdorda oylik “to‘lar edi”, millionlab dollarlarga o‘ziga chek yozardi, va bunga hech kim qarshilik qila olmasdi. Britni u paytda hatto o‘ziga advokat yollash uchun ham haqqi yo‘q edi. Qo‘shiqchida qolgan yagona narsa – bu ijtimoiy tarmoqlar edi. Uni hech qachon tanqid qilmaydigan muxlislari vasiylik unga foyda bermayotganidan havotirda edilar. Ba’zilari ahvoli joyida yoki yo‘qligi haqida ehtiyotkorona qiziqa boshlashdi. Misol uchun, izohlarda, agar qo‘shiqchi xavf ostida bo‘lsa, biror-bir sariq kiyim kiyib belgi berishini yozishsa, keyingi videolarda Britni sariq kiyimda paydo bo‘lardi. Qo‘shiqchining muxlislari uning layoqatsizligi haqidagi sud qarorining ko‘rib chiqilishi umidida bir necha marta #FreeBritney nomi ostida qarshiliklar to‘lqinini ko‘tarishdi. Bunga faqat oradan uzoq o‘n uch yil o‘tganidan keyin erishildi. Britni Spirs ustidan rasmiy vasiylik 2021-yil noyabr oyida tugatildi.

Britni Spirsning yodnomalari: pop malikaning qayg‘uli ertagi, 7ladies.uz

“Odamlar #FreeBritney harakati men uchun qanchalik muhimligini tushunishgan deb o‘ylamayman” (kitobdan iqtibos).

Oilaviy lan’at

Britni la’natlangan! Jurnalistlar bir yil oldin chiqqan tekshiruvlar natijasida shunday xulosaga kelishdi. Ular chinakam dahshatli voqeani ochishga muvaffaq bo‘lishdi, shundan keyin siz ezoterikaga yoki psixologiyaga ishonishni boshlaysiz.

Britni Spirsning yodnomalari: pop malikaning qayg‘uli ertagi, 7ladies.uz

Ma’lum bo‘lishicha, Spears oilasidagi erkaklar avloddan-avlodga o‘z xotinlariga shafqatsiz munosabatda bo‘lishgan. Bunda ayniqsa Britnining bobosi – Jun Ostin ajralib turgan. U uch marta oila qurgan, va uchchala xotini ham uning qo‘pol muomala qilishidan nolishgan. Bularning barchasi uning birinchi xotini – Emma Jin Spirsdan boshlangan edi. (Britnini aynan uning ismi sharafiga nomlashgan. Yulduzning to‘liq ismi – Britni Jin Spirs.)

Britni Spirsning yodnomalari: pop malikaning qayg‘uli ertagi, 7ladies.uz

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, u farzandidan judolikka chiday olmay 31 yoshida hayotdan ko‘z yumgan. O‘sha paytda aniq nima sodir bo‘lganligi haqida tarix sukut saqlaydi. Biroq xuddi Britnidek, Emma ham ruhiy kasalliklar shifoxonasida davolangan. U yerda unga, qo‘shiqchi ham qabul qilgan psixiatrik litiy yozib berishgan. Keyinchalik xuddi shu bobosi ikkinchi xotinini ham jinnixonaga joylashtirgan, va uni ham dorilarga o‘rgatib qo‘yishgan.

Britni Spirsning yodnomalari: pop malikaning qayg‘uli ertagi, 7ladies.uz

Bularning barchasini o‘smir bolakay Jeymi Spirs – Britnining otasi kuzatib yashagan, va bu voqealarni yashab o‘tish unga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan. Ota tomonidan Jeymiga nisbatan xotinlaridan kam bo‘lmagan qattiqqo‘l munosabati fojiani yanada og‘irlashtirdi. Jurnalistlar bu oila erkaklarining zolimligi nasldan naslga o‘tishini inkor qilishmaydi.

Oq sahifa

Britni Spirsning yodnomalari: pop malikaning qayg‘uli ertagi, 7ladies.uz

Britni yodnomalarda o‘z yaqinlaridan qo‘rqib yashaganini tan olgan. Agar ular uni jinnixonaga joylashtirishga qodir bo‘lsalar, unda bundan-da ortig‘ini ham qila olishlariga u ishongan. Paranoya, bir necha marta o‘z nazoratini yo‘qotishlar, bolalari tarbiyasidan chetlatilishi – bularning barchasi o‘sha shov-shuvli hodisaga, ya’ni pop-divaning go‘zallik saloniga  kirib, sochini qirib tashlashiga olib keldi. Qo‘shiqchi o‘zining bu harakatini norozilik deb atadi. Shu orqali Spirs, ortiq sodda amerikalik qizaloq emas va qanday yashashini o‘zi hal qilishini isbotlashga intildi.     

Bugungi kunda Britni Spirs qaytadan yangi hayot boshlaganini ta’kidlamoqda. Yodnomalar u uchun – o‘tmish bilan vidolashish yo‘li.

“Kitob asosan, 20 yil oldingi voqealar haqida. Endi men boshqaman, men barchasini oq sahifadan boshladim. Va umrimning yakunigacha shunday bo‘lib qolmoqchiman, bu mening so‘ngi so‘zim” (Britni Spirsning shaxsiy blogidagi postidan).

Britni Spirsning yodnomalari: pop malikaning qayg‘uli ertagi, 7ladies.uz

Текст: