Skip to main content
2023-yil juda omadli kelgan odamlar sirasiga Teylor Sviftni kiritish mumkin. Keng ko‘lamli The Eras konsert turi chiptalar sotuvi bo‘yicha barcha rekordlarni yangiladi, shu nomli film-konsertning kinoteatrlardagi namoyishi mislsiz yutuqqa erishdi. Dekabr oyida xonanda Time versiyasi bo‘yicha “Yil odami” maqomiga ega bo‘ldi. Uning davlati milliard dollargacha o‘sdi. Pensilvaniyalik oddiygina qiz qanday qilib 17 yil ichida dunyodagi eng obro‘li pop-timsolga aylanganini ko‘rib chiqamiz.

Аmerikacha orzu amalda

Oddiy yangilar, tabloidlar va muhbirlar Sviftni jon-dilidan yaxshi ko‘radilar, chunki u amerikacha orzu timsoliga aylandi: sen hech kim bo‘lmasliging mumkin, ammo ko‘p kuch sarflash orqali hammasiga ega bo‘lasan. Teylor bolaligidan gitara chalgan va o‘z hislari haqida she’rlar yozgan. Uning musiqa bilan shug‘ullanishga bo‘lgan ishtiyoqini qachonlardir muvaffaqiyatli opera xonandasi bo‘lgan buvisi qo‘llab-quvvatlagan. Svift 14 yoshida Amerikadagi Big Machine Records leybli bilan muhim shartnoma tuzgan, 18 yoshida esa Fearless kantri-albomi, jumladan Love Story va You Belong With Me qo‘shiqlari chiqqanidan so‘ng jahon mashhurligiga erishgan.

Qachonlardir qizaloq tadbirkor ayol bo‘lishni orzu qilgandi. U muvaffaqiyatli moliyachilar bo‘lgan ota-onasiga androgin ism uchun chin dildan minnatdor bo‘lgan va ishbilarmon uchrashuvga Teylor ismli yigit emas, balki yoqimtoy mallasoch qiz kelganida odamlarning munosabatini kuzatishini tasavvur qilgan. Biroq, Svift moliya olamini zabt etishni istamagan, ammo katta ishonch bilan musiqiy Olimpga ko‘tarilgan.

Teylor Svift, 7ladies.uz

Yoshligida u qo‘shi hovlidagi qiz shamoyilida yurgan. Maktabda Teylor autsayder bo‘lgan, ammo bitiruv kuniga to‘laqonli yulduz ko‘rinishiga yetgan. Faoliyatining boshidanoq qizni matbuot tomonidan yoritilgan mish-mishlar va g‘iybatlar qurshab turgan. Biroq, OAV biron marta ham xonandaning obro‘siga putur yetkaza olmagan. Ehtimol, unda shunchaki yashiradigan narsaning o‘zi bo‘lmagan. Teylor barcha hayollari, hislari va xavotirlarini o‘z ijodi orqali bayon qilgan va yulduzning muxlislari Svift qo‘shiqlari matnidan boshqa yulduzlar yoki sobiq yigitlarga havolalarni izlagan.

Hattoki obro‘siga haqiqatda zarar yetishi uchun sabab yuzaga kelganida ham xonanda hamma uning tomoniga o‘tishi uchun nima qilish kerakligini go‘yoki his qilgan. Shilqimliklar bilan bog‘liq tekshiruvda ham shunday bo‘lgan. Svift didjey Devid Millerni zo‘ravonlikda ayblab, ishdan bo‘shatgan. Miller tuhmat uchun Svift ustidan sudga shikoyat qilgan, ammo xonanda atigi bir dollar kompensatsiya so‘rab, ishni osongina yutib ketgan. U vaziyatning oshkor etilishi puldan ko‘ra muhimroq degan fikrda edi. Muxlislar qoyil qolganlar.

Asta-sekin Teylor kovboylar etigidan voz kechib, ularni toshli baland poshnalarga alishtirgan hamda kantri uslubidan uzoqlashib, pop-musiqaga o‘tgan. Tanqidchilar xonandani eng oson yo‘lni tanlaganida ayblaganliklariga qaramay, uning oddiy amerikalik qiz va musiqiy yulduz obrazini naqadar dohiyona uyg‘unlashtira olganini rad qilib bo‘lmasdi.

Teylor Svift, 7ladies.uz

Piar yoki piar emasmi? 

Sviftning qo‘shiqlaridan tashqari, ommani xonanda hech kimdan yashirmaydigan ishqiy munosabatlari ham juda qiziqtiradi. Teylor faoliyati boshlanishida Gollivudning barcha ko‘rkam yigitlari bilan uchrashishga ulgurgan. Bu munosabatlar kamdan-kam bir yildan ko‘proq davom etgan. Muxbirlar o‘zini butkul ishga bag‘ishlaydigan yosh va muvaffaqiyatli qiz shunchaki jiddiy munosabatlarga qodir emasligini yozardilar. So‘ngra u bunday kuchli vositadan xuddi “piar-quroli” sifatida foydalanishiga doir taxminlar paydo bo‘ldi.

Xonandaning har bir ajralishi muxlislar tomonidan hissiyotlar to‘lqiniga uchrardi, Svift esa bu orada qo‘liga qog‘oz, qalam va gitarasini olib, yangi qo‘shiq yozardi. Aktyor Teylor Lotner bilan munosabatlar uni Back to December qo‘shig‘ini yozishga ilhomlantirgan bo‘lsa, Jo Jonas bilan ajralish Last Kiss treki yaratilishiga sabab bo‘lgan. xonanda Jon Mayer esa hali uzoq vaqt davomida Dear John qo‘shig‘ini tinglab yuradi… va hokazo.

Teylor hech qachon oddiy yigitlar bilan uchrashmagan – faqat muvaffaqiyatli, ko‘rkam va mashhurlar. Xonandaning olti yil davom etgan eng uzoq munosabatlari uning ko‘plab qo‘shiqlaridagi hammuallif va hamprodyuser bo‘lgan aktyor Jo Elvin bilan qayd etilgan. Biroq, o‘tgan yilning mart oyida juftlik ajralgani va unashtirish bekor qilingani ma’lum bo‘ldi.

Teylor Svift, 7ladies.uz

Hozirda Teylor futbolchi Trevis Kelvi bilan munosabatlarini yashirayotgani yo‘q. Lekin xonandaning hattoki eng sodiq muxlislari ham avvaliga bu ikkovlon hislarining haqiqiyligidan shubhalangan. Mish-mishlarga qaraganda, bu o‘zaro manfaatli piar xolos: Kelviga ko‘proq ommaviylik halaqit qilmaydi, Svift esa The Eras turi mavjud va matbuotda o‘ziga doir eslatmalarni ko‘paytirish kerak. Nima bo‘lganda ham, juftlik birgalikdagi suratlarda juda baxtiyor ko‘rinadi, Teylor esa sevgilisining har ikkinchi o‘yiniga tashrif buyuradi. Agar bu piar bo‘lsa, Svift olishi kerak bo‘lgan keyingi sovrin – eng yaxshi aktyorlik mahorati uchun “Oskar” haykalchasidir.

Yil odami

Time jurnali versiyasi bo‘yicha Teylor Svift “Yil odami” bo‘lganini bilganidan keyin reper Kane Uest qanday munosabat bildirgani qiziqtiradi. Eslatib o‘tish joiz, 2009-yilda tarixdagi eng yirik musiqiy janjallardan biri sodir bo‘lgan. MTV Video Music Awards marosimi chog‘ida Kane Uest sahnaga yugurib chiqib, “Eng yaxshi ayol ijrochi” nominatsiyasidagi g‘alaba uchun minnatdorlik bildirayotgan Teylor Sviftning qo‘lidan mikrofonni tortib olgan. Uest bu holatdan mutlaqo norozi bo‘lgan. Uning fikricha, g‘alaba Beyonsega Single Ladies klipi uchun nasib qilishi kerak edi – va reper buni ma’lum qilgan. Janjal hattoki bugun ham OAVda vaqti-vaqti bilan tilga olinadi, muxbirlar esa Sviftning ijodida o‘sha nizoga havolalarni topadilar.

Shunga qaramay, Time jurnali muharrirlari o‘z tanloviga qat’iy ishonch hosil qilgan. Qizig‘i, mashhur nominatsiyaning qariyb yuz yillik tarixi davomida yilning eng ahamiyatli shaxsi maqomi siyosatchi, biznesmen va jamoat yoki din arbobi emas, pop-yulduzga berilgan birinchi holat.

Teylor Svift, 7ladies.uz

«Svift – bir vaqtning o‘zida ham muallif, ham o‘z hikoyasining qahramoni bo‘lgan noyob inson. U bosib o‘tgan yo‘l o‘ziga xos va Teylor buni yaxshi biladi… 2023-yilda u hamma yerda bo‘lgan, stadionlarni to‘ldirgan, rekordlar o‘rnatgan va biz uning ta’siri ko‘lamini o‘lchashning yangi usullarini izlashga majbur bo‘ldik”, – deya izohladi o‘z tanlovini Time.

The Eras Tour yulduzlarning konsert turlari qanday bo‘lishi kerakligiga oid barcha tasavvurlarni mutlaqo o‘zgartirib yubordi. Multimediya, namoyish va ovozga qancha kuch sarflanganidan tortib hayratlanarli tushumgacha. Bloomberg bu konsertdan olingan daromadni kichik mamlakat yalpi ichki mahsulotiga tenglashtirdi. Gastrollar yakuniga kelib Teylor Svift milliarderga aylandi.

Teylorning konsertlaridagi harakat seysmologlar tomonidan qayd etildi. Xonandaning muxlislari shu qadar jo‘shqin raqsga tushganidan, 2,3 ball magnitudasiga teng zilzilaga ekvivalent seysmik faollik vujudga kelgan. Tailand, Vengriya va Chili hukumatlari Sviftdan o‘z konsertlarini ularning mamlakatida o‘tkazishni iltimos qilgan.

Xonanda zafarini mustahkamlash uchun o‘z turi haqidagi musiqiy filmni yaratdi. Premera hujjatli filmdan ko‘ra ko‘proq gollivudcha blokbaster namoyishini eslatardi. Kartina allaqachon namoyishda yuz million dollardan ortiq pul ishlashga ulgurdi.

2023-yildagi muvaffaqiyatdan keyin tanqidchilar Teylor Svift hozirda Elvis Presli, Maykl Jekson va Madonna kabi yulduzlar bilan bir darajada ekanligini ta’kidladilar.

Qiziqarli faktlar

  • Teylor Svift – 2010-yil 20 yoshida yil albomi uchun Grammy olgan tarixdagi eng yosh xonanda
  • Xonandaning omadli raqami – 13
  • Pop-timsol o‘z oyoqlarini 40 million dollarga sug‘urtalagan
  • Xonandaning yagona kompleksi – ko‘zlari. Xonandaning fikricha ular juda kichkina
  • Teylor klassik gitara, elektr gitara, bandjo, pianino va ukuleleda o‘ynay oladi
  • Xonanda – “Hayot-mamot o‘yinlari” filmining ashaddiy muxlisi, u hattoki filmlardan biriga saundtrek ham yozgan
  • Teylor Sviftning AQShda birinchi raqamga erishgan albomlari soni boshqa istalgan xonandanikidan ko‘proq
Текст: