Skip to main content
Emili Jin Stoun bolalikdan sahnani orzu qilgan, Gollivud tepaliklari fonida fotokameralar chaqnashlari foni ostida bo‘lishni va taniqli aktyorlar bilan o‘ynashni orzu qilgan. Shu maqsadi ortidan u ko‘p marta sochini bo‘yagan va aynan shu tufayli unga jiddiy rol berishmaydi, degan xayolga borgan, keyin ota-onasini Los-Anjelesga ko‘chib ketishga ko‘ndirgan. 2024-yilning martida Stoun Yorgos Lantimosning “Kambag‘al-baxtsizlar” filmidagi roli uchun karyerasidagi ikkinchi “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritdi. Aktrisaning orzusi ushaldimi? Batamom, biroq eng nufuzli kinomukofot tomon yo‘l qizaloq uchun mashaqqatli va chigal bo‘ldi.

“Tollardagi shabboda” 

O‘n bir Yashar Emili Stoun o‘ynagan spektakl aynan shunday nomlanadi. Qizaloq sershovqin va yorqin Skotsdeyl shaharchasida tug‘ildi – uni cho‘lli Arizona shtatidagi nusxasi deb atashadi. Uning ajdodlari AQSHga ko‘chib kelgan shvedlar bo‘lgan. Ajnabiy Sten familiyasi quloqqa yoqimli eshitilsin deb, Emilining katta bobosi uni Stounga o‘zgartirdi.

Emma Stoun: O‘rgimchak odam ma’shuqasidan “Oskar”gacha, 7ladies.uz

Bo‘lajak “Oskar” sohibasi juda asabiy va notinch bola bo‘lgan. Ruhiyat bilan bog‘liq muammolari turli tarzda namoyon bo‘lgan: ba’zan qizaloqqa ularning uyi yonib ketayotgandek tuyulgan, Stoun hatto tutun hidini ham sezgan; ba’zida esa u bo‘g‘ilib qolgan va bunday paytlarda qo‘lidan hech narsa kelmasdi. Doimiy ruhiy larza va xavotirlardan najotni murg‘ak Emili aktyorlikdan topdi. 

Uy bekasi Krista Stoun qizining aktyorlik intilishlariga to‘sqinlik qilmagan, uni turli to‘garaklar va bolalar teatriga bergan. Ulardan biri Emili ilk rolini ijro etgan Valley Youth Theatre edi. Qizaloqqa uning orzusi – kinoekranlarda porlash ekanini tushunib yetish uchun bir necha yil kerak bo‘ldi, xolos. Ota-onaga biroz tomosha ko‘rsatish va yig‘lab yolvorishlar oqibatida 14 yashar Stoun onasi bilan kasting va sinovlardan o‘tish uchun Farishtalar shahriga uchib ketadi. Maktabni ekstern tariqasida tamomlaydi. Biroq bu vaqtda u AQSHda Emili Stoun ismli aktrisa edi, shuning uchun bo‘lajak karyerasini deb Skotsdeyllik yosh aktrisa ismini o‘zgartirib, Emmaga aylanadi.

Emma Stoun: O‘rgimchak odam ma’shuqasidan “Oskar”gacha, 7ladies.uz

Ko‘zga tashlanadigan rollarni olishdan avval, qiz ko‘plab byudjetli va omadli TV-seriallar: “Diqqat markazida Malkolm”, “Medium”, “Hammasi mixdek, yoxud Zak va Kodining hayoti” va boshqalarda rol o‘ynaydi. U hammaga ma’lum omadsizlar va shovqinli ziyofatlar haqidagi komediyalarni tomosha qilishni yoqtiradigan amerikalik yoshlar orasida ilk mashhurlikka erishadi. 2007-yilda Maykl Sera va Jona Xill ishtirokidagi “SuperQalampirlar” filmi ekranlarga chiqdi. Komediya ko‘z ochib yumguncha xitga aylandi, o‘z ustidan kinoya qilib kuluvchi va yorqin Emma Stoun esa tomoshabinlarga ma’qul tushdi. Bu roli uchun u “Yosh Gollivud” mukofotini qo‘lga kiritgan. 

“SuperQalampirlar” suratga olish jarayonlari yosh aktrisaga amerikacha komediyalar olamini ochdi: keyingi bir necha yilda u taniqli gollivud aktyorlari bilan ishlashga ulgurdi va Reyn Uilson bilan “Yalang‘och barabanchi”, Vudi Xarrelson va Jessi Ayzenberglar bilan “Zombilend”, Jeff Deniels bilan “Qog‘oz odam” singari bir qancha shov-shuvli loyihalarda suratga tushdi. 2012-yilda Emma Stoun dastlabki nufuzli mukofotini – “Xizmatkor” dramasidagi roli uchun Aktyorlar gildiyaasi mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Mashhurlik va shaxsiy hayot

Aktrisaga rostmanasiga mashhurlik keltirgan film “Xizmatkor”dan ikki yil avval, 2010-yilda ekran yuzini ko‘rdi. Tengqurlari orasida umuman noodatiy yo‘llar bilan hammaning og‘ziga tushadigan yuqori sinf  o‘quvchisi haqidagi “Shaddod a’lochi” komediyasi tezda shuhrat qozondi, katta prodyuserlar Stounni yanagi safarga  “ko‘z ostiga olib qo‘yishdi”. Bir yil o‘tgach, Emma ilk bor Rayan Gosling bilan bir filmda suratga tushdi (“Bu telba muhabbat” komedik dramasida), keyin esa “Manfaatli yaqinlik” komediyasida Mila Kunis va Jastin Timberleyk bilan kadrda birga ishlab, epizodik rol ijro etdi.

Emma Stoun: O‘rgimchak odam ma’shuqasidan “Oskar”gacha, 7ladies.uz

2012-yilda kinematografiya olamida shov-shuvli voqea sodir bo‘ldi – O‘rgimchak odam haqidagi eng mashhur franshizalardan biri qayta ishga tushirildi. Endryu Garfild bosh rolni ijro etgan “Yangi O‘rgimchak odam” tanqidchilar hamda Sem Reymining namunali trilogiyalari muxlislari tomonidan iliq mulohazalar bilan kutib olinmadi, biroq o‘smirlar orasida ommalashdi. Film aktrisaning shaxsiy hayotida ham o‘z ifodasini topdi: suratga olish maydonchasidagi sheriklikdagi ishdan so‘ng Stoun Garfild bilan ishqiy munosabat o‘rnatdi. Intervyuda qiz, ularning besh yillik ishqiy munosabatlari juda yaqin va samimiy bo‘lgan va faqat Endryuning to‘laqonli oila qurish niyati sabab buzilgan, u esa bola farzand ko‘rishga tayyor emasdi. Juftlik ajralishgach, 2015-yilda iliq munosabatlarni saqlab qoldi: Stoun “La-la-Lend” myuziklidagi ijrosi uchun “Oltin globus”ni qo‘lga kiritganida, o‘rnidan turib uni olqishlagan birinchi odam bo‘ldi (va butun zalni o‘ziga qaratdi).

Emma Stoun: O‘rgimchak odam ma’shuqasidan “Oskar”gacha, 7ladies.uz

“La La Lend” filmidagi yosh yulduz Mia va pianinochi Sebastyanning sevgi hikoyasi tomoshabinlar ko‘nglidan shu qadar chuqur joy egalladi-ki, film hozirgacha turli reytinglarda birinchilikni bermay kelmoqda va myuzikl janridagi eng namunalilardan biri hisoblanadi. Komedik drama janridagi “Byordmen” filmi kabi, unda Stoun Mayk Kiton ijrosidagi bosh qahramonning qizi rolini o‘ynagan. Kartina maqtovlarga sazovor bo‘ldi, bosh rol bo‘lmasa-da, aktrisaning qoyilmaqom ijrosini Gollivudning eng yaxshi tanqidchilar e’tirof etishdi. Emma Stounning karyerasi jadal sur’atlarda o‘zgara boshladi: o‘smirlar komediyasi zamoni yakuniga yetdi, aktrisada jiddiy imkoniyatlar kuzatildi. 

Ushalgan orzu

2019-yil so ‘nggida matbuot Emma Stoun va Amerikaning mashhur shousi Saturday Night Live ssenariynavisi bilan unashtirilgani haqida xabar berdi. Juftlik hatto 2020-yilda katta to‘y qilishni ham rejalashtirgandi, biroq koronavirus pandemiyasi bunga xalal berdi: dabdabali marosim bekor qilindi, uning o‘rniga Emma va Deyv yashirin to‘y qilishdi. Kezi kelganda, bundan sal avvalroq, aktrisa intervyusida sobiq sevgilisi Endryu Garfildni sog‘inayotganini aytgandi, paparatsilar esa bir necha marta birga sayr qilib yurgan yoshlarni suratga muhrlashga muvaffaq bo‘lgan.

Emma Stoun: O‘rgimchak odam ma’shuqasidan “Oskar”gacha, 7ladies.uz

2021-yilda “101 dalmatin” multfilmidagi mashhur yovuz ayol tarixini qayta ko‘rib chiquvchi “Kruella” filmi katta ekranlarga chiqdi. Shu yili Emma Stoun ona bo‘ldi: Luiza Jin Makkeri dunyoga keldi, aktrisa uni buvisining sharafiga shunday ism qo‘ydi. 

Rejissor Yorgos Lantimosning “Kambag‘al-baxtsizlar” filmini Stounning so‘nggi yirik ijodiy ishi deyish mumkin. Telba olim Godvin Bakster (Uillem Defo) unga bolaning miyasini ko‘chirib o‘tkazadigan, cho‘kib ketgan sobiq ayol Bella roli uchun unga “Oskar” nasib qildi. Haddan ortiq namoyishkorona yotoq sahnalaridan tashqari, kartina rejissorning boshqa ishlari – Emma Stoun bosh rollardan birini ijro etgan “Suyukli” filmi singari g‘alati yumor va kashshofona kadr postanovkalariga boy.

Emma Stoun: O‘rgimchak odam ma’shuqasidan “Oskar”gacha, 7ladies.uz

“O‘z oilamga, onamga, akam Spenserga, otamga, turmush o‘rtog‘im Deyvga minnatdorchilik bildirmoqchiman – seni shunchalik yaxshi ko‘raman-ki. Eng asosiysi, uch kundan keyin uch yoshga to‘ladigan va hayotimizni yaxshi tomonga o‘zgartirgan qizimdan minnatdorman. Seni samolardan-da ko‘proq yaxshi ko‘raman, qizalog‘im”, – deya to‘lqinlanib gapirdi Emma Stoun, Lantimos filmidagi roli uchun “Oskar” mukofoti unga topshirilayotganda.

Hozirda aktrisa Los-Anjelesda yashaydi, qiz o‘stirmoqda va taniqli xonanda Teylor Svift bilan do‘st. Pop-yulduz bilan Emma 2011-yilda tanishgan, o‘shandan beri ularni tez-tez birga uchratishadi: jurnalistlarning fikricha, qizlarni xarakterlari va hazil hissining o‘xshashligi birlashtirib turadi.

Emma Stoun: O‘rgimchak odam ma’shuqasidan “Oskar”gacha, 7ladies.uz

Emma Stounning mashhurligiga qaramasdan, uning shaxsiy hayoti haqida ko‘p narsa ma’lum emas. Aktrisa shov-shuvli gollivud bazmi-jamshidlarida kamdan kam ko‘rinadi, vaqtini eri va qizining yonida o‘tkazishni afzal ko‘radi. Bolalikdan kasallik tufayli orttirilgan va Stounning tashrif qog ‘oziga aylangan yo‘g‘on va xirildoq ovoz, hozir muxlislarini u qadar ko‘p xursand qilmayapti: Emma mujmal seriallar va o‘smirlar komediyasini o‘tmishda qoldirib, yoppasiga jiddiy loyihalarga kirishgan. Hozir Arizonaning Valley Youth Theatre teatri yosh aktrisasining orzusi ushaldi, deb bemalol aytish mumkin: Emma Stoun bekorga onasiga Los-Anjelesga ko‘chib ketaylik, deb yalinmadi, oxiri yo‘q kasting va sinovlarga o‘zini bekorga urmadi, o‘zini behudaga turli janrlarda sinab ko‘rmadi – ijodiy doirasining kengligi jihatidan u hali-hanuz Gollivudning eng yaxshi aktrisalaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Текст: