Skip to main content

Mos keluvchi juftliklar libosi faqatgina urf tendensiyasi bo‘libgina qolmay, balki ikki kishi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni aks ettirish, atrofdagilarga hurmat ko‘rsatish va yodda qolarli ko‘rinish yaratishdir. Biz nafaqat har qanday tadbirlarda ajoyib ko‘rinishni, balki jamoatning ortiqcha e’tiborini jalb qilmaslikni istaganlar uchun bir nechta tavsiyalarni jamladik.

Mashxurlar olamida kiyinish uslubi bo‘yicha ommaning e’tirofiga erishgan ko‘pgina juftliklar bor. O‘zlarining tajribalari yordamida ular jamiyatni ilhomlantirishmoqda va moda sanoati trendlarini yaratishmoqda. 

Ana shunday juftliklarga quyidagilar kiradi:

Beyonse va Jey-Zi 

Ular o‘zlarining jur’atli va mardonavor ko‘rinishlari bilan lol qoldirishni uddalashadi. Qimmatbaho ziynatlar bilan bezalgan hashamatli oqshom ko‘rinishlaridan to o‘ziga xos kundalik liboslarigacha – Jey-Zi va Beyonse doim diqqat markazida.

Viktoriya va Devid Bekxem

Uzukka ko‘z qo‘ygandek, 7ladies.uz

Ularning uslubi – bu klassika va zamonaviylikning ideal uyg‘unligi. Ular o‘z kuchli jihatlarini juda yaxshi anglagan holda, buni ajoyib liboslar va aksessuarlar bilan yoritishadi. Viktoriya va Devid Bekxemning ko‘rinishlari ular munosabatining chuquriligini aks ettiradi.

Rayan Reynolds va Bleyk Layvli

Uzukka ko‘z qo‘ygandek, 7ladies.uz

Ular nafaqat kino sanoatining yorqin vakillari hisoblanishadi, balki xuddi bir-biri uchun yaralgandek ko‘rinishadi. Palapartish oliftalarcha bishanglik va klassik hashamning qorishmasi – nostandart ko‘rinish va modaga o‘ziga xos yondashuv bilan ular barchani hayratda qoldiradi.

Rozi Xantington-Uaytli va Jeyson Stetxem

Rozi hashamatli oqshom ko‘ylagidan to zamonaviy jur’atli ko‘rinishlargacha turli xil uslublarni sinab ko‘rishdan aslo qo‘rqmaydi. Jeyson Stetxem o‘zining qaddi-qomatini namoyon qiluvchi sodda va jiddiy liboslarni xush ko‘radi.

Uzukka ko‘z qo‘ygandek, 7ladies.uz

Ammo yulduzlar orasida ham mustasno holatlar mavjud: Xayli va Jastin Biber, Jennifer Lopes va Ben Afflek, Kim Kardashyan va uning sobiq turmush o‘rtog‘i Ye (Kanye Uest).

Uzukka ko‘z qo‘ygandek, 7ladies.uz

Xayli va Jastin Biber

Bunday juftliklarda qiz go‘yoki “qizil gilam” marosimiga otlangandek, yigit esa qulayroq kiyim yoki sport kiyimi kiyishadi.

Uzukka ko‘z qo‘ygandek, 7ladies.uz

Kim Kardashyan va Kanye Uest

Bunday ko‘rinishda moda namoyishlariga, mashxurlar yoki kino tadbirlariga tashrif buyurgan juftliklar har qanday – ham ijobiy, ham salbiy qabul qilinishiga tayyor turishlari kerak. Salbiy tanqidlarga uchramaslik uchun o‘z ko‘rinishlarini yaxshilab o‘ylab olishlari kerak. Nima uchun o‘z juftingiz bilan uyg‘un kiyinishingiz kerak, o‘ziga xosligingizni qanday saqlab qolishingiz mumkin, qanday ko‘rinishlarni chetlab o‘tish kerak – bu va boshqalar haqida gapirib beramiz.

Uzukka ko‘z qo‘ygandek, 7ladies.uz

Etiket

Nima uchun juftliklar bir uslubda kiyinishi kerak

Uzukka ko‘z qo‘ygandek, 7ladies.uz

 

  • Birinchidan, bir uslubda kiyinish juftlikning bir-biriga e’tiborini aks ettiradi. Bunday ko‘rinishda juftlik tashqi ko‘rinish va o‘zaro hurmatga e’tibor bilan yondashishini namoyon qiladi.
  • Ikkinchidan, tadbirlarga uyg‘unlik bilan kiyingan juftliklar o‘zgacha muhitni yaratadilar. To‘g‘ri tanlangan kiyimlar tadbirning boshqa a’zolarida ijobiy taassurot qoldirishi mumkin.
  •  Uchinchidan, o‘zaro mos kiyim – bu ehtirom belgisi. Bunday ko‘rinishni talab qiluvchi tadbirlar ko‘pincha ma’lum dress-kodlarni talab qiladi, va unga amal qilgan holda biz tashkilotchilar va ishtirokchilarga hurmat bildiramiz. 
  • To‘rtinchidan, libos juftlikning o‘zini ifoda etishiga xizmat qilishi mumkin. Ma’lum bir uslub tanlovi ularning qiziqishlari yoki ular uchun muhim qadriyatlarni ifoda etadi. 
  • Beshinchidan, ko‘rinishdagi o‘ylangan har bir detallar yoqimli xotiralarni saqlashga imkon beradi. Umumiy fotosuratlar yorug‘likka chiqish uchun bonus bo‘lib xizmat qiladi. Kelajakda ularni tomosha qilayotib, undagi hissiyotlarni yana his qila olasiz. 
  • Va eng asosiysi – libos nafaqat o‘zingizga bo‘lgan ishonchni oshiradi, balki yangi tanishuvlar va o‘zaro foydali hamkorliklar uchun ham xizmat qilishi mumkin.

Inkor qilib bo‘lmas dress-kod

Uzukka ko‘z qo‘ygandek, 7ladies.uz

Har qanday mashxurlar tadbirlariga tayyorgarlik uchun bir kun yetmaydi. Tashkilotchilar oqshom mavzusi va dress-kod haqida xabar qilingan taklifnomalarni oldindan mehmonlarga jo‘natishadi. Dress-kod – bu ishtirokchilar tadbirning umumiy muhitiga mos bo‘lishiga yordam beruvchi libos ko‘rinishi. U turlicha – rasmiy libosdan tortib kokteyl yoki tematik bo‘lishi mumkin. Noto‘g‘ri tanlangan yoki mos kelmaydigan kiyim yoqimsiz holatlarni keltirib chiqarishi yoki siz yoki sherigingizni kayfiyatini buzishi mumkin. Mos keluvchi libos tanlash uchun bir nechta omillarni inobatga olish kerak.

Tadbirning turi. Agar bu rasmiy qabul yoki marosim bo‘lsa, u holda klassik dress-kod afzal. Kokteyl oqshomlarida bir oz erkin kiyinishingiz mumkin. Bazm yoki uchrashuv kabi tadbirlar uchun uslub va aksessuarlar tanlashda qo‘rqmay tajriba qilishingiz mumkin.

Shaxsiy afzalliklar va uslub. Ko‘rinish sizning shaxsingizni ifodalashi va shu bilan tadbir talablariga mos bo‘lishi muhim. Agar tanlovingizga ishonchingiz komil bo‘lmasa, stilistlar yordamiga murojaat qilishingiz yoki do‘stlaringiz orasida kichik so‘rovnoma o‘tkazishingiz mumkin.

Qulaylik. Dress-kodga amal qilish va o‘z individualligingiz orasida muvozanatni topishga harakat qiling. Agar kiygan libosingizda o‘zingizni noqulay his qilayotgan bo‘lsangiz, bu barchaga seziladi.

O‘zaro mos juftlik liboslari uchun g‘oyalar: uyg‘un ko‘rinishni qanday yaratish mumkin

Uzukka ko‘z qo‘ygandek, 7ladies.uz

Modalar olamida har bir juftlik o‘zining individualligini va o‘zaro mos liboslar orqali uyg‘unlikni ifoda qilish imkoniga ega. Munosabatlarning har qanday bosqichida ham kiyim o‘zaro aloqani mustahkamlashi va o‘zaro muhabbat va e’tiborni aks ettirish mumkin. Sizlarga zamonaviy va uyg‘un ko‘rinishlar uchun bir nechta g‘oyalarni taklif qilamiz.

Klassik qora kiyim. Orasta qora rangli kiyimlar kiygan juftlik doim nozik didli bo‘lib ko‘rinishadi. Erkaklar klassik smoking yoki kostyum, ayollar esa bejirim qora ko‘ylak yoki bashang shimli libos kiyishlari mumkin. 

Bir xil ranglardagi kiyimlar. Bir xil yoki o‘xshash ranglardagi kiyimlar orqali uyg‘un va go‘zal ko‘rinishni  yaratish mumkin. 

Bir xil naqsh yoki elementli liboslar. Misol uchun, erkak va ayol bir xil geometrik naqshli kiyim tanlashi mumkin. 

Tematikaga oid liboslar. Agar tadbir ma’lum tematikaga oid bo‘lsa, unda dress-kodga aml qilgan afzal. Misalan, “retro” tematikasi uchun 20-50-fillar uslubi mos keladi. Bu vizual birdamlik muhitini yaratadi va umumiy manzaraga o‘ziga xoslik ruhini qo‘shadi. 

Aksessuarlar. Juftlik o‘z liboslarini bir xildagi zamonaviy aksessuarlar bilan to‘ldirishi mumkin. Misol uchun, shlyapalar, zamonaviy ko‘zoynaklar, bo‘yinbog‘ yoki taqinchoqlar.

Buni darhol yechib qo‘ying: chetlab o‘tilishi kerak bo‘lgan kiyimlar ro‘yxati

Tadbirlarda zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lish uchun kiyim tanlashda ayrim odatiy xatoliklardan qochish kerak.

Noto‘g‘ri o‘lchamdagi libos. To‘g‘ri kiyinish o‘z qomatingizga mos keluvchi kiyim tanlash deganidir. Afzallik tomoningizni e’tirof etuvchi va kamchiliklaringizni berkituvchi kiyimlarni tanlang.  

G‘ashni keltiradigan ochiq libos. Har qanday odam tadbirlarda zamonaviy ko‘rinishga intiladi, ammo meyorga amal qilish kerak. O‘ta ochiq-sochiq kiyimlar yomon taassurot qoldirishi va shaxsiyatingizdan diqqatni uzishi mumkin. Orasta va bashang liboslarga afzallik bergan ma’qul.

Ranglar uyg‘unligidagi xatoliklar. O‘zaro uyg‘unlashuvchi ranglardan foydalaning. Juda yorqin va mos kelmaydigan ranglardan qoching yoki ulardan ehtiyotkorona foydalaning.

O‘ta keng kiyimlar yoki betartib kiyinish. Keng va pala-partish kiyimlar har doim ham yaxshi taassurot qoldirmaydi. Qulaylik va batartiblik orasidagi muvozanatni toping.

Mos kelmaydigan poyabzal. Poyabzal – ko‘rinishingizning eng muhim elementlaridan biri. O‘zingizga qulay va tanlagan libosingizga mos poyabzal kiying. Agar muvozanatni saqlab qadam tashlay olishingizga ishonchingiz komil bo‘lmasa, baland poshnali poyabzal kiymaganingiz ma’qul. 

Ko‘rinib turuvchi nosozliklar yoki dog‘lar. Dog‘lar, yirtiqlar va eskirgan joylar ko‘rinishingizni yoqimsiz qiladi va sizni shaxs sifatida qarashdan chalg‘itadi.

Текст: