Skip to main content

Riz Uizerspun dunyodagi eng badavlat aktrisaga aylangani haqida

Riz Uizerspun o‘n bir yillik nikohidan keyin turmush o‘rtog‘i bilan ajrashganligiga oid yangilikni hali hazm qilib ulgurmasimizdan, gollivudlik mallasoch bizni yana hayratga soldi. U butun kinematograf tarixidagi eng ko‘p ish haqi oladigan aktrisa sifatida e’tirof etildi. Yulduzning davlati 440 mln dollarga baholanmoqda. Endi esa mashhur amerikalik aktyor bilan yangi ishqiy munosabatlar haqida mish-mishlar paydo bo‘ldi. Ha, Uizerspun ortidan yetib olish mushkul!

Yangi Orleanlik qiz dunyodagi eng nufuzli biznes-xonimlar ro‘yxatidan joy olish uchun qanday yo‘lni bosib o‘tgani haqida 7LADIES maqolasida o‘qing.

Riz Uizerspun: eng badavlat mallasoch, 7ladies.uz

Kinodagi ilk qadamlar

Aksariyat odamlar hayotdagi o‘rnini topishga qiynaladi, ammo bu Rizga taalluqli emas. Kichkina qizaloqlik davridanoq u aktrisa bo‘lishni istashini aniq bilgan. Va bu juda g‘alati, chukni Uizerspun shifokorlar oilasida katta bo‘lgan. Yana qanaqa kino haqida gapirish mumkin? Lekin tanlov qilingan edi. Sakkiz yoshida gullar do‘koni reklamasi uchun birinchi suratga olish jarayoni o‘tgan, so‘ngra Rizni aktyorlik mahorati kurslariga o‘qishga yuborganlar. To‘rt yil o‘tgach u o‘nta shtatdan kelgan ishtirokchilar orasida iste’dodlar shousida g‘olib bo‘lgan.

Riz Uizerspun: eng badavlat mallasoch, 7ladies.uz

Rizning kinodagi debyuti 1990-yilda (14 yoshida) bo‘lib o‘tgan. U da’vogarlik qilgan ikkinchi plandagi rol o‘rniga Riz “Oydagi odam” filmida bosh rolga tasdiqlangan. Tanqidchilar Uizerspunning ijrosidan qoyil qolgan va u birinchi mukofotini qo‘lga kiritgan. Qayd etish kerakki, Riz o‘shanda o‘qish bilan aktyorlikni bir vaqtda olib borishning uddasidan chiqqan – hammasiga kitob mutolaasiga muhabbat sabab bo‘lgan. Kelajakda bu ishtiyoq unga millionlab dollarlar olib keladi.

Riz Uizerspun: eng badavlat mallasoch, 7ladies.uz

Bir kuni men hech qachon eng badavlat, go‘zal yoki aqlli bo‘la olmasligimni tushundim. Biroq men eng yaxshisi – ya’ni, o‘zim bo‘lishim mumkin edi.

Aktrisa 1999-yilda birinchi haqiqiy muvaffaqiyatga erishdi. O‘shanda Riz Uizerspunga katta mashhurlik olib kelgan “Shafqatsiz o‘yin” filmi suratga olingan. Ikki yil o‘tgach esa aktrisani Gollivud ko‘lamidagi yulduzga aylantirgan “Qonundagi mallasoch” filmi ekranlarga chiqdi. Biroq, tez orada Rizning faoliyatini chetga surishiga to‘g‘ri keldi, chunki u turmush qurib, ona bo‘lgandi.

Rafiqang omadliroq bo‘lsa

“Shafqatsiz o‘yin” filmida Riz Uizerspun va aktyor Rayan Filipp o‘rtasidagi o‘zaro uyg‘unlikni sezmaslik juda qiyin. Aslida, yoshlarning rol o‘ynashiga hojat bo‘lmagan, chunki o‘shanda ular bir-birini qattiq sevishga ulgurgan edi.

Ular 1997-yilda, aktrisaning 21 yoshga to‘lishi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanada tanishganlar, shundan so‘ng Riz va Rayan uchrasha boshlaganlar. Avvaliga ular munosabatlarini ommaga ko‘rsatmaslikka uringanlar. Kelib chiqishi Amerika janubidan bo‘lgan Uizerspun o‘zi kutgan yolg‘iz muhabbatini uchratganiga va u bilan bir umr baxtli yashashiga ishonardi. 

Ularning to‘yi hech kimning e’tiborini tortmaydigan xotirjam shaklda bo‘lib o‘tdi, chunki Riz u vaqtda homilador edi. Aktrisa 23 yoshida dunyoga keltirgan qizi Avaning hozir onasiga bir tomchi suvdek o‘xshashi ta’kidlanadi. Riz qo‘lida kichkina farzandi bilan nimalarni boshidan kechirganini tasavvur qilish qiyin. Keyinroq Uizerspun o‘sha paytlarni nadomat bilan tilga olgan: yosh juftlik ota-ona bo‘lishga hali tayyor emasdi.

Riz Uizerspun: eng badavlat mallasoch, 7ladies.uz

Men besh oy davomida faqat Ava bilan mashg‘ul bo‘lishga uringanman, shunchaki uxlamasdim va alahsiray boshladim. Menda jamg‘arib qo‘ygan pullarim bor edi va onalikni ish bilan birga olib borishimga to‘g‘ri kelmagan, bunda omadim kelgan. Biroq, shunga qaramay baribir qiyin edi. Bola tarbiyasi – bir va hattoki ikki kishi eplay oladigan ish emas”, – deya xotirlaydi aktrisa

Biroq, bola tug‘ilishi bilan bog‘liq qiyinchiliklar Riz va Rayan o‘rtasidagi munosabat darz ketishiga sabab bo‘lmagane. Aktrisa imkon qadar tezroq ishga qaytdi. “Qonundagi mallasoch” filmidagi roli uni birinchi qatordagi yulduzlar safiga olib chiqqan edi, shu bois yangi loyihalardagi ishtiroki unga sakkiz xonali raqamlarda pul keltirardi. 2003-yil juftlikning Dikon ismli o‘g‘li dunyoga keldi. Ikki yildan keyin Riz faoliyatida mutlaq zafar va nikohida esa mutlaq halokat yuz berdi.

U “Chegaradan o‘tish” filmidagi roli uchun o‘zining yagona (hozircha) “Oskariga” ega bo‘ldi. So‘ngra qo‘qqisdan ajralish haqidagi e’lon tarqaldi. Riz va Rayan ikki yil davomida farzandlari ustidan vasiylikni olish yuzasidan sudda uchrashib keldi. Bunda janjallar ham yuz berdi: sobiq eri va kamroq omadga erishgan aktyor Rizni ishi tufayli oilasini e’tiborsiz qoldirganlikda aybladi. Janubdan kelgan oddiy qizaloqning hafsalasi butkul tushib ketdi, axir u chinakam sevgiga ishonardi va Rayan bilan birgalikda keksayishni istagandi. Oldinda esa tushkunlik kutib turardi.

Bir safar Riz Uizerspun kuchli ayollar obrazini ijro etishda omadi kelganini aytgan, zero Riz o‘zining hayotiy tashvishlarini hal qilishda aynan shu obrazlardan ilhom olardi.

Aktrisa ishga boshi bilan sho‘ng‘idi va har yil bittadan muvaffaqiyatli film namoyish eta boshladi. Biroq, bu uni butkul qamrab olgani yo‘q. U Gollivud shafqatsiz ekanligini va qaysidir lahzada shunchaki belgilangan standartlarga mos kelmaganing uchun seni tashqariga uloqtirishlari mumkinligini tushunardi. Uizerspun prodyuserlik markazi ko‘rinishida o‘ziga poydevor barpo qildi. Type A Films dastlabki kartinalari 2000-yilda chiqarildi. 2012-yilda esa kompaniya “Yovvoyi”, “G‘oyib bo‘lgan” xitlari hamda “Katta kichik yolg‘on” serialiga prodyusserlik qilgan Pacific Standard nomini oldi.

Kitob do‘konida yuragim daqiqasiga 100 marta ura boshlaydi – men hammasini sotib olishni istayman!

2016-yili Riz Hello Sunshine multimediya kompaniyasini (Pacific Standard uning bir qismiga aylandi) yaratdi va kontent olamining javohirini qo‘lga kiritdi. Kitoblarga bo‘lgan muhabbat o‘z samarasini berdi. Uizerspun tomonidan asos solingan kitobxonlik klubi uni dunyodagi eng badavlat aktrisaga aylantirdi.

Mualliflar uchun Hello Sunshine kitobxonlar klubiga kirish osmondan yulduz terishdek mushkul ish. Hisoblarga ko‘ra, Uizerspun klubi tomonidan saralab olingan 54 kitobdan 30tasi New York Times bestsellerlari ro‘yxatidan joy olgan. Biroq, aktrisa faqat eng yaxshi kitoblarni izlabgina qolmay, balki ekranda sahnalashtirish uchun mos hikoyalarni ham izlaydi va mualliflar bilan huquqlar taqdim etilishi borasida eksklyuziv shartnomalar tuzadi. Shu tariqa, Uizerspun kompaniyasi muvaffaqiyatli loyihalar konveyeriga aylandi. 2021-yilda Riz kompaniyani 900 mln dollarga sotdi, ammo aksiyadorlar safida kompaniya boshqaruvini davom ettirmoqda. Tadbirkor-xonimning davlati 440 mln dollarga baholanmoqda.

Ikkinchi ajralish va yangi ishqiy munosabatlar haqidagi mish-mishlar

Riz ikkinchi turmush o‘rtog‘i bilan tasodifan 2010-yilda tanishgan. Jim Tot kino agenti bo‘lgan va sevgilisida yaxshi loyihalarni ko‘ra bilish qobiliyati borligini darhol anglagan. Aynan u Rizga prodyuserlik sohasida rivojlanishi uchun turtki bergan va o‘g‘illari Tennesini tarbiyalash bo‘yicha majburiyatlarning bir qismini o‘z zimmasiga olgan.

Riz Uizerspun: eng badavlat mallasoch, 7ladies.uz

Biroq, bu nikohda ham hammasi bir tekis kechmadi. Kelishmovchiliklarga oid dastlabki xabarlar 2013-yilda paydo bo‘ldi. O‘shanda juftlik qiyinchiliklarni yenga oldi, ammo muhabbatni saqlash iloji bo‘lmadi. Ajralish haqidagi e’londa ikkalasi ham katta janjal yoki hiyonatlar bo‘lmaganini qayd etishdi. Riz va Tot shunchaki bir-birini sevishdan to‘xtagan, ularni bog‘lab turuvchi yagona narsa – bola edi.

Sevgi – ulkan boylik, ammo uni har kuni shug‘ullanishga to‘g‘ri keladigan minglab muhim ishlar bilan birgalikda saqlab qolish oson emas

Ajralish tafsilotlari ma’lum emas, ammo matbuot juftlik o‘rtasida nikoh shartnomasi bo‘lmaganini aniqlagan. Demak, Tot rafiqasi davlatining yarmiga da’vo qilishi mumkin. Riz uchun bu birinchi og‘ir ajralish bo‘lmaydi. Chamasi, Uizerspun bu safar jarohatlarini ish bilan emas, balki yangi muhabbat bilan tuzatishga qaror qilgan ko‘rinadi. 47 yoshli aktrisa 68 yoshli Kevin Kostner bilan ishqiy munosabatlarda ekanligiga oid xabar (aktrisaning vakillari bu uydirmani rad etdilar, ammo bu hech kimni to‘xtata olmaydi) OAVda jo‘shqin muhokama qilinmoqda.

[/vc_column][/vc_row]
Текст: